7.6-jadval
YaIM foizlarida bank aktivlarining nisbati va jahon reytingidagi o‘rni123
Mamlakatlar
|
Jahon reytingidagi o‘rni
|
YaIM foizlarida bank aktivlarining nisbati,%
|
Lyuksemburg
|
1
|
1550
|
Buyuk Britaniya
|
3
|
490
|
Gollandiya
|
6
|
385
|
O`zbekiston
|
81
|
65
|
Qozog`iston
|
117
|
41
|
Ozarbayjon
|
122
|
36
|
Qirg`iziston
|
125
|
32
|
Tojikiston
|
132
|
28
|
Yalpi ichki mahsulotga nisbatan bank aktivlarining ulushi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi jahon reytingida 81-o‘rinni egallab, yalpi ichki mahsulotga nisbatan bank aktivlarining ulushi 65 %dan ortiqroqni tashkil etadi (7.6-jadval).
2017 yil davomida tijorat banklarining jami aktivlari 82,6 trillion so‘mga yoki 98,2 %ga o‘sdi (2016 yilda – 29 %) va 2018 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 166,6 trillion so‘mni, mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmi 249,13 trillion so‘mni tashkil etdi.
Shu bilan birga, jami aktivlarning umumiy o‘sishi 64 %ni tashkil etdi (52,8 trillion so‘m), bu milliy valyuta kursining keskin pasayishi oqibatida yuzaga keldi. Ushbu omil ta’siri ostida bank aktivlarining yalpi ichki mahsulotga nisbati 2017 yil oxiriga kelib 67 %gacha (2016 yilda – 42,2 %) oshdi.
Milliy moliyaviy xizmatlar bozori hajmi 2014 yilgacha barqaror o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, 2015 yilda bu ko‘rsatkichning deyarli 3 marta pasayishi kuzatiladi. Biroq 2016 yildan boshlangan o‘sish 2017 yilda 2014 yilgi darajadan ham ortib ketadi (7.7-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |