9.3-jadval
TMKlar va ularning xorijdagi filiallarining mamlakat guruhlari bo‘yicha taqsimoti172
Hudud - mamlakat
|
Hududda joylashgan bosh kompaniyalarning soni
|
Hududda joylashtirilgan xorijiy filiallarning soni
|
Sanoati rivojlangan mamlakatlar
|
34 353
|
93 311
|
Rivojlanayotgan
mamlakatlar
|
3 788
|
101 139
|
O‘tish iqtisodiyoti
mamlakatlari
|
400
|
55 000
|
Butun dunyo
|
38 451
|
251 450
|
Ammo 90-yillarga kelib rivojlanayotgan davlatlarga kiritilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 25,2 % dan 17 % ga tushib qoldi. Bu ko‘rsatkich 1968 yilda 31 % ni tashkil etgan.
Hozirgi kunda TMKlar shu darajada rivojlanganki, yetarli sharoit mavjud bo‘lganda ular dunyoning istalgan nuqtasida faoliyat olib bora oladi. TMKlarning siklik savdo hajmi rivojlanayotgan mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti hajmidan ham katta bo‘lmoqda.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, eng katta TMK deb tan olingan «Djeneral Motors» kompaniyasining yalpi savdo hajmi Indoneziya davlatining YaIM hajmidan katta. Umuman olganda, «Djeneral Motors» kompaniyasining yalpi savdo hajmi barcha rivojlanayotgan davlatlarning YaIM hajmidan katta, faqat Xitoy, Hindiston, Braziliya, Meksika va Janubiy Koreya bundan mustasno.
1970 yilda jahonning 14 ta yetakchi mamlakatlaridagi 7,3 mingta TMKlarning xorijdagi filiallari soni 27,3 mingta va ularning umumiy mablag‘i 626 mlrd.doll.ni tashkil qilgan. 80-yillar o‘rtalaridan jahon miqyosida TTXIlarning ulushi keskin o‘sib borib yalpi ichki investitsiyalardan bir necha marotaba ortib ketdi.
1980 yilda bevosita, portfel va boshqa investitsiyalar jahon YaIMining 8,4%ni tashkil etgan bo‘lsa, 1999 yilda bu ko‘rsatkich 22,6%ga yetdi. Ekspertlarning baholashlaricha TMK va transmilliy bank (TMB)lar xorijiy aktivlarining jahonning yalpi mahsulotiga nisbatan o‘sishi 1945 yilda 4,9%dan 1995 yilda 56,8%gacha o‘sdi173.
1999 yilda TMKlar soni 60 mingga yetib, ularning chet eldagi filiallari soni 600 mingdan oshib ketdi. Ular tomonidan to‘plangan xorijiy kapital 4,8 trln.doll.ni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |