Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


Transmilliy korporatsiyalarning turlari va ularning xalqaro kapitalni taqsimlash va qayta taqsimlashdagi o‘rni


Download 1.08 Mb.
bet121/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

9.4. Transmilliy korporatsiyalarning turlari va ularning xalqaro kapitalni taqsimlash va qayta taqsimlashdagi o‘rni
Xalqaro korporatsiya yirik korporatsiya tashkiliy tuzilishining bir shakli bo‘lib, jahonning turli mamlakatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni amalga oshiradi.

Xalqaro korporatsiyaning ikkita asosiy turi mavjud:


- transmilliy korporatsiya (TMK) (transnational corporations) – bosh kompaniya bir mamlakat kapitaliga tegishli, filiallari esa dunyoning ko‘pgina mamlakatlariga tarqalgan.
- ko‘pmillatli korporatsiya (multinational corporations) - bosh kompaniya ikki yoki undan ortiq mamlakat kapitaliga tegishli, filiallari esa turli davlatlarda joylashgan.
Bosh kompaniya joylashgan mamlakatdan qabul qilayotgan mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish xalqaro korporatsiyaning asosiy belgisi hisoblanadi.
Baza mamlakat (home country) - bu xalqaro korporatsiyaning bosh ofisi joylashgan mamlakat.
Qabul qilayotgan mamlakat (host country) xalqaro korporatsiyalarning bevosita investitsiyalarini qabul qiluvchi mamlakat bo‘lib, qabul qiluvchilar ushbu korporatsiyalarning filiallaridir.
TMKlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik munosabatlari quyidagi shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin:
1. Xalqaro firmalararo kooperatsiya. Bu shakl birlamchi rivojlanayotgan mamlakatlarning qazib olish va qayta ishlash tarmoqlaridagi korporatsiyalari bilan hamkorlik asosida faoliyat olib borishi sifatida namoyon bo‘lsa, keyinchalik yuqori texnologiyalar talab qiluvchi, ITT yutuqlarini keng qo‘llaydigan sohalarda amalga oshirila boshlandi;
2. Strategik alyanslar – jahon bozoridagi global masalalarni birgalikda hal etish maqsadida tuziladigan firmalararo ittifoq bo‘lib, bu ittifoq firmalarning boshqa sohalarda to‘liq raqobatlashuviga to‘sqinlik qilmaydi. Strategik alyanslarni yaratishdan maqsad:
a) texnologik izlanishlar olib borish;
b) qo‘shma ishlab chiqarishni amalga oshirish;
v) mahsulotni realizatsiya (sotish) qilishda hamkorlik qilish;

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling