Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)
-jadval TMKlarning xorijdagi faoliyatini namoyon etuvchi asosiy ko‘rsatkichlar
Download 1.08 Mb.
|
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompaniya nomi Faoliyat sohasi I II
- 9.3. Transmilliy korporatsiyalarning jahon iqtisodiyoti globallashuvidagi o‘rni
9.2-jadval
TMKlarning xorijdagi faoliyatini namoyon etuvchi asosiy ko‘rsatkichlar
Yuqorida aytib o‘tilganidek, TMKlarning xorijdagi faoliyatini namoyon etuvchi quyidagi ko‘rsatkichlar katta ahamiyatga ega: kompaniyaning umumiy aktivlarida xorijiy aktivlarning ulushi, umumiy savdo hajmida xorijdagi yillik savdo hajmining ulushi, umumiy ishlovchilar sonida xorijdagi kompaniyalarda band bo‘lganlarning ulushi. I – kompaniyaning umumiy aktivlarida xorijiy aktivlarning ulushi. II – umumiy savdo hajmida xorijdagi yillik savdo hajmining ulushi. III – umumiy ishlovchilar sonida xorijdagi kompaniyalarda band bo‘lganlarning ulushi. Yuqoridagi indekslar va ko‘rsatkichlardan foydalanilgan holda transmilliylashuv indeksini alohida korporatsiya yoki mamlakat miqyosida baholash mumkin. 9.3. Transmilliy korporatsiyalarning jahon iqtisodiyoti globallashuvidagi o‘rni Zamonaviy xalqaro korporatsiyalarning asosiy qismi TMK shakliga ega. TMKlarning asosiy xususiyati shuki, ularning ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa faoliyatlari mamlakatning davlat chegaralaridan tashqarisida amalga oshirilib, ular bazasida xalqaro ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yiladi. TMKlar dunyoning baynalmilallashuv va globallashuv jarayonlarini kuchaytiruvchi xalqaro mehnat taqsimotining ob’ektiv tendensiyalaridan faol foydalanib, tashqi iqtisodiy faoliyat tizimida yangi aloqalar va o‘zaro munosabatlarni o‘rnatadi. TMK xorijiy mamlakatlar iqtisodiyotiga bevosita investitsiyalar sarflash imkonini beradi. TMKlar quyidagi maqsadlarda bevosita investitsiyalarni amalga oshiradi: - o‘zini bevosita barqaror bozor bilan ta’minlash yoki rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon bozorlariga chiqishida tramplin vazifasini bajarish; - u yoki bu soha bo‘yicha alohida mamlakatlarda o‘z “ichki bozorini” tashkil etish uchun shart sharoit yaratish; - hududiy va xalqaro darajadagi manfaatlarini davlatlararo munosabatlar darajasiga ko‘tarish; - davlatlararo munosabatlarda o‘zining hududiy va xalqaro darajadagi manfaatlarini amalga oshirish. TMKlar bir mahsulotni birdaniga bir necha mamlakatdagi filiallarida ishlab chiqarishining sababini aniqlash uchun kamida ikkita jihatni ajratib ko‘rsatish mumkin – hududiy va xalqaro. Bunda hududiy jihat korporatsiyaning arzon xomashyo va ish kuchidan foydalanish, mahsulotni tashish va saqlash sarf-xarajatlarini qisqartirish, bojxona va boshqa to‘siqlarni chetlab o‘tishga intilishdan iborat iborat bo‘lsa, xalqaro jihat bir necha mamlakatlarda filiallari bor korporatsiyaning ma’lum ustunlikka ega bo‘lishi bilan bog‘liq. Iqtisodiy mustaqil bir necha korporatsiyadan ko‘ra bitta mahsulotni bitta korporatsiya tomonidan bir qancha mamlakatlarda ishlab chiqarilishi afzalroqdir. Bundan tashqari u soliqni qisqartirish maqsadida hisobotni boshqarishi mumkin va unga tegishli bo‘lgan texnologiya ustidan nazoratni ta’minlaydi. Bu imkoniyatni faqat to‘liq nazorat qilinadigan filiallargina beradi. Hozirgi zamon TMKlari bir qator xusususiyatlarga ega: - ular xalqaro mehnat taqsimotining faol qatnashchisi bo‘lib, uni taraqqiy ettiradi; - xalqaro ishlab chiqarish majmualarini yaratib, qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ladilar; - global ishlab chiqarish kuchlari va resurslaridan foydalanadilar; - ommaviy iste’molchilarga xizmat ko‘rsatadilar; - TMKlar kapitalining harakati ularning baza mamlakatlarida bo‘lib o‘tayotgan jarayonlarga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshiriladi; - TMKlar yuqori texnologiyali, fan sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tarmoqlarga kirib bormoqda. Bu tarmoqlar katta hajmdagi kapital qo‘yilmalar va yuqori malakali mutaxassislarni talab etadi. Bu esa, o‘z navbatida, tarmoqlarning monopollashtirilishiga olib keladi. Zamonaviy bosqichda TMKlar taraqqiyoti ikki qarama-qarshi tendensiyaga ega: - ular o‘rtasida raqobatning keskinlashuvi; - o‘zaro hamkorlik munosabatlarining o‘rnatilishi. 1960-1970 yillarda uchinchi dunyo mamlakatlariga xususiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning katta oqimi kuzatilgan. Agar 1962 yilda investitsiyalarning yillik o‘sishi 2,4 mlrd.doll.ni tashkil etgan bo‘lsa, 1980 yilga kelib bu ko‘rsatkich 17 mlrd.doll.ni tashkil etdi. Biroq 80-yillarga kelib to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning rivojlanayotgan davlatlarga kirib borishi kamaydi va 16 mlrd.doll.ni tashkil etdi. 1995 yili to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning 75 %i quyidagi o‘nta davlatga to‘g‘ri keldi: 1. Braziliya - 12 % 6. Malayziya - 6 % 2. Singapur - 12 % 7. Argentina - 4 % 3. Meksika - 11 % 8. Tailand - 3 % 4. Xitoy - 10 % 9. Misr - 3 % 5. Gonkong - 7 % 10. Kolumbiya - 3 % Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling