Afzalliklar
|
Tavsif
|
1. Umumiy tartibdagi raqobat afzalliklari
|
O‘z texnologiyasiga ega bo‘lish
|
Nou-xau yoki firmaga tegishli mahsulotni ishlab chiqarish, jarayon yoki boshqaruv texnologiyasi, uni boshqa firmalar faqat ITTKI yoki uning egasidan olishi mumkin.
|
Markaga yoki savdo belgisiga asoslangan “gudvill”
|
Sifat, xizmatlar va boshqalarga nisbatan tajriba asosida orttirilgan obro‘-etibor
|
Ishlab chiqarish ko‘lamlari bo‘yicha iqtisod qilish
|
Katta ko‘lamlarda ishlab chiqarish mahsulot birligi qiymatini pasaytiradi
|
Ishlab chiqarish diapazoni bo‘yicha iqtisod qilish
|
Bir nechta ishlab chiqarish turlari “bir tom ostida” birlashishi hisobiga xarajatlar kamaydi
|
Xaridlar ko‘lamlari bo‘yicha iqtisod
|
Xaridlarni katta hajmlarda amalga oshirish hisobiga xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar qiymatining kamayishi
|
Moliyalashtirishdagi afzallik
|
Yirik firmalar uchun ancha past stavkalarda moliyalashtirishdan foydalanish
|
Sotuvlardagi afzallik
|
Xom ashyo va mahsulotni katta partiyalarda yuklash mahsulot birligini tashish qiymatini pasaytiradi
|
Reklamadagi afzallik
|
Bir nechta bozorlardagi sotuvlar reklamaning muayyan “bozorlararo” ixtisoslashishiga imkon beradi
|
Davlatning homiyligi
|
Davlat boshqaruvi ostida bozorga erkin yoki preferensial tarzda qo‘llab-quvvatlash orqali kirish
|
Xodimlar menejmenti
|
Band bo‘lganlarning guruhli faoliyatini rag‘batlantirish va mehnat unumdorligini maqbullashtirish ko‘nikmalari
|
|