Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


VIII bob bo’yicha qisqacha xulosalar


Download 1.08 Mb.
bet112/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

VIII bob bo’yicha qisqacha xulosalar
XX asr ikkinchi yarmida aholining ommaviy migratsiyasi jahon hamjamiyati hayotida eng xarakterli xususiyatlaridan biriga aylandi. Aholi migratsiyasi deganda ma’lum hududlarda insonlarning doimiy yashash joyini almashtirish yoki unga qaytish sharti bilan ko‘chib o‘tishi tushuniladi.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro (tashqi) migratsiyaning mehnat, oilaviy, rekreatsion, turistik va boshqa turdagi shakllari mavjud.
Jahon mehnat bozorining iqtisodiy talablariga javob beradigan me’yorda amal qilishi esa bir qator shartlarning mavjud bo‘lishini taqazo qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardir:
- talab va taklifning erkin amal qilishini kafolatlovchi huquqiy asoslarning mavjudligi;
- bozor sub’ektlarining erkin harakat qilishi uchun zarur zamin –iqtisodiy makonning mavjudligi;
- jahon mehnat bozori infrastrukturasining mavjudligi;
- ish haqi miqdorining chegaralanmaganligi, uy-joy bozorining mavjudligi va boshqalar.
Migratsiya - lotincha so‘z bo‘lib, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish ma’nosini anglatadi. Ushbu so‘z keng ma’noda insonlar, hayvonlar, kapitallar, kimyoviy elementlarning yer qobig‘idagi ko‘chishini anglatadi.
Har bir chegaraga tegishli aholining ko‘chishi emigratsion va immigratsion oqimlarning yig‘indisidan tuziladi. Emigratsiya chet elga chiqish bo‘lsa, immigratsiya chet eldan kelishni bildiradi. Ushbu ikki oqim o‘rtasidagi farq sof migratsiya hajmini ko‘rsatadi, ularning yig‘indisi esa yalpi migratsiya hajmini tashkil qiladi.
Biron bir xalqaro mintaqadan boshqasiga ko‘chib o‘tish har doim insonlarga xos bo‘lgan xususiyatlardan biridir. Qadimgi zamonlardan boshlab aholi migratsiyasi odamzod tarixida, yer sharida uning tarqalishida, xalqlarning paydo bo‘lishida katta rol o‘ynagan.
Jahon iqtisodiyotining XXI asrdagi integratsiyalashuvi va liberallashuvi jarayonida mehnat migratsiyasining ahamiyati muntazam oshib bormoqda. Globallashuv jarayonlari, mamlakatni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga qaratilgan, sobitqadamlik bilan bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyotda yangi sohalar va kasb-hunarlar paydo bo‘lishiga, mehnat resurslari oqimlarining o‘zgarishiga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasida mehnat migratsiyasining oqilona holatini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilgan. Bu ishlarni kelgusida ham davom ettirish lozimligini ko‘zda tutgan holda quyidagi takliflarni berish mumkin:
- chet mamlakatda ishlamoqchi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet el ishchilari bilan bemalol raqobatlasha oladigan qilib tayyorlaydigan kurslar tashkil qilish (til o‘rganish, maxsuslashtirilgan kurslar);
- mamlakat ishchilari ishlayotgan mamlakatdagi elchixonalarning xodimlarni doimiy ravishda nazorat qilib turishini kuchaytirish;
- chet elga chiqib ishlamoqchi bo‘lganlarga turli imtiyozlar berish (masalan, ma’lum davr davomida chet elda ishlab valyuta kirib kelishiga hissa qo‘shgan bo‘lsa, ayrim turdagi moddiy boyliklarni olib kirishga to‘sqinlik qilmaslik) kerak;
- jahon standartlariga mos keladigan malakali kadrlarni tayyorlashdir.


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling