Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatini tartibga solish masalalari


Download 1.08 Mb.
bet109/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

8.7. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatini tartibga solish masalalari
Jahon iqtisodiyotining XXI asrdagi integratsiyalashuvi va liberallashuvi jarayonida mehnat migratsiyasining ahamiyati tobora oshib bormoqda. Globallashuv jarayonlari, mamlakatni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga qaratilgan. Bosqichma-bosqich sobitqadamlik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyotda yangi sohalar va kasb-hunarlar paydo bo‘lishiga, mehnat resurslari oqimlarining o‘zgarishiga olib keladi.

8.8-jadval
O‘zbekistonda 2010-2019 yillardagi migratsiya jarayonlari ko‘rsatkichlari157, kishi


Ko‘rsatkichlar


2010


2011


2012


2013


2014


2015


2016


2017


2018


2019

Ko‘chib kelganlar soni


139,8

136,6

169,7

155,1

145,3

139,3

141,5

157,1

160,1

158,9

Ko‘chib ketganlar soni


183,9

184,1

210,6

189,6

183,9

168,6

167,8

175,7

174,8

169,5

Migratsiya saldosi


-44,1

-47,5

-40,9

-34,5

-38,6

-29,3

-26,3

-18,6

-14,7

-10,6

O‘zbekistonda ham tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlari kuchaymoqda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2010 yilda ko‘chib kelganlar soni 139775 kishini tashkil qilib, ko‘chib ketganlar soni 183858 kishini tashkil qilgan, ya’ni ko‘chib ketganlar soni ko‘chib kelganlarga nisbatan 44083 kishiga ko‘pdir. 2019 yilda respublika bo‘yicha kelganlar soni 158,8 ming kishini, ketganlar soni esa 169,5 ming kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig‘i -10,7 ming kishini tashkil qildi (8.8-jadval).

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2,5-3,0 milliondan ortiq o‘zbekistonlik mehnat migranti sifatida xorijda istiqomat qiladi. Ularning oilalariga jo‘natayotgan pul o‘tkazmalari hajmi viloyatlar kesimida, umumiy aholi daromadining 5 foizidan 23 foizigacha bo‘lgan qismini tashkil etadi. Bu ayrim viloyatlarda oila daromadining o‘rtacha yigirmadan bir qismini, boshqa viloyatlarda esa aholi daromadlarining taxminan to‘rtdan yoki beshdan bir qismini tashkil etadi deganidir (8.9-jadval).
O‘zbekistonliklarning aksariyat qismi Rossiyada mehnat qilayotgan bo‘lsa-da, 2018 yilda mamlakatga qariyb 1 milliard AQSh dollarilik pulni boshqa yurtlarda ishlayotgan migrantlar jo‘natdi. So‘nggi yillarda boshqa mamlakatlarga mehnat migratsiyasi oshib bormoqda. Bizningcha, bunga 2014 yilda Rossiya rublining keskin qadrsizlanishi va buning ta’sirida ish haqi miqdori dollar hisobida bir yarim yoki ikki baravar kamayib ketgani sabab bo‘ldi.


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling