Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)
-rasm. Mehnat migratsiyasining iqtisodiy samaradorligi
Download 1.08 Mb.
|
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)
8.1-rasm. Mehnat migratsiyasining iqtisodiy samaradorligi
Tasavvur qilamizki, dunyoda “A” va “B” davlatlari mavjud. “A” davlat LA miqdorda mehnat resurslari bilan, “B” davlat esa AL` miqdorida resurslar bilan ta’minlangan. Ikkala davlatning umumiy mehnat resurslari LL` ga tengdir155. S1 va S2 to‘g‘ri chiziqlari bu ishchi kuchi evaziga yaratilgan mahsulot hajmi. Agarda, xalqaro mehnat migratsiyasi namoyon bo‘lmasa, “A” davlat ichki mehnat resurslari zahirasidan foydalanib ularga o‘rtacha real ish haqi LS to‘laydi. “B” davlat ham o‘z mehnat resurslari zahirasidan foydalanib L`D miqdorida o‘rtacha real ish haqi to‘laydi. “A” davlat bor ichki mehnat resurslaridan foydalangan holda a+b+s+d+e miqdorda mahsulot ishlab chiqaradi. “B” davlatning ishlab chiqaradigan mahsuloti hajmi i+j+k ga teng bo‘ladi. “B” davlat “A” davlatga qaraganda ishchi kuchiga bir muncha ko‘p haq to‘lamoqda. LSDavlatlarning real o‘rtacha ish haqlari turlicha bo‘lganligi munosabati bilan “A” davlatning bir qism AB ishchilari “B” davlatga o‘tishadi. Natijada, ikkala davlatning ish haqi darajalari BR muvozanat holatga erishadi. “A” davlatda qolgan mehnat resurslari va “B” davlatga ishlash uchun ketgan ishchi kuchi evaziga yaratilgan yalpi mahsulot hajmi a+b+s+d+e+h ga ko‘paygan. Bu yerda a+d+s+d “A” davlatdan ketmagan ishchi kuchiga tegishli yaratilgan mahsulot bo‘lsa, e+h “B” davlatga emigratsiya qilingan ishchi kuchi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini tashkil etadi. Rasmga e’tiborni qaratadigan bo‘lsak, “A” davlat mehnat unumdorligini oshirgani asosida va ko‘chib o‘tgan ishchilar mehnat samaradorligi hisobiga yaratilgan yalpi mahsulot h segmentiga ortgan. Bu esa ishlovchilar daromadining oshishiga olib kelmoqda. “B” davlatdagi o‘zgarishni qaraydigan bo‘lsak, “A” davlatdan kelgan migrantlar hisobiga, “B” davlatning o‘rtacha real ish haqi L`D dan L`F=BR gacha pasayganligi kuzatiladi. Ammo, o‘z navbatida, “B” davlatda yaratilgan ichki mahsulot hajmi i+j+h dan i+j+h+g+e ga ko‘paygan. Bunda r+e segmentlar, xorijiy ishchi kuchidan yaratilgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri keladi va bir qismi daromaddan ushlab qolinadigan soliqni ayirib tashlagan holda xorijiy ishchi kuchiga maosh tarzida to‘lanadi. Sof ichki ishlab chiqarish hajmi esa g segmentni tashkil etadi. Real o‘rtacha ish haqi darajasi pasayganligi munosabati bilan “B” davlatdagi ishlovchilar daromadlari j+k danga qisqaradi. Boshqa ishlab chiqarish omillari egalarining daromadi i-dan i+g+j ga ko‘tariladi. Bir davlatdan ikkinchi davlatga ishchilarni migratsiya qilish natijasida yaratilgan yalpi umumiy ishlab chiqarish hajmi [a+b+s+d+e] + [k+j+I] dan [a+b+s+d] + [e+g+h+i+j+k] ga ko‘paygan. Bu yerda h, “A” davlatning bir kism mehnat resurslarining “B” davlatga emigratsiya qilish tufayli va qolgan ishchi kuchidan samarali foydalangan holda oshirilgan ishlab chiqarish hajmini anglatadi. g-segment esa “B” davlatning, xorijiy ishchi kuchidan foydalanilgan holda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmidir. Shunday qilib, ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi tufayli ikkala davlat ham o‘zaro manfaatli natijalarga erishishga muyassar bo‘lishdi. O‘zbekiston ham xalqaro savdo va moliya-kredit munosabatlarini rivojlantirish bilan bir qatorda ishchi kuchining xalqaro migratsiyasida o‘z ishtirokini kengaytirmog‘i lozim. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling