Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


Download 1.08 Mb.
bet110/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

8.9-jadval.
O‘zbekiston hududlariga xorijdan pul o‘tkazmalarining umumiy daromaddagi ulushi




Hududlar


Xorijdan pul o‘tkazmalarining umumiy daromaddagi ulushi, %

1.

Xorazm viloyati

23,2

2.

Samarqand viloyati


19,3

3.

Andijon viloyati


19,0

4.

Surxondaryo viloyati


17,4

5.

Buxoro viloyati


16,9

6.

Namangan viloyati


16,5

7.

Farg`ona viloyati


15,3

8.

Qoraqalpog`iston Respublikasi


14,8

9.

Qashqadaryo viloyati


14,3

10.

Toshkent shahri


12,0

11.

Sirdaryo viloyati


10,0

12.

Jizzax viloyati


6,2

13.

Toshkent viloyati


5,4

14.

Navoiy viloyati


5,1

So‘nggi 5 yilda ish topish maqsadidagi migratsiya geografiyasi o‘zgara boshladi. Ishchilar oqimi AQSh, Turkiya, Isroil, Janubiy Koreya, BAA va Qozog‘istonga tobora o‘sib borayotgani kuzatilmoqda (8.10-jadval).
Quyidagi rasmdan ko‘rinib turganidek, qariyb 95 foiz pul o‘tkazmalari mehnat migratsiyasining “kuchli yettilik”ka kiruvchi mamlakatlaridan jo‘natilgan.
Ish topish maqsadida Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar soni yiliga 850 ming – 1 million kishi bo‘lib turgan paytda boshqa mamlakatlarga ketayotgan mehnat migrantlari soni tobora oshib bormoqda. 2018 yilda Rossiyadan yuborilgan pul mablag‘lari 2 foizga kamaygan bo‘lsa, qolgan mamlakatlardan jo‘natilgan o‘tkazmalar ulushi ortdi.
2018 yilda Qozog‘istonga safari maqsadini “ish” deb ko‘rsatgan o‘zbekistonliklar statistikasi bundan mustasno. Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, bunday migrantlar 3,5 million kishini tashkil etadi. Aftidan, bu fuqarolarning ko‘pchiligi Qozog‘istonga boshqa maqsadda chiqqan. U yerga borgan mehnat migrantlarining haqiqiy soni bundan ancha kam. Qozog‘istondan O‘zbekistonga jo‘natilgan pul o‘tkazmalari miqdorining 2017 yilga nisbatan 28 foiz oshganiga qaraganda, 2018 yilda Qozog‘istonga ketgan mehnat migrantlari sonini 650 ming – 800 ming nafar deb taxmin qilsa bo‘ladi. AQSh va Turkiyaga ish topish maqsadida ketgan o‘zbekistonliklar soni ham amalda bir oz kamroq bo‘lishi mumkin. Biroq 2018 yilda ushbu mamlakatlardan jo‘natilgan pul o‘tkazmalari 30 foizga oshdi.


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling