Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)
Download 1.08 Mb.
|
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Xalqaro qo‘shilib va yutilib ketishlar.
- 6. TMKlarning xalqaro chatishib ketishi
3. Strategik oilalar – o‘zaro raqobatda bo‘lgan korporatsiyalarning bir-birini to‘ldiruvchi strategiyani amalga oshirish maqsadidagi birlashuvi bo‘lib, ushbu strategiya ularning bozordagi muvaffaqiyatiga bog‘liqdir;
4. Strategik tizimlar - turli tarmoqlardagi (ishlab chiqarish korxonalari, savdo firmalari, banklar) ko‘p sonli korxonalarning uzoq muddat hamkorlik qilish sharti bilan koooperatsion birlashmasi bo‘lib, ularning asosiy maqsadi muhim axborotlar, personal va texnologiyalar almashishdir; 5. Xalqaro qo‘shilib va yutilib ketishlar. Xalqaro raqobatlashuv kuchayib borishi natijasida 80-yillar o‘rtalaridan boshlab TMKlar ishtirokida firmalarning qo‘shilib va yutilib ketishi jarayoni kuchaydi. Buning asosiy sababi sanoat tarmoqlarida to‘liq band bo‘lmagan korxonalarning ko‘payishi, TMKlar daromadining pasayishi, moliya sohasidagi o‘zgarishlar oqibatida moliyalashtirishning yangi manbalari va vositalarining vujudga kelishi bo‘ldi. 1998 yilda qo‘shilib va yutilib ketgan kompaniyalarning qiymati 544 mlrd.doll.ga teng bo‘ldi, 1997 yilda esa bu qiymat 342 mlrd.doll.ni tashkil etgan. Xalqaro qo‘shilib va yutilib ketishlarning 90%i rivojlangan mamlakatlar TMKlariga xosdir. Bu jarayon asosan bank, sug‘urta, farmatsevtika va telekommunikatsiya sohalarida bo‘lib o‘tmoqda. 6. TMKlarning xalqaro chatishib ketishi deganda, korporatsiyalarning bir-birlarining qimmatbaho qog‘ozlariga ega bo‘lib, ularni sherikchilik asosida boshqarishi tushuniladi. Xalqaro chatishib ketishlar, asosan, avtomobilsozlik tarmoqlarida yuz beradi. Oxirgi 30 yil davomida xalqaro savdo va moliya oqimining jadal sur’atlar bilan o‘sganligining sababini TMKlarning faol harakati bilan izohlash mumkin. Shimoliy Amerika, Yevropa va Yaponiya TMKlari investitsiya qabul qiluvchi davlatlar uchun bir tarafdan katta imkoniyatlar yaratsa, ikkinchi tarafdan bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda kapitalni davlatlararo taqsimlash iqtisodiy o‘sishning faol omili bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiyot baynalmilallashgan sari kapital faoliyati milliy doiradan xalqaro miqyosga chiqadi va mamlakatlararo kapital eksporti yuz beradi. Jahon xo‘jaligi rivojlanishining dastlabki bosqichlarida kapital sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlardan qoloq mamlakatlar tomon yo‘nalgan edi. Jahon xo‘jalik tizimi aloqalari rivojlangan sari kapital xarakati umumjahon doirasida yuz berib, uning oqimi har tomonlama, to‘xtovsiz bo‘ladi va pullik jamg‘armalarning investitsiyalarga aylanishi kapitalning xalqaro miqyosdagi harakatini bildiradi. Iqtisodiy adabiyotda xalqaro kapital migratsiyasining mohiyatini ochib beruvchi ikki xil yondashuv mavjud bo‘lib, ular orasidagi farq quyidagi sabablar orqali ochib beriladi: - bozor va uni tashkil etuvchi xo‘jalik aloqalarining rivojlanishi; - ushbu aloqalarning milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va takomillashuvi bilan bog‘liq rolining o‘zgarishi. Birinchi yondashuv tarafdorlari uchun xalqaro kapital migratsiyasi - bu ishlab chiqarish omillaridan birining harakatidir. Bunda alohida tovar va xizmatlar boshqa mamlakatlardagi ishlab chiqarishning iqtisodiy afzalligi tufayli o‘sha mamlakatlar tomon oqib o‘tadi. Bozorning alohida mamlakatlar milliy xususiyatlarini hisobga oluvchi universal qimmati bu yondashuv tarafdorlarining diqqat markazida turadi. Ikkinchi yondashuv tarafdorlarining fikricha, xalqaro kapital migratsiyasi ortiqcha ishlab chiqarish, moliya resurslarining foyda olish maqsadida xorijga uzluksiz joylashtirilishidan iboratdir. Bu yerda bozor sub’ekt sifatida emas, balki milliy, hududiy va xalqaro miqyosda muayyan maqsadga erishish vositasi, ob’ekti sifatida namoyon bo‘ladi. XXI asr boshida iqtisodiyotning globallashuvi omillaridan biri kapitalning mamlakatlar o‘rtasida harakatlanishining barqaror sur’atlarda o‘sishi hisoblanadi. Tovar ishlab chiqarishning muhim omillaridan hisoblangan kapitalning xalqaro harakati milliy iqtisodiyot chegaralaridan chiqib boshqa mamlakatlarga ko‘chadi. Xalqaro kapital migratsiyasi jahon xo‘jaligini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega, chunki u mamlakatlarning tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalarining mustahkamlanishiga olib keladi, ularning tashqi savdo aylanmalarini oshiradi, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtiradi, ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytiradi, ishlab chiqarilayotgan tovarlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini, importyor-mamlakatlar texnik salohiyatini o‘stiradi va mamlakatdagi bandlikni oshiradi. Kapital migratsiyasining asosiy sabablari quyidagilardan iborat: - kapitalning foiz stavkasi bilan belgilanadigan turli chegaraviy unumdorligi; - firmalarning o‘z faoliyatini xalqaro diversifikatsiyalashtirishga intilishlari; - tovarlarni import qilishga halal beradigan va xorijiy ta’minotchilarning bozorga kirish uchun kapital olib kirishga undaydigan boj to‘siqlarining mavjudligi; - barqaror siyosiy vaziyat va qulay investitsiyaviy muhit. Kapital migratsiyasi jarayonlariga quyidagi omillar ta’sir qiladi: - ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining saqlab turilishi; - jahon iqtisodiyoti va alohida mamlakatlar iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy o‘zgarishlar; - ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyasining chuqurlashuvi; - jahon iqtisodiyotining transmilliylashishi; - ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi va integratsiyaviy jarayonlarning rivojlanishi; - bozorlarning o‘ta to‘yinishi ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini cheklaydi; - rivojlangan mamlakatlardagi sotuvchilar o‘rtasidagi keskin raqobat; - milliy bozorning yirik moliya-sanoat guruhlari tomonidan monopollashtirilishi; - harakatdagi texnologiyalarni takomillashtirish imkoniyatlarining cheklanganligi; - sanoati rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sish sur’atlarini, bandlik darajasini, ilg‘or sanoat tarmoqlarining rivojlanishini saqlab turish uchun salmoqli hajmda kapitallarni jalb qilishga yo‘naltirilgan iqtisodiy siyosati; - xalqaro tashkilotlar tomonidan xalqaro investitsiyaviy bo‘shliqni erkinlashtirish siyosatining yuritilishi, investitsiyaviy sheriklikning universal me’yorlarini ishlab chiqish; - mamlakatlar o‘rtasida daromadlar va kapitalning ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi xalqaro kelishuvlar, ular savdo-sotiqning rivojlanishi va investitsiyalarning jalb qilinishiga ko‘maklashadi. Xorijiy investitsiyalar butunjahon iqtisodiyotiga va xalqaro biznesga quyidagi tarzda jiddiy ta’sir ko‘rsatadi: - kapital ekspansiyasi milliy xo‘jalik hayotini baynalmilallashtirish missiyasini bajaradi; - kapital ekspansiyasi yangi texnologiyalar va “nou-xau”larni butun dunyoga tarqatib, jahon bozorlarining diversifikatsiyasini yanada chuqurlashtiradi, jumladan, jahon ishlab chiqarishi xalqaro bozorining umumiy samaradorlik darajasini, uning raqobatbardoshligini oshiradi; - kapital ekspansiyasi va uning jahon iqtisodiyotining daromadli o‘sish nuqtalariga ko‘chib o‘tishi uzoq istiqbolda ishlab chiqarish shart-sharoitlarini tenglashtirish, milliy narxlarning jahon narxlariga yaqinlashishi, ish haqi va foiz stavkalarida milliy farqlarning yo‘qolishi tendensiyasini yuzaga keltiradi; - o‘zi uchun bevosita yoki uchinchi mamlakatlar bozorlariga chiqish uchun tramplin sifatida barqaror bozorni ta’minlash; - xalqaro korporatsiyalarning turli mamlakatlarda o‘z “ichki bozor”larini, u yoki bu tarmoqlarini yaratishi natijasida ishlab chiqarish va kapitalning baynalmilallashuvi jarayoni bilan to‘ldiriladi; - o‘z manfaatlarini mintaqaviy va yuqoriroq xalqaro darajadagi davlatlararo munosabatlarga kiritish; - sherik mamlakatlarning ichki ishlari va davlatlararo munosabatlariga aralashmaslik, tenglik, o‘zaro manfaatlarni hisobga olish, investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar milliy an’analari va madaniy qadriyatlarini, mehnatkashlar huquqlarini hurmat qilish bo‘yicha umume’tirof etilgan tamoyillarga rioya qilgan holda xalqaro investitsiyalarni xalqaro hamkorlikning muhim omili sifatida belgilash. Mamlakatning xalqaro kapital migratsiyasidagi ishtirok etish darajasi qator ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Birinchi guruh ko‘rsatkichlarga quyidagi mutlaq ko‘rsatkichlar kiradi: kapital eksporti va importining hajmi, kapital eksporti-importi qoldig‘i, mamlakatdagi xorijiy kapitalli korxonalar soni, ulardagi bandlar soni va h.k. Kapital eksporti-importi qoldig‘idan kelib chiqib, jahon mamlakatlari kapital eksport qiladigan (Yaponiya, Shveysariya), kapital import qiladigan (AQSh, Buyuk Britaniya) hamda eksport va import hajmi taxminan bir xil bo‘lgan mamlakatlarga (Germaniya, Fransiya) ajratiladi. Boshqa guruh ko‘rsatkichlar nisbiy ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular xalqaro kapitallar migratsiyasining markazlari va mamlakatning kapital importi-eksportiga bog‘liqligini aks ettiradi: 1. Kapital importi koeffitsiyenti – xorijiy kapitalning mamlakat YaIMdagi ulushini ko‘rsatadi. 2. Kapital eksporti koeffitsiyenti - eksport qilinadigan kapitalning YaIMdagi ulushini aks ettiradi. 3. Xorijiy kapitalning mamlakat kapital qo‘yilmalariga bo‘lgan ichki ehtiyojidagi ulushini aks ettiruvchi kapital. 4. Boshqa nisbiy ko‘rsatkichlar: xorijiy yoki aralash kompaniyalarning milliy ishlab chiqarishdagi ulushi, kapital eksporti-importining oldingi davrga nisbatan o‘sish sur’atlari, mamlakat aholisi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xorijiy investitsiyalar summasi. Kapitalni xorijga chiqarish, uning davlatlar orasida faol migratsiyasi zamonaviy jahon xo‘jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng muhim ajratib turuvchi tomoniga aylandi. Xalqaro kapital migratsiyasi-kapital egasi uchun foyda keltiruvchi, davlatlar orasidagi qarama-qarshi harakatdir. Har bir davlat bir vaqtning o‘zida kapitalning importyori va eksportyori bo‘lib hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida katta foyda uchun kapital olib chiqishning eng muhim sabablari quyidagilardan iboratdir: - kapital olib chiqilayotgan davlatda uning ortiqcha to‘planganligi; - jahon xo‘jaligining turli zvenolarida kapital talabi va taklifining mos kelmasligi; - mahalliy bozorni monopol qilish imkoniyati mavjudligi; - kapital eksport qilinadigan davlatda arzonroq xomashyo va ishchi kuchining mavjudligi; - barqaror siyosiy holat va umuman qulay investitsion muhitning mavjudligi. Amaliy hayotda investitsiya qilish zaruriyati o‘zida investitsion muhitning barcha qismlarini mujassamlashtirgan sabablar kompleksi va shuningdek, ayrim bozorlarning nisbiy ustunligi tamoyillari bilan belgilanadi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling