Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)
TMKlar asosiy kompaniyalariga ega mamlakatlar
Download 1.08 Mb.
|
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eng past bozor qiymati, mlrd. doll.
- 9.7-jadval Faoliyat sohalari tarkibidagi TMKlar soni o‘zgarishi
- Faoliyat sohalari 2007 yil 2008 yil
Shuningdek, oldingi bo‘limlarda TMKlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun mezbon mamlakatda malakali mehnatning mavjudligi omili yoritib berilgan. Bu malakali ishchi kuchini mezbon mamlakat ichki resurslaridan, shuningdek, tashqi inson resurslaridan olishi mumkin. Biroq, buni zaruriy darajadagi ish haqi bilan ta’minlash orqali amalga oshirish mumkin, biroq bunda xarajatlar miqdori ortadi. Ko‘rib o‘tilgan omillarni tasdiqlash uchun alohida tahlil o‘tkazish talab etiladi. Bu tahlil iqtisodiy inqirozlar ta’sirida eng jozibador va barqaror bo‘lgan TMK tarmoqlarini aniqlashga yordam beradi. Ushbu maqsadga erishish uchun eng yaxshi 500 ta TMK faoliyati tahlil qilinadi. 2007-2012 yillar davrida sanoat bo‘yicha TMKlar soni dinamikasi 9.7-jadvalda ko‘rsatilgan. Tahlil natijalari asosida “Top 500” xalqaro reytingiga asos solindi. 9.7-jadval Faoliyat sohalari tarkibidagi TMKlar soni o‘zgarishi
9.7-jadvalda 6 yil mobaynida TMKlar faoliyatining 8 ta asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Ma’lumotlarda ko‘rsatilishicha, global iqtisodiy inqirozlar sharoitida eng barqaror 43-46ta TMK darajasida o‘zgarish yuz bermagan. Bu haqiqatni o‘z iqtisodiyotining ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarining resurs ta’minotida import qiluvchi mamlakatlar ehtiyojlarini qondiruvchi, bir xil darajada qolayotgan energiya xomashyosi jahon bozoridagi barqaror talab bilan izohlash mumkin. Bank-moliya sektori esa eng ko‘p zarar ko‘rgan. Chunki bu sohadagi TMKlar soni 2009 yilga kelib 83 tadan 56 taga kamaydi. 2010 yilda ular yana ko‘paya boshlaganiga qaramay, inqirozdan oldingi ko‘rsatkichga yetib bormagan. Bu moliyaviy va iqtisodiy sohaning iqtisodiy larzalarga barqaror emasligini tasdiqlaydi. TMKlarning hozirgi rivojlanish bosqichi nafaqat global korporatsiyalarning paydo bo‘lishi, balki ular strategiyasining chuqur evolyutsiyasi bilan ham xarakterlanadi va u quyidagi tendensiyalarda namoyon bo‘ladi: - ilmiy va texnologik inqilob va kuchli global raqobat sharoitida, ular faoliyatining asosiy maqsadi faqat foydani maksimallashtirishdan iborat bo‘lib qolmasdan, uzoq muddatli moliyaviy barqarorlik fonida foyda va “bozor”ni maksimallashtirish, ya’ni korporatsiyaning strategik barqarorligini ta’minlashni ham nazarda tutadi; - kompaniyaning yagona global strategiyasi doirasida global ishlab chiqarish va sotish tarmoqlarini yaratish. Shu bilan birga, TMKlar bir mamlakatda to‘liq ishlab chiqarish siklini yaratish bilan qanoatlanmasdan, har bir korxonani global tarmoqda alohida tugun sifatida yakuniy bosqich uchun komponent ishlab chiqarishda ixtisoslashtirishga intiladi; - TMKlar doirasida xalqaro mehnat taqsimotining kengayishi ishlab chiqarish, tadqiqot, sotish va dunyoning turli burchaklarida tarqalgan kompaniya bo‘linmalari boshqa faoliyatining gorizontal va vertikal integratsiyasiga asoslangan; - TMKlar tomonidan yaratilayotgan xalqaro ishlab chiqarish nafaqat moddiy, balki nomoddiy xarakterga ham ega, ya’ni so‘nggi o‘n yil ichida xizmatlar va ilm-fan taraqqiyoti yo‘nalishiga kiritilayotgan TTXI hajmi tez o‘sib bormoqda; - TMKlarning qayta ishlash sanoatini rivojlantirish strategiyasi moddiy, moliyaviy va inson resurslarining sifat jihatidan yangi (global) kombinatsiyasiga asoslangan bo‘lib, mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan (ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, 2025 yilda qayta ishlash sanoatining ulushi jahon yalpi mahsulotining 10 %idan oshmaydi, ammo samaradorlikning ortishi tufayli dunyoning soha mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlari to‘liq qondiriladi;177 - TMK bo‘linmalari o‘rtasida ichki korporativ savdoni jadal rivojlantirish (hozirgi kunda butun jahon savdosining taxminan 1/2 qismini tashkil etadi); - xalqaro korporatsiyalar tomonidan kapitalni TTXI shaklida eksport qilish nafaqat xorijiy filiallar sonini oshirishga, balki rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologik bo‘shliqni kamaytirishga qaratilgan: mahsulot va xizmatlarning sifati, ishlab chiqarish mamlakatidan qat’i nazar, xalqaro standartlarga javob berishi kerak; - texnologiyalarni rivojlantirish, uzatish va ulardan foydalanishni asosan yopiq korporativ tarkibda foydalanish, shuningdek, raqobat xavfini kamaytirish maqsadida – qo‘shma tadqiqot markazlari va dasturlarini yaratish, boshqa korporatsiyalar bilan o‘zaro litsenziyalash; - xalqaro korporatsiyalar faoliyatini shakl bo‘yicha diversifikatsiyalash (15 ga yaqin). Tashqi iqtisodiy faoliyatda tovarlar, kapital, texnologiyalar va bilimlar harakatining gibrid yoki murakkab shakllarda diversifikatsiyalashuvi eng samarali hisoblanadi. “Liksfreksding” - litsenziya almashinuvi, franchayzing, tovarlar eksport qilish va TTXIning murakkab kombinatsiyasi jahon amaliyotida tobora keng tarqalmoqda. Moddiy bo‘lmagan ishlab chiqarish sohasida tashqi iqtisodiy faoliyatning muayyan turlari (moliyalash, sotish, boshqarish, sug‘urta) bo‘yicha ixtisoslashishga nisbatan aniq tendensiya mavjud; - turli milliy va xalqaro markazlarga tegishli TMKlarning “o‘zaro hamkorligi”va strategik tizimlar, oilalar, ittifoqlar, birlashish va sotib olish shaklida o‘zaro aloqalarini mustahkamlash. TMKlarning o‘rni hozirgi vaqtda ishchi kuchi va xomashyoning ko‘pligi bilan emas, balki inson kapitalining sifati, innovatsion faoliyati, ta’lim darajasi va bilimlardan amaliy foydalanish darajasi bilan belgilanadi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ilmiy tadqiqotlarga xarajatlar bo‘yicha Shvetsiya yetakchilik qilmoqda, undan keyingi o‘rinlarni Finlyandiya, AQSh, Yaponiya, Daniya va Germaniya egallagan. Umuman, eng yaxshi besh mamlakat – AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya ilmiy tadqiqotlarga ko‘proq dunyodagi barcha boshqa mamlakatlarga nisbatan pul sarflaydi va bu guruhda AQShning ulushi 50% dan oshadi. Ilmiy-texnika sohasidagi globallashuvning zamonaviy jarayonlari tadqiqot va rivojlanishning mazmuni va yo‘nalishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Tabiatan baynalmilal bo‘lgan fundamental fan, nihoyat, davlatlararo to‘siqlarni yengib o‘tib, dunyo taraqqiyotini bashorat qilib, koinot sirlariga va insoniyatning o‘z-o‘zini bilishiga kirib borishning umumiy tsivilizatsion vositasiga aylanadi. Eng rivojlangan va yangi rivojlangan mamlakatlarda xorijiy tadqiqotlarni moliyalashtirish o‘sib borayotgan mutanosib yangilik sohasida TMKlarning tadqiqot bo‘limlarini shakllantirishga yo‘naltirilmoqda. O‘rtacha rivojlangan mamlakatlarda, tadqiqot va rivojlantirish uchun xorijiy moliyalashtirish ulushi taxminan 10% edi. TMKlar o‘z mamlakatlarida tashkil etilgan o‘z ishlab chiqarish ob’ektlari ehtiyojlarini qondirish uchun, birinchi navbatda, xorijiy tadqiqot bo‘linmalarini ochishga harakat qiladi. So‘nggi paytlarda ko‘proq xorijiy bo‘linmalar faoliyati global tadqiqot salohiyatidan foydalanishga, jumladan, yuqori malakali ilmiy va muhandis kadrlarni jalb etishga qaratilgan. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling