Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)
-jadval Yaponiyada yetakchi korporatsiyalarning kapitallashuvi (2015 yil holatiga ko‘ra
Download 1.08 Mb.
|
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)
9.9-jadval
Yaponiyada yetakchi korporatsiyalarning kapitallashuvi (2015 yil holatiga ko‘ra)
Jahon amaliyotida, moliya-sanoat guruhlarini shakllantirish bir nechta yo‘llar orqali amalga oshiriladi: ishtirokchilarning tashabbusiga ko‘ra, davlat organlarining qarorlari bo‘yicha hamda hukumatlararo bitimlarga ko‘ra. Barcha iqtisodiy-huquqiy vakolatlar hamda tegishli yuridik va xo‘jalik majburiyatlari bilan yangidan tashkil etilgan tashkiliy tuzilmani o‘zida ifodalovchi aksionerlik jamiyatini tuzish va alohida ishtirokchilarning kapitallarini ixtiyoriy birlashtirish birmuncha keng tarqalgan usul hisoblanadi. Ikkinchi usul, tashkil etilayotgan moliya-sanoat guruhi ishtirokchilari o‘zlarining aksiya paketlarini guruh ishtirokchilaridan biriga, odatda, bank yoki moliya-kredit institutiga ixtiyoriy ravishda boshqarishga berishi hisoblanadi. Uchinchi usul esa guruh ishtirokchilaridan biri boshqa korxona va tashkilotlarning aksiya paketlarini egallashidan iborat bo‘lib, buning natijasida moliya-sanoat guruhi ishtirokchilari shakllanadi. Aksiya paketlarining bunday egallanishi har doim ham ixtiyoriylik xususiyatiga ega bo‘lmaydi. Biror kompaniyaning boshqasiga qo‘shilishi va singishi jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunda, davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar paketlari, davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar paketlarini vakolatli boshqarishga berilishi yoki ularning sotib olinishi orqali moliya-sanoat guruhlarini tashkil etishga olib kelganda ularning miqdori monopoliyaga qarshi qonunchilik talablarini hisobga olgan holda belgilanishi lozim. Xalqaro tajribalardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasida moliya-sanoat guruhlari faoliyatini tashkil qilishda quyidagi modellardan foydalanish mumkin: – Yaponiya modeli; – Germaniya modeli. Ushbu ikki modelning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularda moliya-sanoat guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasini asosan banklar bajaradi. Xalqaro amaliyotda bir qator mamlakatlarda tijorat banklari ishtirokidagi moliya-sanoat guruhlarini tashkil etish amaliyoti keng tarqalgan bo‘lib, ular samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Odatda, tijorat banklari ishtirokidagi moliya-sanoat guruhlari a’zolari o‘rtasida moliyaviy resurslarning samarali qayta taqsimlanishi va faoliyat yuritish mexanizmi qulayligi tufayli keng tarqalgandir. Mamlakatimizda ham tijorat banklari tashabbuskorligi va faol ishtirokida moliya-sanoat guruhlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Banklar ishtirokidagi moliya-sanoat guruhlari markazida moliya-kredit tashkilotlari, aksariyat hollarda yirik tijorat banki boshchiligidagi bank xoldingi birlashmasi turadi. Odatda, ular tarkibiga investitsion kompaniyalar, sanoat korxonalari, savdo kompaniyalari, trast va moliya kompaniyalari, reklama va konsalting, sug‘urta firmalari kiradi. Xorijiy mamlakatlarda banklar moliya-sanoat tuzilmalarining markaziy organi hisoblanadi. Bank ma’lum korxonalar doirasida faoliyat yuritishi bilan birgalikda ularning moliyaviy holati to‘g‘risida aniq ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Biror muammo yuzaga keladigan bo‘lsa, u zarur bo‘lgan choralarni qabul qiladi. Chunki ishlab chiqarish jarayonining natijasi uning shaxsiy iqtisodiy manfaatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Moliya-sanoat guruhi ishtirokchisi bo‘lgan korxonaning moliyaviy holati yomonlashganda, bank moliyaviy sog‘lomlashtirishda faol qatnashadi, ma’lum bir pul oqimlarini va tuzilmaviy o‘zgartirishlarni o‘tkazishda bankdan barqaror moliyaviy holat talab etiladi. Tijorat banklarining integratsiyalashgan tuzilmalar tarkibida ishtirok etishi natijasida faoliyat ko‘lamini kengaytirish, sanoat bilan mustahkam munosabatlarni o‘rnatish, o‘zaro foydali investitsion loyihalarni hamkorlikda ishlab chiqish va amalga oshirish hamda investitsion siyosatni samarali yuritishda qulay imkoniyatlar yaratiladi. Shuningdek, mazkur tuzilmalar doirasida investitsion siyosat yuritish tijorat banklariga qator qulayliklar tug‘diradi. Bular jumlasiga, ishonchli mijozlarning mavjudligi, ular moliyaviy holatini doimiy tahlil qilish imkoniyati, investitsion loyihalar bo‘yicha tizimli nazoratning yo‘lga qo‘yilishi, investitsion jarayonlarni prognozlashni yaxshilash hisobiga bank raqobatbardoshligini oshirish, mijozlarning ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatining istiqbolli yo‘nalishlarini hisobga olgan holda ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish, yuqori ilmiy sig‘imli ishlab chiqarishlarni tashkil etishga qaratilgan investitsion loyihalarni ishlab chiqish darajasini oshirish va boshqalar. Ta’kidlash joizki, moliya-sanoat guruhlarining shakllantirilishi va faoliyat yuritishi orqali, birinchidan, bank kapitalini sanoatga yo‘naltirish muammosi hal etiladi; ikkinchidan, butun bank tizimiga bo‘lgan ishonch ortadi va uning tuzilmasi takomillashadi; uchinchidan, moliya-sanoat guruhlari o‘rtasida yangi yirik tashkilotlarni jalb etish uchun, banklar o‘rtasida esa guruhning eng foydali ishtirokchilariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha raqobatlashuv jarayoni kuchayadi. Fikrimizcha, milliy iqtisodiyotda moliya-sanoat guruhlarini shakllantirishning moliyaviy-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslash jarayonida quyidagilarga alohida e’tibor berish lozim: 1. Iqtisodiyotda moliya-sanoat guruhlarini shakllantirishning loyihasini ishlab chiqish va mavjud imkoniyatlarni tahlil etish. 2. Moliya-sanoat guruhlarini yuqori ilmiy sig‘imga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirish hamda ular faoliyatini diversifikatsiyalash imkoniyatlarini hisobga olish. 3. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar va ularga bo‘lgan talabni o‘rganish. 4. Moliya-sanoat guruhlari faoliyatiga ta’sir etuvchi iqtisodiy omillarni baholash. 5. Moliya-sanoat guruhlari faoliyatini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish. Mamlakatimizda ishlab chiqarish korxonalarining vertikal integratsiyasi orqali xoldinglar shaklidagi moliya-sanoat korporativ tuzilmalarini shakllantirish va ular faoliyatiga tijorat banklarining investitsiyalarini yo‘naltirish amaliyotini rivojlantirish lozim. Mazkur korporativ tuzilmalarda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va savdo korxonalarining integratsiyasini ta’minlash, shuningdek, tuzilma tarkibiga boshqa korxonalarni shartnoma asosida jalb etish tizimini yaratish lozim. Integratsiyalashgan tuzilma tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi asosiy kompaniya faoliyatida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor berish lozim deb hisoblaymiz: – strategik rivojlanish va marketing faoliyatini tashkil etish; – ishlab chiqarishga innovatsiyalarni tatbiq etish va istiqbolli loyihalarga investitsiyalarni jalb etish; – faoliyat natijalarini iqtisodiy tahlil etish va istiqbolni prognozlashtirish; – aksionerlar bilan korporativ munosabatlarni samarali tashkil etish va boshqarish; – tuzilma doirasida yagona ilmiy-texnikaviy va investitsiyaviy siyosatni shakllantirish va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasida moliya-sanoat guruhlarini shakllantirish jarayonini iqtisodiyotning istiqboldagi tadrijiy o‘sishi va modernizatsiyalashning umumiy dasturlari doirasida amalga oshirish mumkin. Moliya-sanoat guruhlarini shakllantirish strategiyasi respublikadagi mavjud iqtisodiy jarayonlarga, ta’minot va sotuv bozorlari tahliliga, umumdavlat ustuvor yo‘nalishlariga, mamlakat ichidagi va boshqa mintaqalardagi korxonalarning murakkablashgan aloqalariga asoslanishi kerak. Mazkur strategiya antimonopol siyosat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik kabi boshqa dasturlarni amalga oshirish bilan o‘zaro moslashishi lozim. Xorijiy moliya-sanoat guruhlari tajribasiga tayangan holda alohida guruhlarning muayyan faoliyat bo‘yicha ixtisoslashuviga erishish lozim, bu holat tayyor mahsulotlar sifatini oshirish hamda texnologiyalarni takomillashtirish jarayonida muhim o‘rin tutgan holda sanoat tarmoqlari ishlab chiqarish va ilmiy-texnik salohiyatining jadal rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi. Mamlakatimizda moliya-sanoat tuzilmalarini shakllantirishda quyidagilarga alohida ahamiyat berish lozim: – moliya-sanoat kapitali integratsiyasini ta’minlash orqali yuqori darajada integratsiyalashgan korporativ tuzilmalarni shakllantirish va ularda zamonaviy texnologiyalar asosida eksportga yo‘naltirilgan yuqori ilmiy sig‘imli mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish lozim; – tijorat banklari tomonidan korxonalarning aksiyalari va ulushlarini sotib olish orqali ularning ustav kapitaliga yo‘naltirilgan qo‘yilmalarni oshirish asosida banklar va korxonalar o‘rtasida kapital integratsiyasini kuchaytirish lozim; – integratsiyalashgan moliya-sanoat korporativ tuzilmalarda tijorat banklarining ishtirokini ta’minlash va ulardagi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishni inobatga olgan holda, qo‘shimcha aksiyalar emissiyasi hisobiga ularning kapitallashuv darajasini oshirish va investitsiya faoliyatini kengaytirish; – kapitallashuv darajasi yuqori bo‘lgan tijorat banklari hamda ularning sanoat tarmoqlaridagi yirik mijozlari bilan ushbu tijorat banklari yetakchiligida moliya-sanoat guruhlarini tashkil etishni bosqichma-bosqich amalga oshirish va ularda yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish; – iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarda, investitsiya dasturlarini amalga oshirishda, birinchi galda iqtisodiyotning real tarmoqlariga investitsiya kiritish uchun mablag‘lar jalb etishda tijorat banklarining faol ishtirokini rivojlantirish; – qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularni transportirovka qilish, savdo va boshqa zamonaviy bozor xizmatlarni ko‘rsatishga ixtisoslashgan hamda o‘z ichiga zamonaviy yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan ishlab chiqarish, savdo va servis xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalarni qamrab olgan korporativ tuzilmalarni shakllantirish; – qayta ishlab chiqarish sanoatidagi korxonalar va moliyaviy institutlar integratsiyasi asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, mahsulotlar sotuvchi, xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yuqori integratsiyalashgan korporativ tuzilmalarni shakllantirish va uning doirasida yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga hamda innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan maqsadli loyihalarni amalga oshirish lozim. Moliya-sanoat guruhlari faoliyat yuritishining jahon tajribasini o‘rganish asosida shuni aytish mumkinki, ular sanoatni modernizatsiyalash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishning ta’sirchan instrumenti bo‘lib xizmat qiladi. Sanoat korxonalarini, moliyaviy va tijorat tuzilmalari bilan birlashishi mamlakat iqtisodiyoti real sektorining tiklanishi va taraqqiy etishiga yordam beradi. Mamlakatimizda moliya-sanoat guruhlarini shakllantirish ishlab chiqarish sur’atlarini o‘sishiga, bank-moliya tizimini yanada rivojlanishiga hamda pirovard natijada aholi turmush farovonligini oshishiga xizmat qiladi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling