9.5-jadval
Ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va mamlakatlar bo‘yicha yirik TMKlarning taqsimlanishi (2012 yil)
Faoliyat sohalari
|
TMKlar miqdori
|
Ta’sischi mamlakatlar
|
Faoliyat sohalari
|
TMKlar miqdori
|
Ta’sischi mamlakatlar
|
Neft va gaz qazib olish
|
43
|
AQSh, Xitoy, Rossiya va boshqalar
|
Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish
|
16
|
AQSh, Yaponiya, Tayvan va boshqalar
|
Bank-moliya xizmatlari
|
71
|
AQSh, Xitoy, Avstraliya va boshqalar
|
Avtomobillar va avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish
|
17
|
Yaponiya, Germaniya, AQSh va boshqalar
|
Oziq-ovqat mahsulotlari sanoati
|
9
|
Shveysariya, AQSh, Buyuk Britaniya va boshqalar
|
Farmatsevtika ishlab chiqarishi va biotexnolo-giyalar
|
22
|
Shveysariya,
Fransiya va boshqalar
|
Dasturiy ta’minot, kompyuter xizmatlari
|
13
|
AQSh, Germaniya, Hindiston, Yaponiya va boshqalar
|
Chakana savdo sohasi
|
17
|
AQSh, Ispaniya, Meksika va boshqalar
|
JAMI
|
208
|
Globallashuv sharoitida TMKlar faoliyat xususiyatlarining o‘zgarishi ularning milliy va mamlakatning o‘ziga xos omillarini hisobga olishni talab qiladi. Shu munosabat bilan, zamonaviy TMK mamlakat mansubligini baholash Danningning milliy chegaralar bo‘ylab kapital oqimlari nazariyasi asosida amalga oshiriladi. Bu ko‘rsatkich ma’lum bir mamlakatda joylashgan asosiy kompaniyalar soni bilan belgilanadi. Asosiy bosh kompaniyalar TMKlarning “yuragi” bo‘lib, ular joylashgan mamlakatlar butun TMK faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, Danning nazariyasiga ko‘ra, bunday TMKlarning miqdori va sifati “mamlakat ichidagi ortiqcha investitsiyalar oqimi”ni ko‘rsatadi, bu esa ma’lum darajada mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasini aks ettiradi.
9.6-jadvalni shakllantirish uchun turli istiqbolli xalqaro hududlarni “milliy chegaralardan tashqaridagi kapital oqimlari” nuqtai nazaridan tavsiflash uchun tanlab olindi. Eng ko‘pi yirik korporatsiyalar AQShda jamlangan – 174 ta, ikkinchi o‘rinda Yaponiya – 38 ta, Fransiya va Xitoyda joylashgan transmilliy korporatsiyalar soni bir-biriga yaqin bo‘lib, bu ulardagi iqtisodiy rivojlanish va ichki kapital yetarlilik darajasining deyarli bir xilligini ko‘rsatadi.
9.6-jadval
Zamonaviy TMKlarning mamlakatlar bo‘yicha mansubligi (2012 yil)
Do'stlaringiz bilan baham: |