Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


-rasm. Xo‘jalik faoliyatini baynalmilallashtirish bosqichlari


Download 1.08 Mb.
bet19/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

1.1-rasm. Xo‘jalik faoliyatini baynalmilallashtirish bosqichlari
Globallashuv zamonaviy jahon boshqaruv tizimining eng muhim xususiyatiga – sayyoramizning rivojlanish yo‘lini belgilab beruvchi eng nufuzli kuchlardan biriga aylandi. Globallashuvning hukmronlik nuqtai nazariga ko‘ra, jamiyatda hech qanday harakat, hech qanday jarayon (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va boshqalar)ni to‘liq cheklangan deb hisoblash mumkin emas. Xalqaro munosabatlarning globallashuvi bu – ijtimoiy hayot va xalqaro munosabatlar sohasidagi turli faoliyat sohalarida o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro ta’sirning ortishidir. U ijtimoiy hayotning deyarli barcha sohalariga, jumladan, iqtisodiyot, siyosat, mafkura, ijtimoiy soha, madaniyat, ekologiya, xavfsizlik, turmush tarzi va inson mavjudligining jamiki shart-sharoitlariga ta’sir ko‘rsatadi.
“Globallashuv” tushunchasi so‘nggi paytlarda iqtisodiy adabiyotlarda keng tarqalgan bo‘lsa-da, u hali ham konseptual xarakterga ega bo‘lgan amaliy jihatdan ro‘y berishi aniq bo‘lgan uzoq yo‘ldir.
Globallashuv jarayonining iqtisodiy munosabatlardagi o‘ziga xos ko‘rinishi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi (bunda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan ishlab chiqaruvchilarning yakuniy mahsulotni yaratishda turli shakl va bosqichlarda ishtirok etishlari kuzatiladi;
- mamlakatlar o‘rtasida, birinchi navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya shaklida (tashqi savdo va ishlab chiqarish tezroq o‘sib borayotgan xorijiy mamlakatlardagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi bilan) xalqaro kapital oqimlarining o‘sishi hisobiga kapitalning baynalmilallashuvini chuqurlashtirish va shu asosda dunyo fond bozorining baynalmilallashuvi;
- integral ishlab chiqarish va iste’mol tizimlarida iqtisodiy birliklarni bog‘lovchi ishlab chiqarish vositalari va ilmiy-texnik, texnologik bilimlar almashinuvi, shuningdek, xalqaro ixtisoslashuv va hamkorlik shaklida ishlab chiqarish kuchlarining globallashuvi hamda ishlab chiqarish hamkorligi, ishlab chiqarish resurslarining xalqaro harakati;
- xalqaro hamkorlikni ta’minlovchi global material, axborot, tashkiliy va iqtisodiy infratuzilmani shakllantirish;
- xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi asosida birjalarning baynalmilallashuvini mustahkamlash, mujassamlashgan tovarlar bo‘yicha xalqaro savdo miqyosini kengaytirish va sifatini oshirish;
- xalqaro mehnat migratsiyasining oshishi;
- ishlab chiqarish va iste’molning atrof-muhitga ta’sirida baynalmilallashuvning ortishi.
Globallashuv jarayonlari kelajakda quyidagi ko‘rinishlarda yuzaga kelishi bashorat qilinmoqda:
- mintaqaviy integratsiya jarayonlarining intensivlashuvi;
- o‘z iqtisodiy faoliyatini hali to‘liq erkinlashtirmagan davlatlar iqtisodiy tizimlarining yanada ochiqligi;
- Har qanday bozorga barcha ishtirokchilarning hech qanday cheklovlarsiz kirishi;
- savdo va moliyaviy operatsiyalar uchun qoidalarni universallashtirish;
- bozorni tartibga solish va nazorat qilishni unifikatsiyalash;
- kapital harakati, investitsiya jarayoni va global to‘lov va hisob-kitob tizimiga bo‘lgan talablarni standartlashtirish.


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling