Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


Ishlab chiqarish omillarining erkin harakatlanishi


Download 1.08 Mb.
bet22/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

Ishlab chiqarish omillarining erkin harakatlanishi


Qonunchilik, ijtimoiy va valyuta sohalarda iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish

Erkin savdo hududi


X







Bojxona ittifoqi


X

X





Umumiy bozor


X

X

X



Iqtisodiy ittifoq


X

X

X

X

Erkin savdo hududlari (ESH) xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarining boshlang‘ich bosqichi sanaladi. Erkin savdo hududi zamonaviy talqinda preferensial hudud hisoblanib, uning doirasida bojxona va miqdoriy cheklanishlardan holi savdo tartibiga rioya qilinadi.



Erkin savdo hududlari amalda ikki va undan ortiq davlatlarning o‘zaro savdosi aloqalari turli bojlar, litsenziya va kvotalarni muzlatish va asta-sekin bekor qilish to‘g‘risidagi bitimlarning imzolanishi natijasida shakllanadi. Bunda, YEI, NAFTA va MERKOSUR tajribasidan ma’lumki, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan savdo rejimini erkinlashtirish cheklangan tartibga ega, bu dastlab bojxona nomenklaturasidagi ba’zi pozitsiyalarni qamrab oladi.
Erkin savdo hududlarining ijobiy jihatlariga kelsak, eng avvalo, ishtirokchi mamlakatlarning savdo siyosatida barqarorlikning o‘rnatilishini kiritish mumkin. Erkin savdo hududlari a’zo mamlakatlarni xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb etish jarayonining tezlashishiga yordam beradi, ular xalqaro mehnat taqsimotidan maksimal darajada samarali foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar.
Erkin savdo hududlarining salbiy jihatlariga esa, ichki bozorda raqobatning kuchayishi bilan belgilanadi. Bu milliy ishlab chiqaruvchilarga salbiy ta’sir etishi va ular uchun bankrotlik xavfini kuchaytirishi mumkin.
Bundan tashqari erkin savdo hududlarini yaratish millatlararo tartibga soluvchi organlarni tashkil etish holatlarida kuzatilmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, qarorlar qabul qilishni sekinlashtiradi, shuningdek, qabul qilingan qarorlar bajarilishini nazorat qilishni qiyinlashtiradi. Biroq qiyinchiliklar va muammolarga qaramasdan, integratsiyaning boshlang‘ich bosqichidagi erkin savdo hududlari jahon iqtisodiyotida keng tarqalishi ham mumkin.
Bojxona ittifoqi (BI) huquqiy nuqtai nazardan olganda ikki va undan ortiq davlatlar o‘rtasida o‘zaro va uchinchi bir mamlakatlarga nisbatan soddalashtirilgan soliq siyosatining o‘rnatilishini anglatadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan olganda esa bojxona ittifoqini tashkil etish – bu yagona iqtisodiy makonni shakllantirish va bu makon doirasida esa har qanday bojxona chegaralarini olib tashlanishini anglatadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlatlararo tartibga solishning bu ko‘rinishi Bojxona ittifoqi qatnashchilari o‘rtasida bojsiz savdonigina emas, balki uning tashqi chegaralarida muvofiqlashtirilgan tarif tizimini joriy qilishni ham nazarda tutadi. Bojxona ittifoqining erkin savdo hududidan farqi ham ana shundadir.
Bojxona ittifoqlarining yaratilish va ularning shakllanishining aniq natijalari unga a’zo mamlakatlarning ishlab chiqarish va iste’mol sohasida yuz beradigan tarkibiy o‘zgarishlarda o‘z aksini topadi. Boshqacha qilib aytganda, bojxona ittifoqi savdoning kengayishi hisobiga aholining turmush farovonligini oshiradi, biroq ayni bir paytda ishlab chiqaruvchilarning arzon mahsulotlariga nisbatan qimmat tovar ishlab chiqarishga moslashishlari hisobiga farovonlikni pasaytiradi.
Tashqi savdoni davlatlararo tartibga solishning keng tarqalgan ko‘rinishi sifatida bojxona ittifoqi haqida gapirganda shuni esdan chiqarmaslik lozimki, uning faoliyati uzoq vaqt mobaynida alohida olingan mamlakatlarning jami tovarlar va xizmatlar nomenklaturasiga tarqalmasligi mumkin. Bojxona ittifoqlarining rivojlanishi jarayonlarini birgalikda tartibga solish sohasining asta-sekin kengayib borishidan darak beradi. Ya’ni bosqichma-bosqich olib boriladigan mazkur jarayon oxir-oqibat millatlararo muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar va institutlarni tashkil etishni taqazo etadi.
Bojxona ittifoqining erkin savdo hududidan asosiy farqi ittifoq chegaralarida muvofiqlashtirilgan savdo-bojxona rejimini joriy etishdir.
Integratsion jarayonlarning keyingi rivojlanishi integratsiyaning eng yuksak ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan umumiy bozor hamda iqtisodiy ittifoqning shakllanishiga olib keladi.
Jahon iqtisodiyotida ko‘plab iqtisodiy birlashmalarning vujudga kelishi va taraqqiyotidan ma’lumki, aynan umumiy bozor va iqtisodiy ittifoq eng ko‘p diqqatga sazovordir.
Umumiy bozorni iqtisodiy ittifoqqa aylantirishning zamonaviy bosqichida Yevropa Ittifoqining ahamiyati kattadir. Bu tashkilot iqtisodiy integratsion jarayonlarning eng yuqori cho‘qqisiga intilishini yaqqol namoyish etayotgan hozirgi kundagi yagona iqtisodiy ittifoqdir.
Globallashuvning yuqorida qayd etilgan ko‘rinishlari qator omillar ta’sirida yuzaga keladi.
Globallashuv hodisasi mohiyatini tushuntiruvchi sabablarning tizimli tahlili uning taraqqiyotini belgilovchi quyidagi omillar guruhini ajratishni taqazo etadi (1.3-rasm):

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling