Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


Download 1.08 Mb.
bet23/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

1. Iqtisodiy omillar – kapitalning ulkan konsentratsiyasi va markazlashuvi, xalqaro korporatsiyalar qudratining o‘sishi, ishlab chiqarish va hamkorlik xalqaro ixtisoslashuvini intensivlashtirish, xalqaro marketing, elektron tijorat, xalqaro logistika.
2. Siyosiy omillar – davlat chegaralari asta-sekin shaffoflashib, odamlar, tovarlar, xizmatlar va kapitalning harakat erkinligiga ko‘proq imkoniyat yaratib beradi.
3. Xalqaro omillar – uning dinamikasini globallashuv jarayonini rag‘batlantiruvchi yirik xalqaro voqealar sanalari bilan bog‘laydi.
4. Texnik-texnologik omillar – axborot, texnologiyalar, tovarlar va moliyaviy resurslarni tezkor tarqatishga imkoniyatlar yaratadigan zamonaviy transport vositalari, axborot tizimlari va texnologiyalari, aloqa va telekommunikatsiyalar, moslashuvchan avtomatlashtirilgan, vositalar majmuidan iborat bo‘lib, ularni ishlab chiqarishni rivojlantirish natijasida xarajatlar hajmi kamayadi.
5. Ijtimoiy omillar – an’analar, ijtimoiy aloqalar va urf-odatlar ahamiyatining zaiflashuvi odamlarning geografik, ma’naviy va hissiy jihatdan harakatchanligini oshirishga yordam beradi.
6. Tovar va kapital bozorlarini erkinlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish, bojxona, savdo va soliq qonunlarini yumshatish va birlashtirish milliy iqtisodiyot va ularning tadbirkorlik sub’ektlarining o‘zaro iqtisodiy bog‘liqligini ham oshirdi.
Quyidagi omillar globallashuvni harakatga keltiruvchi moliyaviy tizimlarning o‘zgarishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va bu ta’sir butun global tizimlarning u yoki bu darajada o‘zgarishiga olib keladi:

1.3-rasm. Globallashuv jarayoni rivojlanishini belgilovchi omillarning asosiy guruhlari
- iqtisodiy munosabatlarni transmilliylashtirish va milliy moliya bozorlarida integratsiyalash jarayonini jadal rivojlantirish;
- global moliyaviy bozorlarni tartibga solishning nisbiy yengillashuvi (ularning hajmlari va aylanmalarning ortishi bilan raqobatning ortishi);
- rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga kirib borishi bilan global moliya tizimining kengayishi;
- kapital hajmining doimiy o‘sishi va o‘ta harakatchanligi keskin vaziyatni yuzaga keltiradi; makroiqtisodiy va global (davlatlararo iqtisodiy integratsiya, shu jumladan, moliyaviy va pulning tarkibiy qismlari) darajada moliyaviy resurslarning yuqori konsentratsiyasi;
- kapital konsentratsiyasiga moyillik, global tijorat va moliyaviy tuzilmalar mustaqilligining ortib borishi;
- moliyaviy operatsiyalarning intensivligi, harakatchanligi va moliyaviy bozorlar o‘zaro bog‘liqligining ortib borishi;
- moliyaviy vositalarning xilma-xilligi va ularning yuqori darajadagi harakatchanligi.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling