Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/18
Sana09.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#266980
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
2 5418067768928899187

 

3. 

Xarajatlar hisobi

 

Ushbu  bo’limni  “ishlab  chiqarish  xarajatlari”,  yoxud  “mahsulot  tannarxi” 



tushunchalariga ta’rif berishdan boshlasak, turli adabiyotlarda bu ikki tushunchaga 

bir-biriga mazmunan juda yaqin bo’lgan ta’riflar berilgan, masalan: 

  Mahsulot  tannarxi  ushbu  mahsulot  qiymatining  pul  shaklidagi  qismi  bo’lib, 



moddiy, mehnat va boshqa sarf-xarajatlardan iborat bo’ladi

10

; 



  Ishlab  chiqarish  xarajatlari  –  bevosita  mahsulotlarni  (ish,  xizmatlarni)  ishlab 

chiqarishga  ketgan,  shuningdek  ularning  tannarxini  tashkil  etuvchi 

xarajatlardir.  Tannarx  -  mahsulot (ish, xizmat)  larni ishlab  chiqarishga ketgan 

barcha xarajatlarning pulda ifodalangan majmuasi

11

. 



  Mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  ishlab  chiqarish  tannarxiga  bevosita  mahsulot 

(ishlar,  xizmatlar)  ni  ishlab  chiqarish  bilan  bog’liq  bo’lgan,  ishlab  chiqarish 

texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi

12



O’ylaymizki,  yuqorida  keltirilgan  ta’riflarning  har  biri  ishlab  chiqarish 



xarajatlari,  mahsulot  tannarxi  tushunchalarini  to’liq  yoritib  bera  olgan,  shunday 

bo’lsada, biz quyidagi ta’rifni tavsiya qilgan bo’lar edik: 

Ishlab  chiqarish  xarajatlari  –  bu  shunday  xarajatlarki,  uning  pirovardida 

(natijasida) aniq bir mahsulot (ish, xizmat) lar yaratiladi. 

Bozor  munosabatlari  sharoitida,  ya’ni  raqobat  sharoitida,  qolaversa  hozirgi 

jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish tannarxiga kiradigan 

xarajatlarning ahamiyati ortib boradi, chunki mahsulot narxining asosini mahsulot 

tannarxi  tashkil  qiladi,  raqobat  shaoitida  esa  narx  bu  bir  dastakki,  qaysiki  shu 

dastak  bilan  raqobatchilar  ichida  g’olib  bo’lishga  yordam  beradigan.  Bu  kabi 

misollarni  yana  ko’plab  keltirish  mumkin,  shunday  ekan  ishlab  chiqarish 

tannarxiga kiradigan xarajatlarni doimiy nazorat qilib borish lozim. 

                                                           

10

 F.G’.G’ulomova. Buxgalteriya hisobini mustaqil o’rganish uchun qo’llanma. T.: “NORMA”, 2009. 343-bet. 



11

 K.B.Urozov. buxgalteriya hisobi va audit. T.: “O’qituvchi”, 2004. 146-bet.

 

12

 



“Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy 

natijalarni shakllantirish to’g’risida Nizom”, 1-qismi.

 



 

Sanoat korxonalarida “Xarajatlar tarkibi… to’g’risida”gi Nizomga muvofiq 

ishlab chiqarish xarajatlari iqtisodiy mohiyatiga ko’ra quyidagicha tasniflanadi (

6-

chizma

).  Ushbu  Nizom  amaldagi  qonun  qoidalar  hisobga  olingan  holda  xo’jalik 

yurituvchi  subyektlarning  ishlab  chiqargan  mahsuloti  tannarxiga  qo’shiladigan 

xarajatlarning  bir  xilligini  ta’minlash  maqsadida  ishlab  chiqilgan.  Nizom   

buxgalteriya   hisobi   va   soliqqa   tortish  maqsadlari  uchun  xarajatlarni 

 

6-chizma: Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiradigan xarajatlarning iqtisodiy 



mohiyatiga ko’ra tasniflanishi 

hisoblash o’rtasidagi farqni hisobga oladi. Soliqqa tortiladigan foyda buxgalteriya 

foydasidan farq qiladi, korxona xarajatlarining bir qismi amaldagi soliq siyosatiga 

ko’ra  soliq  bazasidan  chegirilmaydi.  Shu  narsani  ta’kidlash  joizki,  buxgalteriya 

hisobi  tamoyillari  xarajatlarning  hisobotlarda  aks  ettirilishini  soliqqa  tortish 

qoidalari bilan bog’lamaydi. 

21-sonli BHMSga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 2010 

“Asosiy ishlab chiqarish” schotida olib boriladi. Ushbu schot aktiv, doimiy schot 

bo’lib, ko’payishi va qoldig’i debet tomonida, kamayishi kredit tomonida, qoldig’i 

ma’lum bir sanaga tugallanmagan ishlab chiqarishning puldagi ifodasidir.

 

 

Ishlab chiqarish 



xarajatlari 

Ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlar  

(qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib 

tashlangan holda), Nizomning 1.1-punkti 

 

Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan 



mehnatga haq to’lash xarajatlari, Nizomning  

1.2-punkti 

 

Ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy 



sug’urtaga ajratmalar, Nizomning 1.3-punkti 

 

Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga 



ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi

Nizomning 1.4-punkti 

 

Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar



Nizomning 1.5-punkti 

 



 


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling