Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari


Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/18
Sana09.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#266980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
2 5418067768928899187

 Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari 

Xarajatlar  hisobining  maqsadi  xo’jalik  yurituvchi  subyektning  moliyaviy-

xo’jalik  faoliyati  davomida  yuz  bergan  xarajatlarni  amaldagi  qonunchilik 

talablaridan  kelib  chiqqan  holda  to’g’ri  va  o’z  vaqtida  hisobga  olish,  hamda 

axborot  foydalanuvchilariga  o’z  vaqtida,  to’liq  hamda  aniq  axborot  yetkazib 

berishdir. 

Ushbu  maqsaddan  kelib  chiqqan  holda  korxona  xarajatlari  bo’yicha 

buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

  xarajatlarni  ularning  mohiyatini  ochib  beruvchi  mezonlariga  mos  ravishda 



hisobga olish; 

 



korxona xarajatlarini to’g’ri turkumlash va guruhlarga ajratish

  korxona  xarajatlari  harakati  to’g’risida  to’liq  va  ishonchli  axborotlarni 



shakllantirish; 

 



korxona xarajatlarini to’g’ri, o’z vaqtida va tegishli boshlang’ich hujjatlar bilan 

rasmiylashtirish; 

 

korxona  xarajatlari  bo’yicha  hisob  ma’lumotlarining  va  hisobot 



ma’lumotlarining to’liq uyg’unligini ta’minlash; 

 



kelgusi davr va muddati uzaytirilgan xarajatlarni to’g’ri va o’z vaqtida sotish 

tannarxi, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarga kiritish

 

tugallanmagan  ishlab  chiqarishga  to’g’ri  keladigan  xarajatlarni  to’g’ri  va  o’z 



vaqtida  hisobga  olish,  ularni  belgilangan  muddatlarda  qayta  ro’yxatdan 

o’tkazish  (investitsiya  qilish)  va  sotish  tannarxiga  to’g’ri  kiritilishini 

ta’minlash; 

 



sotish  tannarxining,  davr  xarajatlarining  oshib  ketishiga  sabab  bo’luvchi 

noratsional chiqimlarni vujudga kelish sabablari va aybdorlarini topish, bunday 




 

chiqimlarga yo’l qo’ymaslik uchun mas’ul shaxslar faoliyatini doimiy nazorat 

qilish; 

 



mavjud zahiralar va vositalardan unumli foydalanish ustidan nazorat o’rnatish; 

  xarajatlarni soliq solish bazasi obyekti sifatida to’g’ri shakllantirish; 



  xarajatlarni hisoblash tamoyiliga muvofiq ular yuz bergan vaqtdan boshlab tan 

olish va tegishli schotlarda aks ettirish

 



xarajatlarni moliyaviy hisobotda to’g’ri aks ettirish va boshqalar. 

Shuningdek,  buxgalteriya  hisobi  korxona  xo’jalik  faoliyati  davomida 

xarajatlarni  amalga  oshirishda  O’zbekiston  Respublikasi  qonunchiligiga  rioya 

qilishi ustidan nazorat o’rnatish, xarajatlarga oid  salbiy holatlarning oldini olish va 

uning  moliyaviy  barqarorligini  ta’minlaydigan  ichki  xo’jalik  imkoniyatlarini 

topishni ta’minlashi zarur. 

Shu  o’rinda  shuni  ta’kidlash  joizki,  hozirgi  jahon  moliyaviy-iqtisodiy 

inqirozi  sharoitida  buxgalteriya  hisobining  vazifalariga  yana  bir  necha  vazifalar 

qo’shish bizning fikrimizcha to’g’ri bo’ladi, bu vazifalar taxminan quyidagilar: 

  korxonaning  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozga  qarshi  choralar  dasturini  ishlab 



chiqishga yordam berish

  ushbu 



moliyaviy-iqtisodiy 

inqirozga 

qarshi 

choralar 

dasturi 

va 


prezidentimizning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida 

uni  bartaraf  etishning  yo’llari  va  choralari”  asarida  belgilab  qo’yilgan 

vazifalarning  bajarilishini  tahlil  qilib  borish,  monitoringlar  o’tkazish  va 

hokazolar. 

Ayrim adabiyotlarda fanning vazifasi bilan funksiyasi bir narsani ifodalaydi 

deyilsa,  ayrim  adabiyotlarda  esa  bu  ikki  tushuncha 

turli  xil  narsa

ni  ifodalaydi 

deyiladi.  Bizning  fikrimizcha  ham  ikkinchi  mulohaza  to’g’ri.  Chunki  fanning 

vazifasi  doimiylik  xarakteriga  ega  bo’lmaydi  va  mavjud  holat,  talab  hamda 

o’rganish  obyektidan  kelib  chiqib  o’zgarishi  mumkin,  funksiya  esa  doimiylik 

xarakteriga ega bo’lib, o’zgarmaydi. 

Shundan kelib chiqib, xarajatlarning hisobi bo’yicha buxgalteriya hisobining 

vazifalari va funksiyalari ham farq qiladi, ya’ni buxgalteriya hisobining xarajatlar 

hisobi  bo’yicha  vazifalari  yuqoridagilar  bo’lsa,  funksiyalari  quyidagilar 

hisoblanadi (



4-chizma

). 


 


 

 

4-chizma: Korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyati davomida yuz beradigan 



xarajatlarning hisobi bo’yicha buxgalteriya hisobining funksiyalari 

1.  Axborot  (boshqaruv  tizimini  axborot  bilan  ta’minlash)  funksiyasi.Ushbu 

funksiyaning  ahamiyati  bozor  munosabatlari  sharoitida,  ayniqsa,  hozirgi 

moliyaviy-iqtisodiy  inqiroz  sharotida  yanada  ortadi.  Buxgalteriya  hisobi 

boshqaruvning  turli  bo’g’inlariga  –  korxona  xizmatlari,  uning  bo’linmalari 

menejerlariga  haqiqiy  axborotlarni  yetkazib  beruvchi  muhim  manba  bo’lib 

hisoblanadi,  tegishli  axborot  foydalanuvchilari  esa  ushbu  axborotlar  orqali 

boshqaruv  qarorlarini  ishlab  chiqadilar  va  qabul  qiladilar.  Hisob-kitoblarning 

ko’rsatishicha,  iqtisodiy  axborotlar  umumiy  hajmining  70  foizidan  oshig’i 

aynan buxgalteriya axborotlari ulushiga to’g’ri kelar ekan

7

. Ushbu axborotlarga 



turli xil talablar qo’yiladi, masalan, axborot to’liq, ishonchli, o’z vaqtida, aniq, 

muhim,  bir-biriga  zid  bo’lmaslik,  tushunarli  va  sodda,  tejamli  va  oqilona 

bo’lishi lozim. 

2.  Nazorat  funksiyasi  –  iqtisodiy  munosabatlarni  chuqurlashtirish  va  bozor 

munosabatlari,  turli  mulkchilik  munosabatlari    sharoitida  buxgalteriya 

hisobining  nazorat  funksiyasi  kuchaymoqda.  Xarajatlarning  hisobi  bo’yicha 

buxgalteriya hisobi nazoratining uchta turi amalga oshiriladi: 

1)  dastlabki nazorat – xo’jalik muomalasi sodir bo’lgungacha; 

2)  joriy nazorat – xo’jalik muomalasini amalga oshirish

3)  keying nazorat – muomala sodir bo’lganidan so’ngi. 

Xarajatlarni nazorat qilish quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi: 

  mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun  sarflangan  haqiqiy  xarajatlarni 



shakllantirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini hisoblash; 

                                                           

7

 R.D.Do’stmurodov. buxgalteriya hisobi nazariyasi. T.: “Yangi paligraph servis” – 2007 




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling