Xarajatlar smetasi ijrosi haqidagi hisobotni tuzish tartibi
XARAJATLAR SMETASI IJROSI HAQIDAGI HISOBOTNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI
Download 181.5 Kb.
|
XARAJATLAR SMETASI IJROSI HAQIDAGI HISOBOTNI TUZISH TARTIBI
1. XARAJATLAR SMETASI IJROSI HAQIDAGI HISOBOTNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI
1.1. Xarajatlar smetasi ijrosi to’g’risida hisobotni tuzish Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobotni tuzishdan oldin tashkilotlar: - tasdiqlangan xarajatlar smetalariga belgilangan tartibda kiritilgan o’zgartirishlarning hisob registrlariga (294-shakl daftarlariga) to’g’ri yozilganligini; hisobot davri uchun byudjetdan moliyalashtirilgan mablag’larni tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq holda (kiritilgan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda) amalga oshirilganligini (tegishli memorial orderlar, 294-shakl daftari va boshqa hisob registrlari asosida); - hisobot choragida amalga oshirilgan kassa xarajatlarining (G’aznachilik bo’linmalari orqali amalga oshirilgan to’lovlarning) to’g’riligini (tegishli memorial orderlar, 294-shakl daftarlari va boshqa hisob registrlari asosida); - haqiqiy xarajatlarning hisob registrlariga to’g’ri yozilganligini (tegishli memorial orderlar va 294-shakl daftarlari ma’lumotlari asosida) tekshirib chiqishlari lozim. "Tasdiqlangan (aniqlangan) reja" ustuniga tashkilotlarning tegishli tasdiqlangan xarajatlar smetalari bo’yicha kiritilgan o’zgartirishlar hisobi bilan hisobot davriga aniqlangan rejani xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat moddalari bo’yicha yoziladi. "Hisobot davri uchun moliyalashtirilgan" ustuni bo’yicha tashkilotga byudjetdan xarajatlar smetalariga muvofiq yil boshidan o’sib boruvchi tartibda moliyalashtirilgan mablag’lar (294-shakl daftar ma’lumotlari asosida) xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo’yicha yoziladi (4-guruhning xarajat moddalaridan tashqari). G’azna ijrosiga o’tilgan tashkilotlar ushbu ustun bo’yicha yil boshidan o’sib boruvchi tartibda G’aznachilik bo’linmalari orqali amalga oshirilgan to’lovlarni ko’rsatadilar. "Kassa xarajati-jami" ustunida tashkilotning byudjet mablag’lari bo’yicha depozit hisob raqamidan xarajatlar smetalarida ko’zda tutilgan maqsadlar uchun o’tkazilgan mablag’lar yil boshidan o’sib boruvchi tartibda (294-shakl daftar ma’lumotlari asosida) xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo’yicha yoziladi. G’azna ijrosiga o’tilgan tashkilotlar ushbu ustun bo’yicha yil boshidan o’sib boruvchi tartibda G’aznachilik bo’linmalari orqali amalga oshirilgan to’lovlarni ko’rsatadilar. "Haqiqiy xarajatlar-jami" ustunida tashkilot tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar (byudjet bo’yicha) yil boshidan o’sib boruvchi tartibda (294-shakl daftarlar ma’lumotlari asosida) xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo’yicha yoziladi. Tashkilotlar tomonidan o’tgan yillarda, shuningdek, joriy yilda byudjet mablag’lari hisobidan sotib olingan asosiy vositalariga hisoblangan eskirish summasi xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl)da xarajatlar iqtisodiy tasnifining 43 50 000 “Asosiy vositalarni sotib olish” xarajat moddasining tegishli kichik modda va elementlari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi. Bunda, byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan o’tgan yillarda, shuningdek, joriy yilda sotib olingan asosiy vositalar bo’yicha hisoblangan eskirish summasi esa, tegishli ravishda byudjetdan tashqari mablag’larning harakati to’g’risidagi hisobotlarda xarajatlar iqtisodiy tasnifining 43 50 000 “Asosiy vositalarni sotib olish” xarajat moddasining tegishli kichik modda va elementlari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi. Byudjet tashkiloti bo’lmagan byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar tomonidan byudjetdan olingan mablag’larning ijrosi bo’yicha tuzilgan xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl)da byudjet mablag’ining ishlatilgan qismi doirasida xarajatlar iqtisodiy tasnifining tegishli moddalari, kichik moddalari va elementlari bo’yicha xaqiqiy xarajatlarni to’liq aks ettiradilar. Asosiy xarajatlar smetasi bo’yicha moliyalashtiriluvchi tegishli moliya organiga esa, mazkur hisobotlarning nusxalari ma’lumot uchun taqdim qilinadi. Xarajatlar smetasining ijrosi xaqida hisobot (2-shakl) tashkilotlar tomonidan xarajatlar tasnifining har bir bo’lim, kichik bo’lim va bobi bo’yicha alohida holda tuziladi. Tashkilotning byudjet hisob raqamlaridagi (shaxsiy hisobvaraqlaridagi) hisobot choragining oxirgi ish kuniga tejab qolingan va belgilangan tartibda rivojlantirish jamg’armasi hisob raqamiga o’tkazilgan byudjet mablag’lari alohida (I-IV xarajat guruxlariga qo’shilmagan holda) “Byudjet tashkilotida hisobot choragining oxirgi kuniga tejab qolingan va byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi hisob raqamiga o’tkazilgan mablag’lar” qatorida kassa xarajatlari sifatida aks ettiriladi va “Xarajatlarning hammasi”da hisobga olinadi. Download 181.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling