Xarajatlar smetasi ijrosi haqidagi hisobotni tuzish tartibi


Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobotni tuzish tartibi


Download 181.5 Kb.
bet8/9
Sana24.06.2023
Hajmi181.5 Kb.
#1653700
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
XARAJATLAR SMETASI IJROSI HAQIDAGI HISOBOTNI TUZISH TARTIBI

2.2. Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobotni tuzish tartibi

Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobotni tuzishdan oldin tashkilotlar tasdiqlangan xarajatlar smetalariga belgilangan tartibda kiritilgan o’zgartirishlarning hisob registrlariga to’g’ri yozilganligini; - hisobot davri uchun byudjetdan moliyalashtirilgan mablag’larni tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq holda (kiritilgan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda) amalga oshirilganligini (tegishli memorial orderlar hisobot choragida amalga oshirilgan kassa xarajatlarining (G’aznachilik bo’linmalari orqali amalga oshirilgan to’lovlarning) to’g’riligini (tegishli memorial orderlar haqiqiy xarajatlarning hisob registrlariga to’g’ri yozilganligini (tegishli memorial orderlar va daftarlari tekshirib chiqishlari lozim. "Tasdiqlangan (aniqlangan) reja" ustuniga tashkilotlarning tegishli tasdiqlangan xarajatlar smetalari bo’yicha kiritilgan o’zgartirishlar hisobi bilan hisobot davriga aniqlangan rejani xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat moddalari bo’yicha yoziladi. "Hisobot davri uchun moliyalashtirilgan" ustuni bo’yicha tashkilotga byudjetdan xarajatlar smetalariga muvofiq yil boshidan o’sib boruvchi tartibda moliyalashtirilgan mablag’lar shakl xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo’yicha yoziladi (4-guruhning xarajat moddalaridan tashqari). G’azna ijrosiga o’tilgan tashkilotlar ushbu ustun bo’yicha yil boshidan o’sib boruvchi tartibda G’aznachilik bo’linmalari orqali amalga oshirilgan to’lovlarni ko’rsatadilar. "Kassa xarajati-jami" ustunida tashkilotning byudjet mablag’lari bo’yicha depozit hisob raqamidan xarajatlar smetalarida ko’zda tutilgan maqsadlar uchun o’tkazilgan mablag’lar yil boshidan o’sib boruvchi tartibda xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo’yicha yoziladi


G’azna ijrosiga o’tilgan tashkilotlar ushbu ustun bo’yicha yil boshidan o’sib boruvchi tartibda G’aznachilik bo’linmalari orqali amalga oshirilgan to’lovlarni ko’rsatadilar. "Haqiqiy xarajatlar-jami" ustunida tashkilot tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar (byudjet bo’yicha) yil boshidan o’sib boruvchi tartibda xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo’yicha yoziladi. Tashkilotlar tomonidan o’tgan yillarda, shuningdek, joriy yilda byudjet mablag’lari hisobidan sotib olingan asosiy vositalariga hisoblangan eskirish summasi xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot da xarajatlar iqtisodiy tasnifining 43 50 000 ―Asosiy vositalarni sotib olish‖ xarajat moddasining tegishli kichik modda va elementlari bo’yicha haqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi. Bunda, byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan o’tgan yillarda, shuningdek, joriy yilda sotib olingan asosiy vositalar bo’yicha hisoblangan eskirish summasi esa, tegishli ravishda byudjetdan tashqari mablag’larning harakati to’g’risidagi hisobotlarda xarajatlar iqtisodiy tasnifining 43 50 000 ―Asosiy vositalarni sotib olish‖ xarajat moddasining tegishli kichik modda va elementlari bo’yicha haqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi. Byudjet tashkiloti bo’lmagan byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar tomonidan byudjetdan olingan mablag’larning ijrosi bo’yicha tuzilgan xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobotda byudjet mablag’ining ishlatilgan qismi doirasida xarajatlar iqtisodiy tasnifining tegishli moddalari, kichik moddalari va elementlari bo’yicha haqiqiy xarajatlarni to’liq aks ettiradilar. Tashkilotlarga boshqa byudjetlar hisobidan mablag’lar ajratilgan hollarda mazkur mablag’larning sarflanishi bo’yicha xarajatlar smetasi ijrosi haqida hisobot tegishli moliya organiga ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda taqdim qilinadi. Asosiy xarajatlar smetasi bo’yicha moliyalashtiriluvchi tegishli moliya organiga esa, mazkur hisobotlarning nusxalari ma‘lumot uchun taqdim qilinadi. Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot tashkilotlar tomonidan xarajatlar tasnifining har bir bo’lim, kichik bo’lim va bobi bo’yicha alohida holda tuziladi. Tashkilotning byudjet hisob raqamlaridagi (shaxsiy hisobvaraqlaridagi) hisobot choragining oxirgi ish kuniga tejab qolinganva belgilangan tartibda rivojlantirish jamg’armasi hisob raqamiga o’tkazilgan byudjet mablag’lari alohida (I-IV xarajat guruhlariga qo’shilmagan holda) ―Byudjet tashkilotida hisobot choragining oxirgi kuniga tejab qolingan va byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi hisob raqamiga o’tkazilgan mablag’lar qatorida kassa xarajatlari sifatida aks ettiriladi va Xarajatlarning hammasi‖da hisobga olinadi.
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi.
3.Joriy yilning moliyaviy natijalari to’g’risida hisobotni tuzish tartibi
Mazkur hisobot tashkilotning joriy yilning yakunlari bo’yicha moliyaviy faoliyatining natijasi, ya‘ni, har bir daromad (tushum)larning turlarini mazkur daromadlar (tushumlar) hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar bilan solishtirish natijasi bo’yicha ma‘lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi. Hisobot "Bosh jurnal kitobi" va daromadlar (tushumlar) va haqiqiy xarajatlar hisobi yuritiladigan boshqa hisob registrlari ma‘lumotlari asosida to’ldiriladi. 1. Daromadlar bo’limi bo’yicha: 1.1. Byudjetdan moliyalashtirish‖ qatorida ‘’Bosh jurnal kitobi" Byudjetdan moliyalashtirish‖ subschyotining ma‘lumotlari aks ettiriladi; 1.2. To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar qatorida ‘’Bosh jurnal kitobi" Ta‘lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag’lari’’ subschyotining ma‘lumotlari aks ettiriladi; 1.3. Ta‘lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushadigan mablag’lar bo’yicha daromadlar qatorida ‘’Bosh jurnal kitobishakl) ‘’Ta‘lim muassasalarida o’qitishning to’lovkontrakt mablag’lari bo’yicha daromadlar‖ subschyotining ma‘lumotlari aks ettiriladi. SHuningdek, ushbu ma‘lumotlar ‘’To’lov-kontrakt mablag’lari‖, ‘’Depozitga qo’yilgan mablag’lar bo’yicha daromadlar’’ va ‘’Boshqa tushumlar‖ qatorlari bo’yicha alohida holda aks ettiriladi; 1.4. Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi daromadlari qatorida Bosh jurnal kitobi ‘’Byudjet tashkilotini 411 rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha daromadlar‖ subschyotining ma‘lumotlari aks ettiriladi. Shuningdek, ushbu ma‘lumotlar Tovar (ish, xizmatlar realizatsiyasidanFoydalanilmayotgan davlatning mol-mulklarini ijaraga berishdan va Homiylik yordamlaridan‖ qatorlari bo’yicha alohida holda aks ettiriladi; 1.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamgarmasi daromadlari qatorida tibbiyot muassasalari tomonidan ‘’Bosh jurnal kitobi" ‘’Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha daromadlar‖ subschyotining ma‘lumotlari aks ettiriladi. SHuningdek, ushbu ma‘lumotlar Pulli davolash va xizmatlar ko’rsatishdan . Homiy va donor tashkilotlardan‖ va Foydalanilmayotgan davlatning molmulklarini ijaraga berishdan‖ qatorlari boyicha alohida holda aks ettiriladi Boshqa daromadlar qatorida Bosh jurnal kitobi" -Boshqa byudjetdan tashqari daromadlar va Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar subschyotlarining ma‘lumotlari aks ettiriladi Soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar qatorida joriy yilda ta‘lim muassasalaridagi to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha hamda byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi daromadlari bo’yicha tegishli qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar aks ettiriladi. Daromadlar (tushumlar) jami barcha daromadlar (tushumlar)ning yig’indisi aks ettiriladi. Xarajatlar bo’limi bo’yicha Byudjet mablag’lari bo’yicha haqiqiy xarajatlar qatorida Bosh jurnal kitobi Byudjet mablag’lari bo’yicha haqiqiy xarajatlar‖ subschyotining ma‘lumotlari aks ettiriladi To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qatorida Bosh jurnal kitobi To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar subschyotining ma‘lumotlari aks ettiriladi Ta‘lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qatorida ―Bosh jurnal kitobishakl Ta‘lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar subschyotining ma‘lumotlari aks ettiriladi. Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qatorida Bosh jurnal kitobi"
Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar subschyotining ma‘lumotlari aks ettiriladi Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qatorida tibbiyot muassasalari tomonidan Bosh jurnal kitobi Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar subschyotining ma‘lumotlari aks ettiriladi Boshqa daromadlar bo’yicha haqiqiy xarajatlar qatorida Bosh jurnal kitobi" daromadlar bo’yicha haqiqiy xarajatlar subschyotining ma‘lumotlari aks ettiriladi; Xarajatlar jami qatorida yuqoridagi barcha daromadlar (tushumlar) hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarning yig’indisi aks ettiriladi. Moliyaviy natija bo’limi bo’yicha: Joriy yilga moliyaviy natija qatorida tashkilotning joriy yilga moliyaviy natijasi, ya‘ni, jami daromad (tushum) dan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar jami ayirmasi aks ettiriladi. a) byudjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija qatorida Byudjetdan moliyalashtrishdan.. Byudjet mablag’lari bo’yicha haqiqiy xarajatlar‖ (090-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; b) to’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija qatorida To’lovlarning maxsus turlariga doir hisobkitoblar bo’yicha mablag’lardan To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar ning ayirmasi aks ettiriladi; v) ta‘lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija qatorida Ta‘lim muassasalarida o’qitishning to’lov kontrakt shaklidan tushadigan mablag’lar bo’yicha daromadlar dan Ta‘lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar byudjet tashkilotini rivojlantirish jamgarmasi mablag’lari bo’yicha yakuniy moliyaviy natija. Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi daromadlari Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar ning ayirmasi aks ettiriladi; d) tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija qatorida . Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi daromadlaridan Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar ning ayirmasi aks ettiriladi; e) boshqa daromadlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija qatorida Boshqa daromadlar Boshqa daromadlar bo’yicha haqiqiy xarajatlarning ayirmasi aks ettiriladi; g) byudjetga va byudjetdan tashqari jamg’armalarga hisoblangan soliq va boshqa to’lovlar bo’yicha imtiyozlar qatorida Soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar ma‘lumotlari aks ettiriladi.


XULOSA

Moliyaviy hisobot -xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulotlarini sotish, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar majmui bo’lib, moliyaviy-xo’jalik faoliyatining holatini ma’lum davr (chorak, yillik) ga qiymat ko’rinishida aks etirishdir. Biz O‘zbekiston Respublikasi byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi hamda shtatlar jadvalini tuzish va uning ijrosi hisobini tashkil etishning muhim tarkibiy qismi hisoblangan byudjet nazoratining nazariy va huquqiy asoslariga, uning zarurligi va mohiyati, turlari va usullariga tayangan holda ushbu mavzuni yoritishga harakat qildik. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng bozor talabalariga javob bera oladigan milliy byudjet tizimi shakllana boshladi. Avvalambor, byudjet tizimining huquqiy asosi bo‘lgan Konstitutsiya qabul qilindi, byudjet siyosatining institutsional asoslari bo‘lgan davlat hokimiyati idoralarining huquqiy maqomi, moliya-byudjet siyosati sohasidagi vakolatlari va vazifalari belgilab berildi. Konstitutsiyada mustahkamlangan mahalliy hokimiyatlarining mustaqilligi, moliya sohasida qat’iy o‘zgartirishlarni va davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimini bosqichma-bosqich joriy etish yo‘nalishlarini tadqiq etishni talab qildi.


Iqtisodiyot taraqqiyotining hozirgi sharoitidan kelib chiqqan holda shtatlar jadvali, xarajatlar smetasi va byudjet nazoratini takomillashtirishning muhim xususiyatli tomonlarini quyidagicha ifodalash mumkin:
• Birinchidan, ijtimoiy soha xarajatlarini o‘z vaqtida va kerakli miqdorda moliyalashtirish uchun byudjet tashkilotlarida shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini puxta ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir;
• Ikkinchidan, aholining birinchi navbatdagi ehtiyojlarini qondirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy sohalarni zarur darajada rivojlantirishni yanada jonlantirish lozim;
• Uchinchidan, ishbilarmonlar xo‘jalik faoliyatini rag‘batlantirish uchun yanada qulay shart-sharoit yaratib berish zarurdir;
• Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimi joriy etilishi bilan moliyaviy nazoratning dastlabki va joriy shakllarini yuritish bo‘yicha, byudjet tashkilotining bosh buxgalterlari bilan seminarlar tashqil qilish zarur;
• Byudjet mablag‘larini oluvchilarning mahsulot etkazib beruvchilar (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchilar) bilan tuzilayotgan shartnomalari xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida tuzilishi, ta’minlanishi, shuningdek, to‘lovlarning faqat g‘aznachilik tomonidan ro‘yxatga olingan shartnomalar bo‘yicha xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar qoldig‘idan kelib chiqib to‘lanishi byudjet mablag‘ini oluvchilar kreditorlik qarzlarini minimallashtirishga xizmat qiladi deb o‘ylaymiz;
• Yuqoridagilardan kelib chiqib, byudjet tashkilotlarida shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tuzishda bo‘sh o‘rinlarning bo‘lmaslagiga va iqtisod qilingan, tejalgan, ishlatilmay qolgan mablag‘larni mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan tuzuvchilarga ma’suliyatini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Yuqori tashkilot moliya organiga xarajatlar guruhlari bo’yicha xarajatlar yig’ma smetasini, xarajatlarning to’liq yoyilmasini va xarajatlar smetasiga hisob-kitoblarni ilova qilgan holda, shunungdek qaramog’idagi barcha tashkilotlar bo’yicha esa ro’yhatdan o’tkazish uchun hamma talablarga va m\belgilangan muddattta malga oshirilishi kerak.
Tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ro’yhatdan o’tkazish paytida molya organalari o’z vakolatlri doirasida ortiqcha shtatlarni yo’qotishlari lozim. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyingina ro’yhatdan o’tkazishni amalga oshirish kerak.
Tashkilotlardagi xarajatlar smetasini tuzishda kompyuter texnikasi mavjud bo’lishi va har bitta jurnallar avtomatlashtirilgan tarzda yuritilishi va programmalshtirilgan bo’lishi kerak.
Shuningdek, ushbu hisobotni tuzish tamoyillarini, uni taqdim etish tartibi to’g’risida nazariy hamda amaliy ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha tavsiyalar berilgan.


Download 181.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling