Xarakter va temperament
Iroda bo‘sh yoki xarakteri zaif
Download 76.98 Kb.
|
KURS ISHI 14
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xarakterning mustaqilligi
Iroda bo‘sh yoki xarakteri zaif deb, hatto arzimaydigan to‘siq va qiyinchiliklarni ham yenga olmaydigan odamlarni aytiladi. Bunday odamlar qo‘rqoq, jur’atsiz bo’lib, ozgina qiyinchilik yoki muvaffaqiyatsizlikka
duch kelsalar, o‘zlarining qilayotgan ishlarini to‘xtatishlari, o‘z qarorlarini o‘zgartirishlari, ko‘zlangan maqsaddan voz kechishlari mumkin. Ular sharoit talab qilgan darajada sabot, sabr-toqat, matonat va chidam ko‘rsata olmaydilar. Bunday odamlar yuraksiz, landovur, dangasa, ko‘ngli bo‘sh boMadilar. Bunday odamlarning xatti-harakatlarini, odatda, o‘zlaridan ko‘ra ko‘proq tashqi sharoit idora qiladi. Bunday xarakterli odamlar umidsizlikka moyil bo’lib, hayotga, turmushga noshukurlik bilan qaraydilar. Ular hamma vaqt hamma yerda, hamma odamlarda faqat salbiy, yomon tomoninigina ko'radilar. Ularning fikricha, o‘zlaridagi barcha shaxsiy kamchilik va yetishmovchiliklarga boshqalar aybdor. Bunday tipdagi ba’zi odamlar beparvo, ko‘ngilchanlikka moyil bo’ladilar. Bunday xarakter xislatlari bizdan yo‘qolib bormoqda. Xarakterning mustaqilligi Kishida muayyan darajada namoyon bo’ladigan mustaqillik shaxsning iroda bilan bog'liq bo’lgan individual xususiyatlariga kiradi. Bunday xarakter xislatlari: tashabbuskorlik, tanqidiy qarash va mas’uliyat his qilishdan iboratdir. Tashabbuskorlik — xarakterning qimmatli xislati bo’lib, bu xislat ko‘pchilik kishilarda ommaviy tus olgandir. Tashabbuskor odam o'zining shaxsiy hayotida ham, ijtimoiy faoliyatlarida ham sharoitni, qo'yilgan talablarni ustalik bilan hisobga olib, o'rtaga yangi vazifalar qo'yadi, qo'yilgan vazifalarni hal etish yoMlarini, vositalarini topadi va bu vazifalarni bajarishda o'zi ham faol ishtirok etadi. Tashabbuskor odam jamoa mehnatda davlat reja va topshiriqlarini amalga oshirishning eng samarali vosita va yo'llarini qidirib topadi, musobaqalar tashkil etadi, orqada qoluvchilarga yordam beradi. Tashabbuskor kishilar— faol kishilardir, ular novatorlardir. Kishidagi tanqidiy ko'z bilan qarash xislati boshqalarning aytgan fikr va mulohazalarini diqqat-e’tibor bilan tekshirib ko'ra bilish qobiliyatida namoyon bo'ladi. Shunday xislatga ega bo'lgan odam boshqa kishilarning fikrlariga, qarashlariga, bergan maslahatlariga e’tibor bilan quloq solib ularning hammasini u, muayyan tamoyillar nuqtayi nazaridan, yaxshilab o'ylab ko'radi, ijobiylarini qabul qiladi va foydalanadi, noma’qul, salbiy, foydasi bo'lmaganlarini asosli ravishda rad qiladi. Shunday xislatga ega bo'lgan kishi boshqa odamlar aytadigan fikr va mulohazalarning hammasini dunyoqarash va axloq tamoyillariga tayanib tekshirib chiqadi va ma’qullarini tanlab oladi. Download 76.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling