Xarakter va temperament


Iroda bo‘sh yoki xarakteri zaif


Download 76.98 Kb.
bet13/20
Sana15.03.2023
Hajmi76.98 Kb.
#1271436
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
KURS ISHI 14

Iroda bo‘sh yoki xarakteri zaif deb, hatto arzimaydigan to‘siq va qiyinchiliklarni ham yenga olmaydigan odamlarni aytiladi. Bunday odamlar qo‘rqoq, jur’atsiz bo’lib, ozgina qiyinchilik yoki muvaffaqiyatsizlikka
duch kelsalar, o‘zlarining qilayotgan ishlarini to‘xtatishlari, o‘z qarorlarini o‘zgartirishlari, ko‘zlangan maqsaddan voz kechishlari mumkin.
Ular sharoit talab qilgan darajada sabot, sabr-toqat, matonat va chidam
ko‘rsata olmaydilar. Bunday odamlar yuraksiz, landovur, dangasa, ko‘ngli
bo‘sh boMadilar. Bunday odamlarning xatti-harakatlarini, odatda, o‘zlaridan
ko‘ra ko‘proq tashqi sharoit idora qiladi.
Bunday xarakterli odamlar umidsizlikka moyil bo’lib, hayotga, turmushga noshukurlik bilan qaraydilar. Ular hamma vaqt hamma yerda,
hamma odamlarda faqat salbiy, yomon tomoninigina ko'radilar. Ularning fikricha, o‘zlaridagi barcha shaxsiy kamchilik va yetishmovchiliklarga boshqalar aybdor. Bunday tipdagi ba’zi odamlar beparvo, ko‘ngilchanlikka moyil bo’ladilar. Bunday xarakter xislatlari bizdan yo‘qolib bormoqda.

Xarakterning mustaqilligi
Kishida muayyan darajada namoyon bo’ladigan mustaqillik shaxsning iroda bilan bog'liq bo’lgan individual xususiyatlariga kiradi.
Bunday xarakter xislatlari: tashabbuskorlik, tanqidiy qarash va
mas’uliyat his qilishdan iboratdir.
Tashabbuskorlik — xarakterning qimmatli xislati bo’lib, bu xislat
ko‘pchilik kishilarda ommaviy tus olgandir.
Tashabbuskor odam o'zining shaxsiy hayotida ham, ijtimoiy faoliyatlarida ham sharoitni, qo'yilgan talablarni ustalik bilan hisobga olib, o'rtaga
yangi vazifalar qo'yadi, qo'yilgan vazifalarni hal etish yoMlarini, vositalarini topadi va bu vazifalarni bajarishda o'zi ham faol ishtirok etadi.
Tashabbuskor odam jamoa mehnatda davlat reja va topshiriqlarini amalga oshirishning eng samarali vosita va yo'llarini qidirib topadi, musobaqalar
tashkil etadi, orqada qoluvchilarga yordam beradi.
Tashabbuskor kishilar— faol kishilardir, ular novatorlardir.
Kishidagi tanqidiy ko'z bilan qarash xislati boshqalarning aytgan fikr
va mulohazalarini diqqat-e’tibor bilan tekshirib ko'ra bilish qobiliyatida
namoyon bo'ladi. Shunday xislatga ega bo'lgan odam boshqa kishilarning
fikrlariga, qarashlariga, bergan maslahatlariga e’tibor bilan quloq solib
ularning hammasini u, muayyan tamoyillar nuqtayi nazaridan, yaxshilab
o'ylab ko'radi, ijobiylarini qabul qiladi va foydalanadi, noma’qul, salbiy,
foydasi bo'lmaganlarini asosli ravishda rad qiladi. Shunday xislatga ega
bo'lgan kishi boshqa odamlar aytadigan fikr va mulohazalarning hammasini dunyoqarash va axloq tamoyillariga tayanib tekshirib chiqadi va
ma’qullarini tanlab oladi.

Download 76.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling