Xarakter va temperament
Download 76.98 Kb.
|
KURS ISHI 14
- Bu sahifa navigatsiya:
- «ikkiyuzlamachi», «munofiq»
- «insonparvarlik»
Samimiy va haqqoniy odam deb xatti-harakati va nutqida har doim
to'ppa-to'g'risini, haqiqatni aytuvchi kishilami aytamiz. Bunday odamlar qalbi pok, hamma vaqt to'ppa-to'g'risini odamning bctiga dangal aytuvchi kishi bo'ladilar. O'z so'zi va xatti-harakatlarida samimiy bo'lmagan odamlarni, boshqacha «ikkiyuzlamachi», «munofiq» deb aytadilar. So'z boshqa-yu, ishi boshqa bo'lib qolsa, bu juda ham yomon bir holdir. Bu hoi munofiqlikka olib boradi. Kishi xarakterining bunday salbiy xislatlari uning ko'zbo'yamachilik, aldamchilik, qalloblik, firibgarlik singari xatti-harakatlarida namoyon bo'ladi. Hayot shuni ko'rsatdiki, bunday xatti-harakatlami faqat ayrim kishilarga nisbatangina qo’llanib qolmaydi, hattoki o‘z jamoasiga va o‘z davlatiga nisbatan ham qo’llaydigan odamlar uchraydi. Samimiyat va haqqoniylik kishi xarakterining eng muhim xislatlaridan biridir. Bu xislatlami o‘stirish tarbiyaning muhim vazifasidir. Kishi xarakterining yana bir ijobiy xislati gumanizm «insonparvarlik»dir, ya’ni har bir mehnatkash kishi bilan munosabatda uning qadr-qimmatini zo’r e’tibor va se^gaklik bilan saqlashdir. Xarakterning bu xislati kishilar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik ko‘rsatishda, har bir kishida uning yaxshi, ijobiy, qimmatli tomonini topa bilishda ifodalanadi. Gumanizm mehribonlikda, ziyraklikda, kishilarning ruhiy holatini, dilidagi tuyg‘ularini tushuna bilishda, ularning ehtiyojlarini avaylay bilish va yordam ko‘rsatishga tayyor tura bilishda ifodalanadi. Mehribon bo’lish — xushmuomala bo‘lish demakdir. Kishiga e’tibor, mehribonlik va hushmuomalalik ham har bir kishining xatti-harakatida va so‘zida namoyon bo’ladi. Kishining so‘zi naqadar kuchli ta’sir ko‘rsatishini biz bundan oldin ham so‘zlab o‘tgan edik. Kishilarga mehribon, e’tibor bilan qaraydigan odamning shirin so‘zi ularning ruhini ko’laradi, ularga madad beradi, g‘am-g‘ussalarini yengillashtiradi, ularga umid bag‘ishlaydi, dillarini shod qiladi. Insonparvarlik bilan birga qo‘shilgan haqqoniylik yuksak ijobiy xarakter xislatidir. Afsuski, xarakterida salbiy xislatga, ya’ni insonparvarlikka zid bo’lgan dag‘allik ancha o‘rin olgan kishilar hali ham uchrab turadi. Bunday salbiy xarakter xislati ham shunday odamlarning xudbinligi natijasidirki, u odamlar faqat o‘zingni bil, o‘zgani qo‘y «misolida» ish kokradilar va boshqa kishilarga, hatto o‘z yaqin odamlariga ham har qadamda faqat yomonlik sogMnishga tayyor turadilar. Bunday odamlarning xatti-harakatida ham, gap so'zida, odatda, har doim zaharxandalik, mensimaslik, dag"allik va beparvolik sezilib turadi, ularning boshqa odamlar bilan munosabatdagi xatti-harakati kishining dilini vayron qiladi, kayfiyatini buzadi, kishida o'z kuchiga ishonmaslik, ma’yuslik, umidsizlik tuyg‘ularini uyg‘otadi. Xudbin odam boshqa kishilar bilan munosabatlarida ko‘pincha so‘zda ham, ishda ham berahm va adolatsiz bo’ladi. Bunday odamlar o'zlarining salbiy xususiyatlarini, odatda, boshqalarga to’nkaydilar. Har qanday, hatto chittakkina muvaffaqiyatsizliklari sababini o'zlaridan emas, balki boshqa kishilardan ko‘radilar. Bunday salbiy xarakter xislatlari o’tmish qoldig’i bo’lib hozirgi vaqtda barham topib bormoqda. Xarakterning bunday salbiy xislatlari batamom barham topib ketmog’i uchun bizda hamma sharoitlar yaratilgandir. Xudbin kishining har qanday noloyiq xatti-harakati har bir jamoada darhol amaliy zarbaga uchraydi, keng jamoatchilik bunday noloyiq xatti-harakatni qattiq tanqid ostiga oladi. Ma’lumki, jamoatchilik tanqidiy tarbiyalash va qayta tarbiyalashning eng samarali vositasidir. Download 76.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling