Xarakter va temperament
Download 76.98 Kb.
|
KURS ISHI 14
- Bu sahifa navigatsiya:
- III BOB. Temperamentni amaliy jihatdan o’rganish
Bob bo’yicha xulosa
Inson xarakterini tarkib toptirishning muhim omili tariqasida vaziyat (situatsiya) yetakchi rol o'ynaydi va regulyatorlik funksiyasini bajaradi. Bizning fikrimizcha, vaziyat goho qo'shstimul, juft determinator, qo'shmexanizm sifatida uzluksiz ruhiy holatlar (qaysi muhitda bo'lishdan qat’i nazar) vujudga kelib turishini ta’minlashi mumkin. Vaziyatlar ekstremal (favqulodda), kazusli (tasodifiy), kazual (sababiy) kabi ko'rinishlarga ega bo'lib, ularning har qaysisi o'ziga xos xususiyatlari bilan o'zaro muayyan darajada ajralib turadi. Shunday qilib, harakat hislatlari shaxsni muayyan yo'sinda intilishga, ba`zida sharoitga zid harakat qilishga undash bilan birga, ular murakkab vaziyatlarda yorqin ro’yobga chiqadilar. Haqqoniylik, dadillik, to'g'rilik shaxsni noxush kechinmalarga olib kelishiga qaramay, uni davralarda haqiqatni tik aytishga undaydi, sobitqadamlikni shakllantirishga xizmat qiladi. III BOB. Temperamentni amaliy jihatdan o’rganish Rivojlanib kelayotgan yosh avoldning sog’lom va barkamol rivojlanishida ularning temperamenti va xarakteriga e’tibor berilishi, kelajakda ularning mamlakatimizning rivojlanishi uchun hissa qo’shishlarida tayanch vazifani bajarishini hisobga olib ularning psixologik xarakter xususiyatlarini aniqlashni o’z oldimizga vazifa etib belgiladik. Tadqiqotimizda kuzatish, “Ayzenkning temperamentni aniqlash metodikasi” so’rovnomasi, so’rovnoma natijalarini matematik tahlil qilish kabi metodlardan foydalandik. Olingan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda men hozirgi globallashayotgan bir davrda ota-onalarning o’z farzandlariga ularning xarakter xususiyatlaridan kelib chiqqan holda muomala qilmayotganliklari sabab farzandlar ota-onalar bilan munosabatlarida uzilishlar bo’lishi mumkin deb taxmin qilaman. Men o’smir yoshlarning temperament tiplarini aniqlash maqsadida Farg’ona shahrida istiqomad qiluvchi bir nechta yoshlarni kurs ishimizga obyekt sifatida oldim.
Ushbu jadvalda ko’rib turganingizdek, sinaluvchilar ma’lum ballarni yig’ishgan. Yuqoridagi gistogrammada har bir sinaluvchi to’plagan ballar grafik ko’rinishida tasvirlangan. Ushbu ballarni tiplar bo’yicha taqsimlab chiqadigan bo’lsak, 3 nafar sinaluvchimiz xolerik, 1 ta sinaluvchi sangvinik, 3 ta sinaluvchimiz flegmatik va yana 3 nafar sinaluvchimizning melanxolik temperament tipiga munosib ekanligini bilib olishimiz mumkin. Ushbu gistogrammada aks etib turganidek, sinaluvchilarimizning xolerik, flegmatik va melanxolik tipdagilari 30% danni tashkil etdi. Faqat 10% igina sangvinik temperament tipiga xos ekanligi namoyon bo’ldi. Xulosa Tadqiqotimiz so’ngida farazimiz o’z tasdig’ini topdi deb o’ylayman. Men hozirgi globallashayotgan bir davrda ota-onalarning o’z farzandlariga ularning xarakter va temperament xususiyatlaridan kelib chiqqan holda muomala qilmayotganliklari sabab farzandlar ota-onalar bilan munosabatlarida uzilishlar bo’lishi mumkin va shu sabab ham ularning xaarakterlariga ta’sir qilishi mumkin deb taxmin qilgan edim. Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, sinaluvchilarning 90% ida xolerik flegmatik va melanxolik tiplari teng miqdorda. Faqat bir sinaluvchida sangvinik temperament tipi aniqlandi. Bundan ko’rinib turibdiki, hozirda o’sib kelayotgan yosh avlodning ba’zilari emotsional zaif, ta’sirchan, atrof-muhit bilan kam aloqada bo’luvchi, introvert ya’ni yolg’izlikni yoqtirish kabi xislatlar bilan ulg’ayib bormoqda. Bunga albatta birinchi o’rinda ota-onalarning o’zlari ham sababchi bo’lib qolayotganliklari, albatta achinarli holdir. Farzandiga kam vaqt ajratish, uning o’qishdagi yutuq va kamchiliklari bilan qiziqmaslik, bolani o’z xoliga tashlab qo’yish, ishini bahona qilib bola bilan kam muloqotda bo’lish ham bolaning psixik rivojlnishiga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Tavsiya Biz o’z tavsiyalarimizni aynan tadqiqotimizda qatnashgan o’smir yoshlarning ota-onalariga berishni lozim topdik. Ota-onalar kundalik vaqtlarining bir qismini farzandi uchun ajratishi lozim. U bilan do’stona suhbat qurishi, nimalarni xohlashini, kelajak uchun qanday rejalar tuzayotganligi bilan o’rtoqlashishini so’rashlari lozim. Bola bilan ochiq muloqot qilib uni hozirgi paytda qanday muammolar qiynayotgani bilan qiziqishlari va qo’ldan kelgancha unga ko’mak berishlari, u hech qachon yolg’iz emasligini yonida mehribon va ko’makdosh bo’ladigan ota-onasi borligini unga eslatib turishlari zarur. Agar bola haddan ziyod emotsional ta’sirchan bo’ladigan bo’lsa, u bilan muloqotga ehtiyotkorlik bilan kirishish lozim. Bola bilan suhbat qurish orqali uni qiynayotgan ko’pgina muammo va shuningdek, nima sabab u shunday ahvolga tushib qolayotganini aniqlash imkoni yaratiladi. Afsuski, hamma ota-onalarimiz ham bunday qilavergani vaqt topishmaydi. Ammo ota-onaning farzandini qo’llab-quvvatlashi, unga yo’l-yo’riq ko’rsatib yo’naltirib borishi kelajakda uning ruhiy barkamol va yetuk shaxs bo’lib yetilishiga tayanch vazifasini o’tashini unutmaslik lozim. Download 76.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling