Xarakter va temperament
Download 76.98 Kb.
|
KURS ISHI 14
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qat’iyatsizlik, jur’atsizlik
- Beqaror odamlar
Qat’iyatli, barqaror odam deb, ortiqcha ikkilanmasdan, tez bir qarorga
keladigan kishilami aytamiz. Qat’iyat kishining shu o'rinda qay daraja aql-larosat bilan ish ko‘rishiga qarab turli tus oladi. Qat’iyalning o'zi, albatta, kishi yuksak g‘oyaviy va axloqiy tamoyillarga asoslnngandagina ijobiy xislat bo’la oladi. Har doim muhokama qilib, asosli ravishda, kerak bo’lib qolganda shoshilmasdan, donolik bilan ish ko’radigan odamni aqlli, dono, vazmin odam deb aytamiz. Lekin xarakteri e’tibori bilan qat’iyatli bo’lgan kishilar ichida ayrim tuyg’ularga berilib, kayfiyatiga qarab tez, shoshqaloqlik bilan qarorga keluvchi kishilar ham bo’ladi. Bunday odamlar emotsional, impulsiv tabiatIi bo’lib, ular odatda, o'zlarining shoshma-shosharliklari, yengiltakliklari va betayin bo'lishliklari bilan ajralib turadilar. Qat’iyat ortiqcha ikkilanmasdan o'ylab, to'g'ri qaror chiqara olganda va ularni dadillik bilan amalga oshira bilgandagina kishi xarakterining ijobiy xislati bo’la oladi. Kishi xarakteridagi bu xislat bir qancha narsa yoki imkoniyatlardan bittasini darrov, tezlik bilan ajratib olib hal etishni talab etadigan va ba’zan tavakkal bilan jur’at qilishni talab etadigan murakkab bir vaziyatda, ayniqsa, yaqqol ko'rinadi. Qat’iyatsizlik, jur’atsizlik salbiy xarakter xislatlaridandir. Qat’iyatsiz, jur’atsiz kishi juda sekinlik bilan qaror chiqaradi, o'zining chiqargan bunday qarorlarini ham, ko'pincha, vaqtida bajarmaydi. Bunday odam har xil imkoniyatli, ehtimolli va, ayniqsa, tavakkal bilan jur’at qilish talab etadigan ishlarni bajarishda o‘z qarorining to'g'riligiga ishonmay, shubhalanadigan bo’ladi. Barqarorlik qat’iyat bilan yaqindan bog’langan bo’lib, ijobiy xarakter xislatidir. Bunday xarakter xislatiga ega bo’lgan odamlar, odatda, bergan qarorlarini o'zgartirmaydilar, bekor qilmaydilar va bajarmay qo'ymaydilar. Bunday odamlar o'z so'zida, va’dasida turadigan, saxovatli bo’ladilar; ularning so'zi bilan ishi bir-biriga mos bo’ladi. Bunday odamlar o'z so‘zida mustahkam, ularga ishonsa, suyansa bo’ladi. Beqaror odamlar deb, o'z qarorlarini tez-tez o'zgartirib turadigan yoki aynib turadigan odamlarni aytamiz. Bunday odamlar o'z so'zida, va’dasida turmaydilar, subutsiz bo’ladilar Bunday odamlarning so'ziga ishonib va umid qilib boMmaydi. Xarakterning iroda bilan bog’liq bo’lgan eng yaqqol xislati kishi irodasining kuchi va mustahkamligida ifodalanadi. Bunday xislatlar har kimning xarakterida ham ma’lum darajada namoyon bo’laveradi. Xuddi shunday kuchli iroda va mustahkam xarakterga ega bo’lgan kishilar bizda yuksak qadrlanadi. Xarakterning kuchi va mustahkamligi o'zini tuta bilishlik, dadillik, chidam va matonatda ko'rinadi. Download 76.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling