Xardi – Vaynberg qonuni


Download 82.41 Kb.
bet2/7
Sana25.02.2023
Hajmi82.41 Kb.
#1228585
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xardi – Vaynberg qonuni

Dominant gomozigota
 

Dominant geterozigota
 

Retsessiv gomozigota
 

Xardi va Vaynberg bu ma’lumotlar asosida quyidagi formulani ishlab chiqti :
AA + 2Aa + aa = 1 yoki p2 + 2pq + q2 = 1
Bu formula yordamida populyatsiyada uchrovchi har qanday belgini uchrash chastotasini xisoblab topish mumkin.
Lekin bu formulani quyidagi vaziyatlardagina ishlatish mumkin bo’ladi :
1. Populyatsiya tarkibidagi individlar soni ko’p bo’lib, unda panmiksiya (erkin chatishish) yuz bersa;
2. Hamma genotiplar yashovchan deb hisoblansa, nasl bersa va tabiiy tanlanish yuz bermasa;
3. Mutatsiyalar uchramasa, yoki juda kam uchrasa;
4. Populyatsiya genotipida o’zgarish yuz bermasa.
Agar monoduragay chatishtirishga oid masala bo`lsa 1 AA; 2 Aa; 1aa bo`yicha hisoblanadi
Foiz va chastotani topishni o`rganamiz
Foizni yuzga bo`lsak chastota kelib chiqadi, chastotani 100 ga ko`paytirsak foiz kelib chiqadi
Masalan; 60 % = 0,6 chastota
Chastota = 0,4 foizi 40 %
Agar A geni 40 % bo`lsa a - ?
A – 40 %; a – 60 % bo`ladi
Agar a geni chastotasi 0,7 bo`lsa A geni chastotasi 0,3 ga teng bo`ladi
Agar A geni chastotasi 0,3 ga teng bo`lib a geni foizi so`ralsa
A – 0,3; a – 0,7 bo`ladi. a foizi esa 70 %
Aa 42 % bo`lsa, A va a fozini toping
Aa 2 gendan iboratligi uchun 2 ga bo`lamiz
42 / 2 = 21 %
21 soni 3 x 7 yoki 7 x 3 ko`paytmasi hisoblanadi
Yani A va a foizi 70 % va 30 % yoki 30 % ga 70 % bo`ladi
Agar A va a nisbati 4:1 bo`lsa A ni foizini topamiz
Demak 4 + 1 = 5 (jami)
5 ----- 100 %
4 ------ x x = 80 % A
5 ------ 100 %
1 ------- x x = 20 % a
A va a nisbati 2:3 bo`lsa AA foizi nechchi bo`ladi
Demak 2 + 3 = 5 (jami)
5 ------- 100 %
2 ------- x x = 40 % A
5 ------- 100 %
3 ------- x x = 60 % a
AA foizini topamiz
0,4 x 0,4 = 0,16 yoki 16 %
aa fozini topamiz 0,6 x 0,6 = 0,36 yoki 36 %
Aa foizini 2 x 0,4 x 0,6 = 0,48 yoki 48 %

Download 82.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling