Xarid qobiliyati


Inflyatsiya– bu muomala sohasining pul belgilari bilan milliy xo`jalik haqiqiy ehtiyojlaridan ortiqcha miqdordato`libketishi2. Inflyatsiya


Download 485.78 Kb.
bet19/20
Sana02.05.2023
Hajmi485.78 Kb.
#1422105
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Inflatsiya

Inflyatsiya– bu muomala sohasining pul belgilari bilan milliy xo`jalik haqiqiy ehtiyojlaridan ortiqcha miqdordato`libketishi2.
Inflyatsiya– bu iqtisodiy tizimda narx o`sishining barqaror tendentsiyasi orqali ifodalanuvchi makroiqtisodiy hodisa3.
Inflyatsiya– bu:

  • muomalada mavjud bo`lgan naqd qog`oz pullar yoki naqd bo`lmagan pul hajmining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan tashqari ko`payib ketishi;

  • pullarning xarid qobiliyatining pasayishi;

  • uzoq davr mobaynida narxlarning umumiy o`sishi4.

Bu ta’riflardan ko`rinib turibdiki, inflyatsiya tushunchasini yoritishda bir tomonlama yondashishga yo`l qo`yilib, uning mazmunini to`la va yyetarli darajada ochib bera olinmagan. Inflyatsiyani to`g`ri tushunish uchun pulning qadrsizlanishini va uning sabablarini bilish muhim ahamiyatga egadir.
Pulning qadrsizlanishi faqatgina qog`oz pullargagina xos bo`lgan hodisa emas, u hamma pullarga, jumladan metall (oltin) pullarga ham xosdir. Oltin pul quyidagi ikki holatda qadrsizlanadi:
1) oltin qazib olish texnologiyasi takomillashib, yangi texnikalarni qo`llagan holda mehnat unumdorligining oshishi va, binobarin, oltin qiymatining pasayishi natijasida. Agar boshqa tovarlar qiymati o`zgarmagan holda oltin qiymati ikki barobar pasaygan deb faraz qilsak, u holda tovarlar odatdagi hajmlarining muomalasi uchun ikki barobar ko`proq oltin pul kerak bo`ladi. Demak, buholatdatovarlarnarxioshib, oltinpulningqadrsizlanishiro`yberadi;
2) ba’zi iqtisodchilar metall pullarning qadrsizlanishini qadimdan ma’lum bo`lgan metall pullarni soxtalashtirish jarayoni bilan ham bog`laydilar. Qadimgi Gretsiya, Rim imperiyasida eramizga qadar va keyinchalik boshqa davlatlarda ham oltin va kumush tangalar tarkibini nisbatan arzon metallar aralashtirish yoki ularning og`irligini o`zgartirish orqali soxtalashtirish holatlari uchrab turgan. Bu esa metall pullarning o`z qadrini yo`qotishini keltirib chiqargan.
Boshqa holatlarda oltin yoki kumush pullar muomalada bo`lgan chog`da ularning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jarayoni ro`y bermaydi. Iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar hajmidan ortiqcha bo`lgan pul massasi – oltin va kumush tangalar xazinaga aylanadi. Aksincha, iqtisodiyotda tovarlar ko`payib, muomala vositasini bajarish uchun pul etishmagan taqdirda ularni osonlik bilan jamg`arma tarkibidan chiqarib, muomalaga kiritilgan. Bu esa boshqa sharoitlar o`zgarmagan holda oltin va kumush pullar inflyatsiyaga uchramasligini anglatadi.
Real qiymatga ega bo`lmagan qog`oz pullarning muomalaga kirib kelishi esa inflyatsiyaning kelib chiqishi uchun asosiy manba hisoblanadi. Chunki qog`oz pullarni jamg`arma sifatida muomaladan chiqarish kam samarali va ishonchsiz vosita bo`lib, ular pullarning ortiqchaligi sharoitida ham muomalada qoladilar. Natijada muomalada ortiqcha qog`oz pullarning ko`payishi mavjud yalpi talabni yanada kuchaytirib, narxlarning o`sishini tezlashtiradi.
Inflyatsiya bozor xo`jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish nomutanosibliklari tug`diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. Biroq, shuni ham nazarda tutish kerakki, alohida tovar bozorlaridagi talab va taklif nisbatining har qanday buzilishi ham inflyatsiyani keltirib chiqaravermaydi. Shuningdek, iqtisodiyotdagi davriy o`zgarishlar, masalan, talabning mavsum bilan bog`liq holda oshishi yoki tabiiy ofatlar natijasida tovarlarga talabning kuchayishi keltirib chiqargan narxlarning o`sishi inflyatsiyani anglatmaydi. Bu narxlar ma’lum muddat o`tgach, bozordagi talab va taklif nisbati muvozanatga kelgach, yana pasayishi mumkin. Yuqoridagilardan xulosa qilib inflyatsiyaga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog`liq holda qog`oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi. Bu yyerda qog`oz pul miqdorining nisbatan ortib ketib, uning qadrsizlanishi gap uning ortiqcha emissiya qilinishi, pul emissiyasi o`zgarmasdan, uning aylanish tezligining oshishi, muomaladagi pulmiqdori o`zgarmasa ham tovar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish hajmining kamayib ketishi, tovarlar va xizmatlar ijtimoiy qiymatining va, binobarin, narxining pasayishi va nihoyat, pul qiymatining pasayishi kabi omillar ta’sir qiladi. Manashu omillar yana bir-bor inflyatsiya – tovarlar narxining o`sishidir degan ta’rifning to`liq va yetarli emasligini ko`rsatadi. Qog`oz pullar inflyatsiyaga uchraganda uch xil narsaga nisbatan qadrsizlanadi:
1) oltinga nisbatan – bu oltinning qog`oz pullarda bozor narxining oshishida o`z ifodasini topadi;
2) tovarlarga nisbatan – bu tovarlar narxining oshishida o`z ifodasini topadi;
3) bardoshli chet el valyutalariga nisbatan – bu chet el valyutalariga nisbatan milliy pul kursining tushib ketishida o`z ifodasini topadi.
Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo`lgan baholarni muntazam o`sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi. Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo`lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg`arma va iste’mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo`jaliklarning pul massasi va unga bo`lgan talabi o`rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta’kidlab o`tilgan omillar o`z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta’sir etishi mumkin.



Download 485.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling