Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar hisobi Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobi
Qo‘shilgan qiymat solig‘i va soliq ob’ekti
Download 37.43 Kb.
|
amaliyot xisoboti
Qo‘shilgan qiymat solig‘i va soliq ob’ekti.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) — umumdavlat soliq turi; ishlab chiqarish va muo-mala jarayonlarining barcha bosqichlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatning bir qismini davlat byudjetiga olish shakli. Tovar va xizmatlardan olinadigan bilvosita (egri) soliqlar tarkibiga kiradi. Birinchi marta fransuz iqtisodchisi Moris Lore (fransuzcha: Maurice Lauré) tomonidan 1954-yilda taklif qilingan, 1960-yilda Kod-dIvuar Respublikasida soliq tizimiga kiritilgan. Oʻzbekistonda 1992-yildan boshlab qoʻllaniladi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish va import qilish aylanmasi Qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan obyekt hisoblanadi. Sotish boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortiladigan aylanma sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati asosida, narxlar va tariflarni, aksiz soligʻini hisobga olgan holda belgilanadi. Qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortiladigan aylanma mablagʻ soliq obyektining turiga qarab, oʻziga xos usulda aniqlanadi. Masalan, ishlab chiqarilgan tovarlar yuklab joʻnatiladigan qismining qiymati, amalga oshirilgan qurilish, taʼmirlash, ilmiy tadqiqot, konstruktorlik, texnologik, qayta taʼmirlash va boshqa shunga oʻxshash ishlar qiymati Qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortiladi. Xizmatlar koʻrsatilganda esa transport vositalari yordamida bajarilgan ishlar qiymati, ijara, vositachilik haqi, infratuzilma, reklama va boshqa xizmatlar qiymati shu soliq obyekti boʻladi. Aksiz toʻlanadigan tovarlarni Qoʻshilgan qiymat soligʻisga tortishda uning obyekti joʻnatilgan aylanmaga aksiz soligʻining qiymati qoʻshilgan holda aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida Qoʻshilgan qiymat soligʻi asosan, 12,0 % li stavka boʻyicha undiriladi. Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan ayrim oziq-ovqat tovarlari boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻi kamaytirilgan stavkalarda toʻlanishi mumkin. Stavkalar va bunday tovarlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha toʻlovlar soliq turi boʻyicha hisobot taqdim etilgan muddatdan soʻng 5 kun orasida davlat byudjetiga oʻtkaziladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar uchun Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashning boshqa muddatlarini ham belgilashi mumkin. Import qilinayotgan tovarlar boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻis bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar yoki rasmiylashtirish paytida toʻlanadi. Qoʻshilgan qiymat soligʻini undirish va toʻlash tartibqoidalari Oʻzbekiston Respublikasining „Soliq kodeksi“ (65—79-moddalari) bilan tartibga solinadi. Qo'shilgan qiymat solig'i tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish, sotish jarayonida qo'shilgan qiymat bir qismining byudjetga ajratilishidir. O'zbekiston Respublikasi xududiga import qilinadigan tovarlarga ishlarga, xizmatlarga qo'shilgan qiymat solig'ini xisoblab chiqarish va to'lash tartibi aloxida yo'riqnomalar bilan belgilanadi. Soliq to'lovchilar O'zbekiston Respublikasi xududida tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan yuridik shaxslar soliq to'lovchilar bo'lib xisoblanadilar, amaldagi qonunchilikka muvofiq soliqqa tortishning aloxida tartibi ko'zda tutilgan yuridik shaxslar (yagona soliqni to'lashga o'tgan kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari va yagona yer solig'ini to'lashga o'tgan qishloq xo'jalik tovarlari ishlab chiqaruvchilari) bundan mustasno. Asosiy faoliyati bilan bir qatorda qo'shilgan qiymat solig'iga tortiladigan boshqa faoliyat bilan shug'ullanadigan qishloq xo'jalik tovar ishlab chiqaruvchilari - yagona yer solig'i to'lovchilar, belgilangan tartibda shu faoliyatdan qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilari xisoblanadilar. Soliq solish obyektiQo'shilgan qiymat solig'i solish obyekti bo'lib tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishi bo'yicha aylanmalar xisoblanadi, qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan, o'z ishlab chiqarish extiyojlari (ishlab chiqarishning ichki aylanmasi) uchun foydalaniladiganlar bundan mustasno. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishiga doir aylanmalar deganda yuklab jo'natilgan maxsulot, bajarilgan ishlar, ko'rsatilgan xizmatlar (keyingi o'rinlarda "tovarlar (ishlar, xizmatlar)" deyiladi) tushuniladi. Download 37.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling