Xаsаnovа sаidаxon gаnijonovnа mаktаbgасhа yoshdаgi bolаlаrdа xаvotirlаnishni diаgnostikа qilish vа korreksiyаlаsh
Download 1.26 Mb.
|
1.Saida Xasanova diss 21.06
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning amaliy natijalari
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xavotirlanishning darajaviy ifodalanishida emotsional holatlarni indifferent idrok etilishining hissiy o‘zini-o‘zi qabul qilishga identifikatsiyasi tufayli shaxsiy va vaziyatga oid omillarning integrativ namoyon bo‘lishi dalillangan; boladagi xavotirlanish darajasini baholashda ota-onaning bolani “emotsional rad etishi” bilan bog‘liq ravishda tortinchoqlikning ortishi va o‘z-o‘zini qadrlash hissining pasayishi shaxslararo munosabatlarda intensiv namoyon bo‘lishi tufayli o‘z-o‘ziga beradigan bahoning hissiy komponenti yetakchi mezon ekanligi dalillangan; maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xavotirlanish darajasini psixokorreksiyalash uchun onadagi xavotirlarni bolaga proyeksiyalanishini “ona psixoemotsional holatini konstruktiv transformatsiyalash” asosida chegaralash muhimligi tufayli ona-bola munosabatlariga integrativ o‘yin texnologiyalari orqali ta’sir etish zarurati isbotlangan; boladagi o‘z-o‘zini qadrlash darajasini oshirish orqali xavotirlanish hissini psixokorreksiyalashda nizolashuvchanlik, aybdorlik hissi, tortinchoqlik sifatlariga korreksion-adaptiv ta’sir etish axloqiy hislarni rivojlanishiga olib kelganligi tufayli irodaviy sifatlarni shakllantirish ustuvor harakterga ega ekanligi isbotlangan. Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun “Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi” fanidan o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan; (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 30.12.2022-yildagi 429-sonli buyrug‘i) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida psixologik xizmatni tashkil etishning tashkiliy-metodik qo‘llab-quvvatlashga asoslangan dasturiy ta’minot (psixolog-portali.uz) ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Intellektual mulk agentligi guvohnomasi: № DGU 14267); maktabgacha yoshdagi bolalarda xavotirlanishning psixokorreksion mashg‘ulotlari o‘yin tamoyillariga asoslangan dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Intellektual mulk agentligi guvoxnomasi: № DGU 22187); maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalardagi xavotirlanish holatlarining oldini olishga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling