Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish
Download 1.89 Mb.
|
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruvning ayollarga xos uslubi
5.3-rasm. Temperamentlar chizig‘i
5.4.Boshqaruv faoliyatida xotin-qizlarning o‘rni Mamlakatmizda yuz berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy yuksalishlar ayollarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini kuchaytirmoqda. Davlat boshqaruvi tizimida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalariga katta ahamiyat berilmoqda. Davlat va jamoat tashkilotlarida boshqaruvning turli bosqichlarida ayollarning faolligi kuchli namoyon bo‘la boshladi. O‘z navbatida BQ ni ishlab chiqish va amalga oshirishda, boshqaruvning ta’sir vositalari va usullarini tanlashda ayollarning o‘ziga xos yondoshuvlari, xususiyatlari borligi namoyon bo‘lmoqda. Ayollarga xos yondashuvning alohida xususiyatlari jamoaga uyushish qobiliyati,samimiy ochiq muloqot, jamoadagi sermahsul ish jarayoniga hamda mavzuga kirishib ketishga moyillik, shuningdek, kompaniya xodimlari bilan munosabatda hissiy ta’sirchanlik va ichki sezgida namoyon bo‘ladi.Ayollarga xos yondashuv ko‘p hollarda kam o‘zgaruvchan tashqi muhit sharoitlarida xodimlarning jamoa bo‘lib ishlashiga asoslangan. Rahbar ayollar kompaniyalarning filiallari, bo‘linmalari, ularga qarashli shirkatlar, sho‘ba korxonalar va boshqa shu kabi bo‘linmalarda o‘z qobiliyatlarini yaxshiroq namoyon qiladilar. Ko‘pincha, ayollar rahbarlik qilayotgan jamoalarda boshqaruvning ayollarga xos yumshoq boshqaruv deya ataluvchi usuli qaror topadi. Bu boshqaruv usulida shaxdu shiddatning, tavakkal qilish, ixtilof va nizolarga tayyor turish, raqobatlashuvning ham o‘rtamiyona darajasi hukm suradi. Ayol rahbarlar uchun faoliyatning natijasidan ko‘ra unin o‘zi, ya’ni jarayon muhimroq. Jarayonning ustuvor ahamiyat kasb etishi ayol kishi boshqarayotgan kompaniyada 81 mahsulotning sifati yuqori bo‘lishini ta’minlaydi va ayni paytda kompaniyani boshqaruv faoliyatining yuksak pog‘onasiga olib chiqadi. Insoniyatning ko‘p asrlik tarixi mobaynida ayol tafakkurida (ehtimol, bu tushuncha genga oiddir) jamoa bo‘lib yashashning (, yashash uchun kurashning jamoaviy shakli) afzalligi to‘g‘risidagi tushuncha shakllangan. Ayollar o‘z faoliyatida istasa-istamasa, ya’ni ixtiyorsiz ravishda xodimlarning aksariyat qismini,ularga bir vaqtning o‘zida o‘z shaxsiy ehtiyojlari va manfaatlari yo‘lidagi maqsadlarini amalga oshirish uchun ham keng maydon hozirlagan holda, boshqaruvning va ishlab chiqarishning faol jarayonlariga jalb etishga urinadilar. Ko‘pincha ayol rahbarlar oila muhitidagi odatlarini ish faoliyatlariga ham joriy etadilar. Rahbar ayolga xos uslub shunda namoyon bo‘ladiki, ular, odatda tashkilotdagi ierarxiya (quyi mansabdorlarning yuqori mansabdorlarga bosqichma-bosqich bo‘ysunishi)ga va kompaniyaning maqomiga aylangan razmlarga – hashamdor avtomobil, ko‘p sonli qo‘riqchilar, qimmatbaho qo‘l telefoni singari kompaniyaning tashqi atributlariga u qadar katta ahamiyat bermaydi. Ayol kishi tashqi muhit bilan munosabatda tom ma’nodagi demokratizm muhitini yaratishga urinadi. Ayol kishi, agar uning shaxsiyatiga taalluqli jihatlari bo‘lmasa, o‘zgalarning muvaffaqiyatlariga har doim xolis munosabatda bo‘ladi. Erkak rahbar – butun dunyo menejmenti, ya’ni boshqaruv san’atida an’anaviy ko‘rinish hisoblanib, erkak rahbar har doim o‘zini birinchi o‘ringa qo‘yadi, o‘z pozitsiyasini mustahkamlash harakatida bo‘ladi. Bu esa boshqaruv huquqini boshqalarga berishga to‘sqinlik qiladi, natijada rahbar aql bovar qilmas darajada ko‘p bo‘lgan boshqaruv funksiyalarining barchasini o‘zi bajarishga urinib, uzu- kun idorasida qolib ketadi. Erkak rahbar uchun muvaffaqiyatga erishish jarayoni emas, balki natijaning o‘zi muhim. Erkak rahbarlar «Qilingan xarajatlar ko‘zlangan maqsad bilan oqlanadi» qabilida ish tutadilar. Quyida boshqaruvning erkaklarga va ayollarga xos aniq belgilarini keltiramiz: 82
Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling