Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish
-rasm. BQni amalga oshirish jarayoni tizimida noaniqliklar va tavakkalchiliklar
Download 1.89 Mb.
|
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2-rasm. Noaniqlikdagi tavakkalchiliklar transformatsiyasi
7.1-rasm. BQni amalga oshirish jarayoni tizimida noaniqliklar va tavakkalchiliklar
Agar birin-ketin keladigan bir nechta BQ mavjud bo‘lsa, avvalgi BQ ga xavf solayotgan tavakkalchiliklar keyingi BQ lari uchun noaniqliqlarga aylanadi. (7.2. - rasm). 101 Noaniqliklar BQ
Noaniqliklar B
Q
tavakkalchiliklar BQ
7.2-rasm. Noaniqlikdagi tavakkalchiliklar transformatsiyasi Noaniqlik ham hodisa, ham jarayon sifatida o‘rganiladi. Bunday farqlanish rahbar faoliyatidagi umumiy noaniqlikni kamaytirish uchun har xil usullarni qo‘llash imkonini yaratadi. Hodisa sifatida noaniqlik –tushunarsiz yoki tartibsiz vaziyatlar,bir-birini inkor etuvchi yoki yetarli bo‘lmagan axborotlar to‘plamidir. Hodisaga muayyan xodimning irodasi va ongidan tashqarida yuzaga keladigan hamda voqealar rivojini mo‘ljallanganidan boshqacha tus olishiga sabab bo‘luvchi fors-major holatlar ham kiradi. Masalan, yer ustki qobig‘ining siljishi kutilmaganda yangi bino poydevorining cho‘kishiga sabab bo‘ldi va shu bois ob’ektni muddatidan oldin foydalanishga topshirish rejasi amalga oshmay qoldi, bu masalani bir muddat ortga surishga to‘g‘ri keldi. Jarayon sifatida noaniqlik noto‘g‘ri qarorlar qabul qiluvchi uquvsiz xodimning faoliyatidir. Misol uchun, aeroport dispetcheri aeroportga qabul qilinayotgan samolyotning qo‘nish yo‘lagini chamalaydi-yu, biroq havo oqimining barcha parametrlarini va samolyot harakatining traektoriyalarini hisobga olmaydi. Natijada samolyot qo‘nish chizig‘idan tashqariga o‘tib qo‘nishga majbur bo‘ladi. Amaliyotda noaniqlik bir butun holda o‘rganiladi, bunda hodisa jarayon orqali yaratiladi, jarayon esa hodisani shakllantiradi. Masalan, yosh yigitcha keyinchalik o‘zini qiziqtirgan sohada ishlash maqsadida oliy ma’lumot olishga qaror qildi. U oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirdi, lekin keyingi natijalar har xil bo‘lishi mumkin, masalan: yigit institutni muvaffaqiyatli bitirib,o‘z ixtisosligi bo‘yicha yaxshi haq to‘lanadigan ishga ega bo‘ladi; 102
yigit institutni muvaffaqiyatli bitiradi, biroq, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yaxshi ish topa olmaydi va u butunlay boshqa yo‘nalishda ishlashga majbur bo‘ladi; yigit oliy o‘quv yurtining 2-3-bosqichdayoq boshqa yo‘nalishdagi bilimlarga qiziqib qoladi va hammasini boshqatdan boshlaydi. Noaniqliklar 2 guruhga: ob’ektiv va sub’ektiv noaniqliklarga bo‘linadi. Ob’ektiv noaniqliklar BQ ni ishlab chiquvchi va amaliyotga joriy qiluvchi rahbar yoki mutaxassisga bog‘liq bo‘lmaydi, bunda noaniqliklar manbai tashkilot ixtiyoridan tashqarida bo‘ladi. Sub’ektiv noaniqliklar kasbga oid xatolar, kamchiliklar, nomuvofiqliklar tufayli yuz beradi. Bunda noaniqliklar manbai tashkilot ichida bo‘ladi. Sub’ektiv noaniqliklar noaniqliklar yig‘indisining asosiy qismini tashkil etadi, shuning uchun mutaxassis sub’ektiv noaniqliklarni kamaytirishga o‘rganishi lozim. Biroq, bir noaniqlikning o‘rniga boshqaruv faoliyatiga xos barcha jarayonlarning doimiy rivojlanib borishini o‘zida aks ettiruvchi yangi noaniqliklar kelaveradi. BQ ni ishlab chiqish jarayonida noaniqliklarni yaqqol belgilash ancha mushkul, shuning uchun ham axborot tavsifi, uning o‘ziga xos jihatlari (hajmi, qiymati, mazmunan boyligi va to‘g‘riligi)ga, qo‘llanilayotgan informatsion texnologiyalar, xodimlarning kasbiy mahorati hamda boshqaruv ob’ektining xarakteristikasiga asoslangan holda, uni baholashning har xil usullari qo‘llaniladi. Noaniqliklarni to‘rtta darajaga bo‘lish mumkin: Past darajali. Ular BQni ishlab chiqishning umumiy jarayonlariga ta’sir ko‘rsatmaydi. O‘rtamiyona darajali. Ular BQni ishlab chiqishning muhim jarayonlarini qayta ko‘rib chiqishni talab etadi. Yuqori darajali. Ular BQni ishlab chiqishning yangi jarayonlarini kashf etishni talab etadi. O‘ta yuqori darajali. BQ ishlab chiquvchi mutaxassislarning tishi o‘tmaydigan, tushunchasidan tashqarida bo‘lgan noaniqliklar. 103
Noaniqlik darajasini kamaytirish uchun nafaqat mutaxassislarning, balki istalgan boshqa kishilarning fikri («xolis kuzatuvchining pozitsiyasi») kerak bo‘ladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling