Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish


BQni ishlab chiqishdagi noaniqliklarga xodimlar kasbiy mahoratining ta’siri


Download 1.89 Mb.
bet41/79
Sana17.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1533067
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79
Bog'liq
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36

7.3.BQni ishlab chiqishdagi noaniqliklarga xodimlar kasbiy mahoratining ta’siri

Bu kabi noaniqliklar asosan quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga keladi:





  • resurslarning cheklanganligi (moddiy, intellektual va boshqa resurslar);




  • bartaraf etib bo‘lmaydigan murakkab vаziyatlar ta’siri (fors-major holatlar);




sub’ektiv omilning mavjudligi;








  • qarorning boshqaruv ob’ektiga kerak bo‘lgan natijaga nomuvofiqligi.

BQni ishlab chiqishda uni amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan resurslarning cheklanganligi, albatta hisobga olinadi. Biroq, BQni amalga oshirish bilan bog‘liq real jarayonda resurslarga doir cheklovlarning noxush birikuvi yuzaga kelishi hamda qarorni bajarishga to‘sqinlik qilishi mumkin. Misol uchun, ishlab chiqarish sexidagi ish jarayoni shahar elektr tarmog‘idagi nosozlik tufayli ikki soatga (11.00 dan 13.00 gacha) elektr tarmog‘ining o‘chirilishini hisobga olgan holda rejalashtiriladi. Bu fursat ichida aksariyat tashkilotlar xom-ashyo keltirib tushirishni yoki tushlik vaqtini rejalashtiradilar. Aynan shu soatlarda ko‘chalarda transport vositalarining tirbandligi yuzaga kelishi, natijada ta’minotda uzilishlar sodir bo‘lishi, ishga qaytayotgan ishchilar esa ish joyiga kechiqishi mumkin.


Bartaraf etib bo‘lmaydigan (fors-major) vaziyatlar xalqaro tajribada favqulodda holat sifatida baholanadi. Chunki bunday holatlar BQni ishlab chiqish va amalga oshirish chog‘ida mavjud bo‘lmaydi, jarayon ishtirokchilarining xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holat va vaqtda yuzaga keladi. Bunday holatlar ikki jihatdan talqin etiladi, o‘rganiladi: ob’ektiv jihatdan va sub’ektiv jihatdan.



106


Ob’ektiv sharoitlar og‘ir va mushkul holatlarga (ishchilarning dovul yoki zilzila tufayli og‘ir vaziyatda qolishi, hushini yo‘qotishi) emas, balki mutlaq xarakterga ega bo‘lishi lozim. Sub’ektiv sharoitlar yuqori davlat organlarining qarorlari bilan amalga oshiriladi. Ularning bajarilishi tashkilotga sezilarli ravishda aks ta’sir ko‘rsatadi. Bunday holatlarni yuridik(huquqiy) fors-major holatlar deyiladi. Tashkilot xodimlari tarkibidagi o‘zgarishlar, narxlarning o‘zgarishi, tashkilotning tugatilishi yoki bankrot bo‘lishi va boshqa shunga o‘xshash vaziyatlar fors-major holatlar sirasiga kirmaydi.

Ta’sir etish vaqtiga qarab fors-major vaziyatlar quyidagilarga ajratiladi:





  • uzoq muddatli (urushlar, davlat idoralarining moliyaviy yoki hududiy cheklovlari);




  • qisqa muddatli (zilzilalar, yong‘inlar, suv toshqinlari, dovullar va ish tashlashlar va h.k.)

Qaror yoki qarorning ayrim qismlari ko‘p sonli bajaruvchilarga taqsimlanganda, BQni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida ularning ishini muvofiqlashtirish (boshqarish) qiyinlashadi. Qaror ijrosini taqsimlash tufayli yuzaga keladigan salbiy oqibatlarni kamaytirish uchun boshqaruv vazifalariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan boshqaruv me’yorlaridan foydalaniladi.


O‘z bahosini olgan, ma’qullangan ma’lumotlardan kelib chiqqan qarorlar yuqori turuvchi rahbar tomonidan muvofiqlashtiriladi va nazorat qilinadi (7.1.-jadval):





Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling