Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish


rasm. Kompaniyani o‘rab turgan yaqin va olis ikki halqa


Download 1.89 Mb.
bet47/79
Sana17.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1533067
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79
Bog'liq
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36

8.1.rasm. Kompaniyani o‘rab turgan yaqin va olis ikki halqa

Yaqin halqa munosabatlariga ikki tomonlama shartnomalar va kelishuvlar asosida tartibga solinadigan elementlar kiradi: mijozlar, nazorat etuvchi tashkilotlar, biznes bo‘yicha hamkorlar, moliya kredit muassasalari, manfaatdor bo‘lgan tashqi jismoniy va yuridik shaxslar, raqobatchilar, jamoatchilik, mazkur faoliyat sohasiga tegishli qonuniy baza shular jumlasiga kiradi.


Kompaniyani o‘rab turgan olisdagi halqaga uning bevosita ta’siri sezilib turgan tarmoqdan tashqaridagi elementlar kiradi: qadriyatlar tizimi va ularning jamiyatdagi ustuvorligi; xalqaro va mahalliy ishbilarmon doiralarning taomillari; mamlakatdagi va jahondagi siyosiy vaziyat; jahondagi, mamlakatdagi va tarmoqdagi iqtisodiy


118


vaziyat; ijtimoiy va ekologik mas’uliyat (javobgarlik); soliq tizimi; institutsional tuzilmalar; tabiiy ofatlar.


8.2.Kompaniyani o‘rab turgan yaqin atrofdagi elementlarning o‘ziga xos xususiyatlari

Yaqin atrofdagi tashqi muhit elementlarining mufassal ta’rifi va uning eng muhim belgilarini ko‘rib chiqamiz.




Mijozlar – kompaniya xizmatidan foydalanuvchi yoki uning mahsulotini bevosita yoki bilvosita (boshqa shaxslar orqali) sotib oluvchi shaxslar. Kompaniyaning istiqboldagi mijozlari uchun odatda reklama materiallari yaratiladi.
Ushbu elementning asosiy belgilari:



  • aholi ehtiyojlari va manfaatlarini qoniqtirmaslik darajasi;




  • aholining to‘lov qobiliyati darajasi;




  • talab va taklif bilan bog‘liq holat.



Nazorat tashkilotlariga soliq idoralari, ma’muriy idoralar, sanitar nazorat va boshqa inspeksiyalar, pensiya, tibbiyot, ijtimoiy va boshqa jamg‘armalar,har xil hay’atlar kiradi. Ushbu elementning asosiy belgilari:



  • ularning huquqiy va axborot nuqtai nazaridan qo‘llab quvvatlash darajasi;




  • ularning ma’muriy jihatdan qo‘llab quvvatlash darajasi.



Biznes hamkorlar– bu kompaniya bilan hamkorlikdagi biror faoliyatning ishtirokchilaridir. Bu hamkorlik ijara, sherikchilik, pudrat, shartnoma, moliyaviy va kompensatsion bitimlar shaklida amalga oshirilishi mumkin. Mazkur elementning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish joiz:



  • mahsulot ishlab chiqarish va haq to‘lash bo‘yicha shartnoma majburiyatlariga rioya etish darajasi;




  • hamkorlarning tashkiliy munosabatlari (aloqalari)darajasi;




  • hamkorlarning moliyaviy munosabatlari (aloqalari)darajasi;




  • hamkorlarning to‘lov kobiliyati.

119

Moliya-kredit muassasalari- kompaniyaning moliyaviy aylanmalarida bevosita qatnashuvchi, hisob kitob kassa, ipoteka, kredit va boshqa amaliyotlarni bajaruvchi tashkilotlar. Mazkur elementning asosiy belgilari:



  • xizmat ko‘rsatishning tezkorligi va sifati;




  • ishonchlilik darajasi;




  • bank rezervlari;




  • xizmat hajmi.



Manfaatdor tashqi jismoniy va yuridik shaxslar - o‘z shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda kompaniyaning gullab yashnashidan manfaatdor shaxslar, ya’ni kompaniya xodimlarining oila a’zolari, kompaniya qimmatbaho kog‘ozlarining egalari, kompaniya qo‘shimcha ravishda g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan pensionerlar, biznesi mazkur kompaniyaga ko‘p jihatdan bog‘liq boshqa kompaniyalar (savdo va xizmat ko‘rsatish va h.k.), yuqori mavqedagi bosh kompaniyalar. Mazkur elementning asosiy belgilari:



  • aholining talabgor guruhlari darajasi;




  • qimmatbaho qog‘ozlar fond bozorlarining rivojlanganlik darajasi;




  • aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga yordam ko‘satish an’analarining xarakteri;




  • aholining umumiy iqtisodiy farovonligi darajasi.



Raqobatchilar - bozor iqtisodiyotining zaruriy sharti, muhim elementi sanaladi.

Mazkur elementning asosiy belgilari:





  • ishlab chiqarilayotgan mahsulotning chidamlilik darajasi;




  • raqobatchilar oladigan imtiyozli subsidiyalar darajasi;




  • ayni damdagi va istiqboldagitalablar xarakteri;




  • mamlakatdagi va xorijiyraqobatchi kompaniyalarning o‘zaro nisbati.



Jamoatchilik (jamiyat fikri) aholi ongida kompaniya va uning mahsulotiga nisbatan munosabatni shakllantiradi. Mazkur elementning asosiy belgilari:



  • kasaba uyushmalari harakatining asosiy maqsadi va vazifalari;




120


  • kompaniya ishlab chiqarayotgan mahsulot sifatiga jamoatchilikning munosabati;




  • jamoatchilik tashkilotlarining aholi guruhlari ongiga ta’siri darajasi.



Faoliyatning mazkur sohasiga doir qonunchilik bazasi. Mazkur elementning asosiy belgilari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:



  • qonunchilik bazasining tez -tez o‘zgarishi;




  • qonunchilik bazasining foydalanuvchilar uchun ochiqligi darajasi;




  • huquqiy masalalarning qonunchilik bazasi bilan qamrab olinganlik darajasi;




  • qonunchilik bazasining ijrosi yuzasidan olib boriladigan nazorat hajmi.




Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling