Xavflar turlari va ularning turli sohalarda yuzaga


Download 274.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana07.02.2023
Hajmi274.28 Kb.
#1173352
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Amaliy mashg\'ulot.

Xavflar ro‘yxati – bu aniq bir tartiblar bo‘yicha qo‘yilgan nomlar, atamalardir 
(o‘zgaruvchan harorat, havo harakatining tezligi, havo bosimi, yorug‘lik, havoni ionlash, 
portlash, gerbitsid, shovqin, tebranish, yong‘in, zaharli moddalar, lazer nuri, elektr yoyi 
va boshqalar). Har bir tekshiriladigan ob’ektda o‘tkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu 
ob’ekt (ish joyi, texnologik jarayon, kasb) da uchraydigan xavflar ro‘yxati tuziladi. 
Xavflar kvantifikatsiyasi hayot faoliyat xavfsizligini taminlashga qaratilgan 
tadbirlar uchun etarli darajada kerak bo‘lgan miqdoriy, vaqtincha, fazoviy va boshqa 
xususiyatlarni aniqlab amalga oshirish jarayonidir. 
Sabab va oqibatlar. Yashirin xavflarni amalga oshishiga olib keladigan sharoit-
sabab deb ataladi. Sabablar, jarohatlar, yuqumli kasalliklarni keng tarqalishi (epidemiya), 
atrofmuhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib chiqaradi. 
Xavf, sabab, oqibat uchligi-bu yashirin xavflarni va zararlarni amalga oshiruvchi 
mantiqiy jarayondir. Masalan: Zahar (xavf)- dori tayyorlashning xatosi (sabab)- 
zaharlanish (ko‘ngilsiz oqibatlar). 
Mutloqa xavfsiz bo‘lgan ish (faoliyat) bo‘lishi mumkin emas. Demak, faoliyat 
qanday bo‘lmasin, unda yashirin xavf bo‘ladi. Bu aksioma hayot faoliyati xavfsizligida 
metodologik ahamiyatga ega. 
 
2. Favqulodda xavflar 
 
Favqulodda holat (FH) – bu qisqa muddatda sodir bo‘ladigan, insonlarga, tabiiy 
muhitga va moddiy boyliklarga katta darajadagi zarar etkazadigan voqealardir. Hayot 
faoliyat xavfsizligi nuqtai nazaridan favqulodda holatlarni keng ma’noda, ya’ni xavfning 
amalda sodir bo‘lishi va insonlar sog‘ligi hamda hayotiga tahdid solishi deb tushunish 
mumkin. 
FH larga katta avariyalar, katastrofalar va baxtsiz hodisalarni misol qilib keltirish 
mumkin. 
Avariyaga – texnik sistemada sodir bo‘lib insonlar halok bo‘lmagan, texnik 
vositalarni tiklash mumkin yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan 
voqealarni misol qilib keltirish mumkin. 
Katastrofalar – texnik sistemalarda sodir bo‘lib, insonlarning halok bo‘lishiga yoki 
izsiz yo‘qolishiga sabab bo‘ladigan hodisalardir. 

Download 274.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling