Xavflar turlari va ularning turli sohalarda yuzaga


Download 274.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana07.02.2023
Hajmi274.28 Kb.
#1173352
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Amaliy mashg\'ulot.

Tahlil usuli. Xavfsizlikni ko‘ngilsiz voqea ro‘y berishdan oldin (aprior) yoki keyin 
(aposterior) tahlil etish mumkin. Har ikki holda qo‘llaniladigan usul bevosita yoki aksincha 
bo‘ladi. 
Aprior tahlilda shu tizimga xos bo‘lishi mumkin bo‘lgan (yashirin) kungilsiz 
voqealar tanlab olinadi va ularni yaratuvchi bir qancha holatlar to‘plami tuziladi. 
Aposterior tahlil esa ko‘ngilsiz voqea yuz bergandan so‘ng kelajakda tadbirlar ishlab 
chiqishdir. Bu ikki uchul birbirini to‘ldiradi. 
To‘g‘ri usulda taxrir qilishda oqibatni oldindan kurish uchun sabablar o‘rganiladi. 
Teskari usulda esa oqibat tahlil kilinib, sabablari aniqlanadi. Bu usullarning asosiy maqsadi 
ko‘ngilsiz voqealarni oldini olishdir. Voqealarni kelib chiqish ehtimoli va tezligi ma’lum 
bo‘lsa, vokeaning taxminan qanday natija bilan tamom bo‘lishini aniqlash mumkin. 
Xavfsizlikning tahlilida tizimning parametrlarini yoki chegarasini aniqlash asosiy 
masala hisoblanadi. Agar tizim juda chegaralangan bo‘lsa, biror xavfli hollar yoki omillar 
etibordan tashqarida qolishi, agar tizimga o‘ta keng qaralsa, tahlil natijalari noaniq bo‘lishi 
mumkin. 


Tahlil o‘tkazish darajasi aniq maqsadlarga bog‘liq. Aniq bir holatda ogohlantirish 
yo‘li bilan ta’sir qilish mumkin bo‘lgan hodisalarni aniqlash umumiy ish uslubi 
hisoblanadi. 
Xavflar identifikasiyasi. Xavfning identifikatsiyasi. Xavf potentsial', ya’ni yashirin 
harakterga ega. Shu sababli, hayot faoliyat xavfsizligini ta’minlashda xavfni oldindan 
aniqlash muhim rol o‘ynaydi. 
Identifikatsiya - xavfni va uning soniy hamda vaqtli ko‘rsatkichlarini aniqlash 
jarayoni bo‘lib, uning natijasida hayot faoliyat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan 
profilaktik va operativ tadbirlar ishlab chiqiladi. Identifikatsiya jarayonida xavfning 
nomenklaturasi, xavfni yuzaga kelish ehtimoli, fazoviy koordinatalari ("lokalizatsiya"), 
xavf tufayli kutiladigan zarar va boshqa parametrlar aniqlanadi. Olingan natijalar asosida 
esa aniq tadbirlar ishlab chiqiladi. 

Download 274.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling