Xavfli ishlab chiqarish obektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risidagi qonun bandlarini o’rganish


Download 0.7 Mb.
bet2/5
Sana12.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1190435
1   2   3   4   5
Bog'liq
Презентация1

Fanning maqsad va vazifalari Fan o‘qitilishining maqsadi – bo‘lajak mutaxassislarga hayotiy faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish qoidalarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen, ekologik va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan iborat. O‘quv fanini o‘rganishning asosiy vazifalari: hayotiy faoliyatda yuzaga keladigan xavflarni identifikatsiyalash va ularni o‘rganish, ishlab chiqarish jarayon larida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, texnosferada kasb kasalliklarini kamaytiradigan va baxtsiz hodisalarni oldini oladigan choratadbirlarni o‘rganish. Shuningdek, aholini tabiiy ofatlardan, avariya va halokatlardan muhofazalanish qoidalariga o‘rgatish, shikastlanish o‘choqlaridagi zararlangan fuqarolarni qutqa rish va tiklov ishlarini o‘tkazish, yong‘inga qarshi xavfsizlik choralarini ko‘rish, jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish va boshqa muhim vazifalarni bajara oladigan bilim, ko‘nikma va kasbiy malakaga ega insonni tarbiyalashga qaratilgan.

Fan bo‘yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladi gan masalalar doirasida bakalavr: - bilimlarning bir butun tizimi bilan o‘zaro bog‘liqlikda ushbu fanning asosiy muammolari to‘g‘risida; - bo‘lajak kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyati to‘g‘risida; - xavf-xatarlarni identifikatsiyalash; - xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari, uslublari va vositalarini tahlil qilish; - mehnat qilish va dam olishning ratsional sharoitlarini inson fiziologiyasiga ta’siri; -ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasi - inson organizmiga xavfli va zararli omillarning ta’sir darajalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi.

- hayot-faoliyat xavfsizligini ta’minlash sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning asosiy talablarini; - faoliyat xavfsizligi sharoitlarini yaratishda rahbar shaxslarning vazifalari va javobgarliklarini; - ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklarini tahlil qilish uslublarini; - xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining yuzaga kelishining oldini olish usullarini; -ishlab chiqarishda mikroiqlimning gigienik me’yorlarini tashkil etishni bilishi kerak. - ishlab chiqarish tarmoqlarida xavfsiz ish sharoitini tashkil etishni; -elektr qurilmalari, uskunalar, mashina va mexanizmlarni ishlatganda, texnik xizmat ko‘rsatganda va ta’mirlashda ko‘riladigan asosiy texnika xavfsizligi talablari; - zararsiz ish sharoitini ta’minlovchi umumiy va shaxsiy himoya qilish vositalari; -yong‘in chiqish sabablari, ularning oldini olish va o‘chirishning tashkiliy va texnik vositalari; - favqulodda vaziyatlar turlari, ularning kelib chiqish sabablari, oqibatlarini tahlil qilish uslublari; - favqulodda vaziyatlarda insonlar va moddiy boyliklarni saqlash va qutqarish tamoyillari, uslublari va vositalari to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishi kerak. - favqulodda vaziyatlarda insonlar va moddiy boyliklarni saqlash va qutqarish vositalarini ishlatish bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lishi kerak. -turli holatlarda jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsata olish; - texnika, elektr va yong‘in xavfsizligi talab va me’yorlarini tez va qatiylik bilan amalda bajarish malakalariga ega bo‘lishi kerak.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling