Xavfsizlik nima va u jamiyat hamda inson xayotida qanday urin tutadi
Download 115.42 Kb.
|
Iqtisodiy xavfsizlik javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy muassasalarning iqtisodiy manfaatlari va ularning namoyon bulish shakllari nimalardan iborat
- Mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak
- “Iqtisodiy xavfsizlik” fanini urganishdan maqsad nima
- Moliyaviy obligatsiya nima 6. Ozbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun qanday tadbirlar amalga oshirildi
- Mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun qanday dasturlar ishlab chiqish mumkin
- Xavfsizlik tushunchasining mazmuni va moxiyati.
- Davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyasi qanday bulishi kerak
- Moliyaviy muassasalarning iqtisodiy manfaatlari va ularning namoyon bulish shakllari nimalardan iborat
1. . Xavfsizlik nima va u jamiyat hamda inson xayotida qanday urin tutadi? Xavfsizlik tushunchasi o‘zining obyektlari va subyektlari nuqtai nazaridan turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Ammo hozirgi davrda bu tushunchaning umumlashgan shakli milliy xavfsizlik deb ataladi. Milliy xavfsizlik manfaatlarni himoyalashning umumiy shakli sifatida manfaat va ehtiyojlarni qondirish, moddiy, ma’naviy, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo‘lish va farovonlikka intilish to‘g’risidagi barcha tasavvurlarni ifodalaydi. Iqtisodiy xavfsizlik” – bu xalqning (davlat orqali) mustaqil ravishda, tashqaridan bo‘ladigan aralashish va tazyiqlarsiz o‘z iqtisodiy taraqqiyot yo‘li hamda shakllarini belgilashidir. 2. Moliyaviy muassasalarning iqtisodiy manfaatlari va ularning namoyon bulish shakllari nimalardan iborat? Moliyaviy muassasa - bir mamlakat pul tizimining yoki xalqaro moliya bozorida faol ishtirokchisi.Moliyaviy muassasa - iqtisodiy agent (ko'pincha yuridik shaxs), litsenziya ostida moliya bozoridagi faoliyat va qimmatli qog'ozlar va shakllanishi bilan bog'liq boshqa bitimlar sotish, kredit berish xizmatlarini amalga oshiruvchi. 3. Mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak? Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda territorial-tarmoq klasterlari muhim rol o‘ynaydi. Klasterlarda ba’zi hududlarda ayrim tovarlar, butlovchi qismlarni xom ashyolarni ishlab chiqarish tashkil etiladi. Bunga Asakadagi yengil avtomobillar, ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarish tashkil etilganligi misol bo‘ladi. Klaster hudud manfaatini korxona manfaati bilan uyg’unlashtiradi. Mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash mintaqaviy siyosatning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Bu borada ko‘zlangan asosiy maqsad asosiy maqsad mamlakat va uning mintaqalari raqobatbardoshligini oshirish hisoblanadi. 4. “Iqtisodiy xavfsizlik” fanini urganishdan maqsad nima? Iqtisodiy xavfsizlik deganda, iqtisodiyotning shunday ahvolini tushunish kerakki, bunda unga tanazzulga yuz tutish samaradorlik darajasining pasayishi_kabi xavflar taxdid qilmaydi, u inqirozga yo‘liqqan taqdirda ham tezda qayta tiklanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Uning bu qobiliyati takror ishlab chiqarishni bir maromda borishini bildiradi,Iqtisodiy xavfsizlik strategiyasini ishlab chiqish, unga siyosiy va xo‘jalik qarorlarini qabul qilish jarayonida normativlik xususiyatini berish, ijtimoiy jarayonlarni boshqarish mexanizmiga tahdidlarning paydo bo‘lganidan xabar beruvchi indikatorlarni kiritish, ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali choralar — bularning hammasi davlat siyosatining yo‘nalishlarini tashkil etadi. 5. Moliyaviy obligatsiya nima? 6. O'zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun qanday tadbirlar amalga oshirildi? 7. Milliy va iqtisodiy xavfsizlik tushunchalarining qanday uxshash va farqli jixatlari bor? 8. O'zbekistonning iqtisodiy xavfsizligiga taxdidning qanday ichki va tashqi omillari mavjud? 9. Mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun qanday dasturlar ishlab chiqish mumkin? Mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash mintaqaviy siyosatning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Bu borada ko‘zlangan asosiy maqsad asosiy maqsad mamlakat va uning mintaqalari raqobatbardoshligini oshirish hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish quyidagilarga yo‘naltiriladi: - mamlakat va uning mintaqalarini xalqaro bozorlar bilan integratsiyalshuvini ta’minlash, mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini mintaqa va hududlar bo‘yicha oqilona joylashtirish, ularning o‘zaro aloqadorligi, ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvini ta’minlash orqali mamlakat hamda mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish, barqaror va mutanosib iqtisodiy o‘sishgacha erishish; - mintaqalar infratuzilmasini rivojlantirish; - mintaqalarda ishlab chiqarish sohalarining raqobatbardoshligini oshirish; - mintaqalar rivojlanishidagi farqlarni qisqartirish. Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda territorial-tarmoq klasterlari muhim rol o‘ynaydi. Klasterlarda ba’zi hududlarda ayrim tovarlar, butlovchi qismlarni xom ashyolarni ishlab chiqarish tashkil etiladi. Bunga Asakadagi yengil avtomobillar, ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarish tashkil etilganligi misol bo‘ladi. Klaster hudud manfaatini korxona manfaati bilan uyg’unlashtiradi. 10. Xavfsizlik tushunchasining mazmuni va moxiyati. Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasining mazmun va mohiyatini yoritib berishdan oldin milliy xavfsizlik tushunchasiga to‘xtalib o‘tish kerak bo‘ladi. Milliy xavfsizlik manfaatlarni himoyalashning umumiy shakli sifatida manfaat va ehtiyojlarni qondirish, moddiy, ma’naviy, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo‘lish va farovonlikka intilish to‘g’risidagi barcha tasavvurlarni ifodalaydi. Mamlakatning milliy xavfsizligi uning milliy manfaatlarini turli siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik, g’oyaviy va boshqa omillar ta’siri va tahdidlardan himoya qilishga yo‘naltiriladi. Shuning uchun ham milliy xavfsizlik tarkibi murakkab tuzilishga ega bo‘lib, siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik, g’oyaviy, mafkuraviy, axborot xavfsizligini o‘z ichiga oladi (Iqtisodiy xavfsizlik – iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. U iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy o‘sish ta’minlangan, ijtimoiy ehtiyojlar optimal darajada qondirilgan, ratsional boshqarish amalga oshirilgan, milliy va xalqaro darajalarda iqtisodiy manfaatlarning himoyalangandagi holatini ifodalaydi. Iqtisodiy xavfsizlik – bu iqtisodiyotning shunday holatidirki, bunda uning barqaror o‘sishi, ijtimoiy ehtiyojlarning maqbul darajadaqanoatlantirilishi, boshqaruvning yuksak sifati, iqtisodiy manfaatlarni milliy va xalqaro darajalarda himoyalash ta’minlanadi. Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning eng muhim elementi, moddiy bazasi hisoblanadi. 11. Davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyasi qanday bulishi kerak? Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning eng muhim va asosiy vazifalaridan biri bu iqtisodiyotning holatini kuzatish, iqtisodiy tizimlardagi tahdidlar, xavf-xatarlarni o'z vaqtida aniqlashdir. Shu bilan birga, hozirgi vaqtda, davlat boshqaruvi tsiklidagi tashkiliy axborot texnologiyalari tizimi va instituti sifatida xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha boshqaruv qarorlarini tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun mamlakat iqtisodiyotining holati va dinamikasini monitoring qilish tizimi va uni ilmiy-amaliy, uslubiy ta'minot darajasini aniqlash lozim. U bir qator ko'rsatkichlarni baholashda indikatorlarga asoslanadi va asosan hukumatning ilmiy davriy nashrlar hamda tahliliy ishlanmalarda aks etadi. Bu orqali hukumat barcha darajalarida: qisqa muddatli (taktik), o'rta muddatli, uzoq muddatli (strategik) ahvolini baholaydi va boshqaruvning oqilona qarorlarini tayyorlashga kirishadi. O'z vaqtida tartibga solinmagan yoki boshqarilmagan, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga salbiy ta'sir ko'rsatadigan omil iqtisodiy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin. Makroiqtisodiy sharoitda iqtisodiy xavfsizlikning asosiy tahdidlar quyidagilardan iborat 12. Moliyaviy muassasalarning iqtisodiy manfaatlari va ularning namoyon bulish shakllari nimalardan iborat? 13. Iqtisodiy xavfsizlikning ob’ektlari va sub’ektlari nimalarda namoyon buladi? Iqtisodiy xavfsizlik o‘zining obyekt va subyektlariga ega bo‘lib, uning obyekti deganda mamlakatning iqtisodiy tizimi hamda uni tashkil etuvchi elementlari tushuniladi. Iqtisodiy xavfsizlik obyektlariga quyidagilar kiradi: - tabiiy boyliklar; - inson resurslari, mehnatga layoqatli aholi; - ishlab chiqarish fondlari; - ko‘chmas mulk; - moliyaviy resurslar; - xo‘jalik tizimlari; - mintaqalar; - oila; - inson. Download 115.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling