Xavfsizlik nima va u jamiyat hamda inson xayotida qanday urin tutadi


Transaksion harajatlar va xizmatlar nima?


Download 115.42 Kb.
bet8/17
Sana13.02.2023
Hajmi115.42 Kb.
#1193388
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Iqtisodiy xavfsizlik javoblar

Transaksion harajatlar va xizmatlar nima?

Umumiy qabul qilingan transaksiya xarajatlari nuqtai nazaridan xufyona iqtisodiyotning faoliyat ko‘rsatishi huquqiy bazaning takomillashmaganligi, davlat tomonidan o‘ziga xos funksiyalarning samarasiz bajarilishi, xo‘jalik faoliyatida ikki xil standartlarning keng tarqalishi kabi tovlamachiliklarning o‘sishi bilan bog’liq katta miqdordagi transaksiya xarajatlari bilan kuzatiladi. Transaksiya xarajatlari o‘sishining sababi xufyona sektori iqtisodiyoti emas, balki rasmiy iqtisodiyotda yuqori transaksiya xarajatlarining mavjudligi xufyona sektor faoliyat ko‘rsatishining sabablaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Xufyona biznes ishtirokchilari o‘zini soliqlardan, litsenziyalashdan, shartnomalar tuzishdan, qonunlarga amal qilishdan ozod qiladi va “o‘yin qoidalariga” ko‘ra mulkchilik huquqini mustaqil ravishda muhofaza qiladi hamda uni buzgan xatti-harakat uchun jazolaydi va bu bilan rasmiy faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qaraganda raqobat jihatdan ustunlikka ega.
Masalan, yerga egalik qilish yoki uni ijaraga olish huquqlarining noqonuniy qo‘lga kiritilishi imorat soluvchilar uchun bepulga tushmaydi, lekin barcha rasmiy tartib-qoidalar va ushbu transaksiyani amalga oshiruvchi instansiyalar, sarflangan vaqt va boshqa sarf-xarajatlarni hisobga olgan holda nolegitim yo‘l ayrim subyektlar uchun ancha oson va foydali bo‘lib chiqadi. Chunki xufyona iqtisodiyot rasmiy iqtisodiyotdan o‘tib bo‘linmas to‘siq bilan ajralmagan, ko‘pchilik xo‘jalik yurituvchi subyektlar transaksiyalarni xufyona sektor yordamida amalga oshirish mumkin.



  1. Banklarning iktisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun qanday amaliy chora- tadbirlar amalga oshiriladi?

Tijorat banklarining axborot tizimiga kirib, pul mablag’larini noqonuniy tarzda maxsus hisob raqamlariga ko‘chirish jinoyatchilikning yangi turlaridan biridir. Kreditlarni qasddan qaytarmaslik, ularni maxsus tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari hisob raqamiga o‘tkazib, naqd pulga aylantirish yoki konvertatsiya qilib, so‘ngra xufyona ish hollari ham so‘nggi yillarda ko‘p uchraydigan jinoiy harakatdir.
Asossiz ravishda kredit olish va uni maqsadsiz ishlatishga tijorat banklari tomonidan kredit shartnomalari tuzishda yetarli darajada nazorat yo‘qligi, qarz oluvchi hujjatlarning sinchiklab tekshirilmasligi, uning to‘lov qobiliyatining o‘rganilmaganligi, kreditlashtiriladigan loyihalarning iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazmasligi yoki bu ishlarni amalga oshirishda ayrim mutasaddi xodimlar tomonidan sovuqqonlik, suiiste’molliklarga yo‘l qo‘yilganligi sabab bo‘ladi.
Banklarda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash quyidagi yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
-bank va uning har bir bo‘linma(filial)sida xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy tuzilmalarini vujudga keltirish;
- axborotlarni o‘g’irlash, yo‘q qilish maqsadida uni olishning potensial imkoniyatlarini muntazam ravishda o‘rganish va baholash;
-axborotlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha uslubiy, tashkiliy-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda ularning talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortish chora-tadbirlarini qabul qilish;
axborotlarni himoya qilishning tashkiliy-texnik, dasturiy chora-tadbirlari, vositalarini maxsus tashkilotlar yordamida ishlab chiqib, joriy etish;
- axborotlarni himoyalash tizimini attestatsiya qilish, uning amal qilinishini muntazam nazorat qilish;
- hujjatlar, blanklar, muhr, shtamplarni saqlashning himoya choralarini ko‘rish, rasmiylahshtirilmagan shartnoma loyihalari va boshqa hujjatlarning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash;
- moliyaviy hujjatlar bo‘yicha ichki va tashqi auditorlik teshiruvlari o‘tkazish;
- bank operatsiyalari bo‘yicha risklarni aniqlash va baholash




  1. Download 115.42 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling