Xavfsizlik plakatlari va belgilari. Reja


Download 26.69 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi26.69 Kb.
#1470090
  1   2   3
Bog'liq
Xavfsizlik plakatlari va belgilari


Xavfsizlik plakatlari va belgilari.
REJA ;
1 Xavfsizlik plakatlari va belgilari
2 Elеktr xafvsizligini tashkiliy chora – tadbirlari


Xavfsizlik plakatlari va belgilari
1. Xavfsizlik plakatlari va belgilari (bundan keyin plakatlar va belgilar) xatolik bilan ish joyiga kuchlanish berish mumkin bo‘lgan kommutatsion apparatlar harakatini taqiqlash, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga yaqinlashish xavfli ekanligini ogohlantirish, mehnat xavfsizligining muayyan talablari bajarilgandan keyingina ma’lum harakatlarni amalga oshirishga ruxsat berish, turli obyektlar, qurilmalar va ularning joylashgan o‘rnini ko‘rsatish uchun qo‘llanilishi zarur. Plakatlar va belgilar ogohlantiruvchi, taqiqlovchi, ko‘rsatmali va ko‘rsatuvchi guruhlarga bo‘linadi.
2. Plakat va belgilar qo‘llash xarakteriga qarab muntazam hamda ko‘chma bo‘lishi mumkin. Muntazam plakat va belgilarni elektr izolatsiyalovchi materiallardan (tekstolit, getinaks, polistirol va h.k.) tayyorlash tavsiya qilinadi, beton va metall yuzalariga (havo elektr uzatish tarmog‘i ustunlari, kamera eshiklari va h.k.) esa, trafaretlar yordamida bo‘yoqlar bilan tushiriladi. Metall plakat va belgilar o‘rnatishga ham ijozat beriladi. Ko‘chma plakatlar elektroizolatsiyalovchi materiallardan (plastmassadan, kartondan) tayyorlanishi lozim. Ochiq elektr uskunalarida metalldan qilingan ko‘chma plakat va belgilarni qo‘llashga ijozat beriladi.
Xavfsizlik plakatlari va belgilarining ro‘yxati, o‘lchami, shakli, ishlatish joyi va sharti keltirilgan.
Ergonomika insonning ish jarayondagi harakatidir. Ergonomika ishlab chiqarish jarayonida ishchining charchamasdan, ish qobiliyati pasaymagan va sog'ligini yo'qotmagan maksimal ish unumdorligiga erishishda funksional imkoniyatlarni o'ranuvchi fandir.

Ergonomika - nazariy fan bo'lib, fiziologiya, psixologiya, antropometriya, mehnat gigiyenasi va insonning ish faoliyatini kompleks ravishda qamrab oladi.
Hozirgi paytda yangi texnologik jarayon, kichik korxonalar, yangi mashina va uskunalar albatta “mahsulot sifatiga” binoan bo'lishi zarur. Ergonomika ko’rsatkichlar belgilangan talablarga javob berishi kerak.
Ish joyda narsalami joylashtirish, ularning shakli, rangi va boshqa qator omillar noto'g'ri joylashtirilsa ishchini charchatadi. to'g'ri joylashtirilganda esa aksincha, ish unumdorligini oshiradi. Bunda ish joylarini tashkil qilish ham katta ahamiyat kashf etadi: asboblar to’qimalarining joylashtirilishi, rangi, mashinaning balandligi va boshqa ishlabchiqarish sharoitlari shular jumlasidandir. Bular shunday joylashtirilishi lozimki, ishchi ortiqcha harakatsiz. o'zini zo'riqtirmasdan ulardan osonlik bilan foydalansin. Ish joyning balandligi ham muhim ahamiyatga ega. Odatda u 1000-1600 mm oraliqda olingani maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari ko'zining imkoniyat doirasini ham hisobga olish kerak.
Gorizontal bo'yicha ko'rish burchaklari 180-ko'zining ish joyda oniy ko'rish burchagi. 300-ko'zning ish joyida samarali ko'rish burchagi, 1200- ko'zining bosh qimirlaimay turgandagi ko'rish burchagi, 2200-ko'zining boshni burgandagi ko'rish burchagi.
Vertikal bo'yicha yuqoriga ko'rish burchagi 55-600 ni, pastga ko'rish burchagi csa 70-750 ni tashkil qiladi. Bunda ham samarali ko'rish burchagi 30-400 ni tashkil qiladi.
To'qimachik korxonalarida (ayniqsa yigiruv va to'quv fabrikalarida) mashina va dastgohlarni boshqarish juda ko'p harakat qilishni taqozo qiladi. Masalan. ipni kalavalovchi smena davomida 10 km ga yaqin masofani yurib, 1800 marta uzilgan ipni ulash va bo'shagan g'allaklarni almashtirish uchun engashar ekan, kalavalovchining ishini yengillashlirish maqsadida korxonalarda ularga harakatlanuvchi o'rindiq qilib berilgan. U maxsus tepkini bosib, mashina bo'ylab o'ngga va chapga harakailanishi va o'rindiqda o'tirgan yerida uzilgan iplarni ulashi va boshqa operatsiyalarni bajarishi mumkin. Bu ularning ishini ancha yengillashliradi.


Download 26.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling