Xavfsizlik uchun eng maqbul tanlov


Yo‘l belgilarin o‘rnatish


Download 1.75 Mb.
bet16/19
Sana16.06.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1507095
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Dilshodga chala

Yo‘l belgilarin o‘rnatish. Avtomobil yo‘llarida yo‘l belgilari quyidagi ketma-ketlikda o‘rnatilishi kerak: ko‘rsatuvchi (axborot-ko‘rsatuvchi, imtiyoz, servis va tablichkalar); ogohlantiruvchi; taqiqlovchi; buyuruvchi.
O‘rnatilgan yo‘l belgilarini soni yo‘lda iloji boricha kam bo‘lishi kerak. Har bir o‘rnatilayotgan ogohlantiruvchi yoki taqiqlovchi yo‘l belgilari asoslangan bo‘lishi shart va yo‘l sharoitini yomonlashganligi oqibatida ko‘rilgan majburiy chora deb tushunish kerak.


Shahar yo‘llari va ko’chalarini qurishda mehnat muhofazasi. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar.
Qurilishda texnika xavfsizligiga katta axamiyat berilishi kerak bo‘ladi, chunki bu inson xayoti bilan bog‘liq. Qurilishda ish boshlanishidan oldin texnika xavfsizligi buyicha instruktaj o‘tilishi kerak. Xususan qurilayotgan yo‘lni asos qatlamini qurish jarayonida ayrim mashina-mexanizmlardan foydalanish vaqtida quyidagi texnika xavfsizlik qoidalariga qa’tiy rioya qilish kerak:
Katok bilan ishlaganda:

  • texnika xavfsizligi buyicha instruktaj o‘tilgan bulishi kerak;

  • haydoachi tibbiy kurikdan o‘tgan bulishi kerak;

  • mashinani ishga tushirishdan oldin uning texnik jixatdan sozligini tekshirish kerak;

  • haydovchi mashina ishga tushganligi xaqida ogoqlantiruvchi signal berishi kerak;

  • katok kutarmada ishlayotganda ko‘tarmaning qoshigacha borishi mumkin emas;

  • katokni qiyalikda tuxtatib quyish mumkin emas;

  • ish tugaganidan sung texnikalarni ish joyida qoldirib ketish mum-kin emas;

  • zichlash jarayonida bir nechta katoklar ishlayotgan bulsa oraliq masofani saqlash kerak;

Avtosamosval bilan ishlaganda:
-haydovchilik guvoxnomasiga ega bo‘lmagan shaxslar avtosamos-valni boshqarishlari mumkin emas;
-yuk ortilgan xolatda belgilangan tezlikda harakatlanmaslik kerak;
-avtomobil pasportida belgilangan me’yoridan ortiq yuk yuklash mumkin emas;
-avtlsamosvalga yuk ortilayotganda kabinida xech kim bo‘lmasligi kerak;
-birinchi tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun “aptechka”bo‘lishi kerak;
Avtomobil yo‘llarini loyixalash, qurish va ta’mirlashda atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishni baholash RD 119 0027714-29-93 ga hamda QMQ 2.05.02-95 ning 3-qismi RD 119 0027714-29-93 va 2.05.11-95 ning 7 - qismi shu qatorda texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi me’yoriy hujjatlarning talablarini bajarish zarur.
Shahar yo’llari va ko’chalarini ta’mirlash ishlarini olib borishda atrof muhitni muxofaza qilish chora tadbirlarini hal qilish zarur. Ishlab chiqarishda texnologik echimlarni qabul qilishda atrof muhitga zarar etkazmaslikni tabiat muvozanatini buzmasligini, geologik, ekologik va gidrogeologik sharoitlarni o‘zgarish xavfi tug‘ilmasligini hisobga olgan holda hal etish lozim.
Ta’mirlash ishlari jarayonida mexanizmlarni tanlashda tegishli sanitariya me’yorlarini, atrof-muhitni va suv qurilmalarini ifloslantiruvchi chiqindilarning ruxsat etilgan me’yorlarga rioya qilgan holda atrof-muhit va atrofdagi erlarga zarar keltiruvchi boshqa zararlarni butunlay yo‘q qilish va o‘ta kamaytirishni ko‘zlash zarur.
Transport oqimi shovqini sanitariya me’yorlaridan oshmasligi zarur. Yo‘l atrofidagi hududga ko‘rsatilgan salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida yo‘l bo‘yida tashqi salbiy ta’sirlarga chidamli bo‘lgan yashil daraxtlardan himoya mintaqasi yaratish kerak.
Qurilishni olib borishda shamol yo‘nalishi bilan bir xil yo‘nalishda ish olib borish ma’qul. Yo‘lni qurish vaqtida agar yo‘l qimmatli unumdor erlardan o‘tsa, o‘sha trassa o‘tadigan er unumdor qismi qirqib olinib, unumsiz erlarga tashib chiqariladi.
Qirqib olinadigan unumdor qatlamning fizik va ximiyaviy tarkibi GOST 17.5.1.03-86 ga to‘g‘ri kelishi kerak. Gildan supesgacha bo‘lgan gruntlarning granulometrik tarkibi 1.5 g/sm3 dan oshmasligi kerak. Aholi punktlaridan o‘tgan joylarda shamol yo‘nalishi hisobga olinib, chang to‘zon va transport tovushlaridan saqlanish uchun shamol yo‘nalishiga teskari tomondan ish olib boriladi
Yo‘l chetlarini qurishda ishlatiladigan sanoat va issiqlik elektrostansiyalaridan chiqqan qoldiq maxsulotlar, shlak, qotgan yoqilg‘i qoldiqlari, fosforit qoldiqlarini, ularni atrof-muhitga ta’sirini hisobga olib, agar ta’siri kam bo‘lsa ularni tavsiya etiladi.
Yo‘llardan uy hayvonlari o‘tadigan joylarda maxsus o‘tish joylari quriladi va ularning xavfsizligi ta’minlanadi.
Shahar yo’llari va ko’chalarini qurish yoki ta’mirlashda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishni baholash RD 119.002771-29-93 ga muvofiq amalga oshiriladi. Shuning uchun mazkur avtomobil yo‘lini ta’mirlashda atrof-muhit ifloslanishini, salbiy ekologik oqibatlarni yumshatish uchun quyidagi chora tadbirlar amalga oshiriladi.

  • Yo‘l poyini ko‘tarishda ishlatiladigan gruntning changlanishlarini oldini olish zarur.

  • Toza suv oqib o‘tadigan yo‘l poyi yaqinidagi ariqlarga zaharli moddalar tushib ketishiga yo‘l qo‘yilmasligi zarur. (Ya’ni: oxak. kul, bitum, sement kabi bog‘lovchi moddalar)

  • Sement maxsus ajratilgan omborlarda saqlanishi, shamol ta’sirida changlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.

  • Qurilishda ishlatiladigan maxsulotlarni tashib keltirishda quyidagilarga e’tibor berilishi kerak:

  1. Qurilish maxsulotlarining transportdan to‘kilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.

  2. Yoqilg‘i moylarini yo‘llarga to‘kilib ifloslanishiga yo‘l qo‘yilmasligi

  3. Yo‘l poyidan suvni chetlatish chora tadbirlarini ko‘rish.

  • Aholi yashaydigan joylarda yo‘l chetini mustahkamlash, yo‘lga ishlatiladigan maxsulotlarni tashish davomida yo‘lni saqlash ishlarini bajarish, (bunda yo‘lga suv sepish, tekislab turish va boshqa ishlar) e’tibordan chetda qolmasligi zarur.

  • Yo‘l chetidagi daraxtlarni faqatgina loyihaviy ko‘rinishni ta’minlash darajasida qirqilishi.

  • Vaqtinchalik foydalaniladigan erlarda rel’efni qayta tiklash amalga oshirilishi zarur.




Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling