Xavoda qotuvchi bog`lovchi materiallar. Keramik materiallar ishlab chiqarish texnologiyalari. Olovbardosh materiallar
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1 maruza. Xavoda qotuvchi boglovchi materiallar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Nafis maydalash
Xom ashyo materiallarini maydalash uch turda o‘tkaziladi:
1. Dag‘al maydalash. Bu turli strukturadagi defektlar, katta va kichik g‘ovak bo‘lib, bo‘laklar yanada ko‘p sonli bo‘lakchalarga ajraladi. 2. O‘rtacha maydalash. Bu turda kristallarning maydalanishi ro‘y beradi va materialning maydalanishga qarshiligi keskin ortadi. 3. Nafis maydalash. Bu turda ayrim-ayrim kristallar yanada maydaroq qristallchalarga ajraladi, jarayon qiyin kechib yopishish-agregatlash hodisalari namoyon bo‘ladi. Xom ashyo materiallarini aralashtirish Xom ashyolarni bir-biri va suv bilan aralashtirish muhim texnologik jarayon bo‘lib, u qanotli loy qorgich, shnekli loy qorgich, eritma qorgich, parrakli aralashtirgich, loy aralashtirgich, beton qorgich, ko‘pik beton qorgich, kranli aralashtirgich, pnevmo aralashtirgich, planetar aralashtirgich kabi mashinalarda ro‘yobga chiqariladi. Misol tariqasida xo‘l usulda portlandsement ishlab chiqarishda gil bilan oxaktosh aralashmasi qanday tayyorlanishini ko‘rsatish mumkin. Bu aralashma odatda, katta idish vertikal yoki gorizantal tipdagi shlamm-basseynda qoriladi. Vertikal tipdagi basseynlarda tarkibni to‘g‘rilash va saqlash pnevmatik yoki aralash pnevmomexanik usulda, gorizontal tipdagi basseynda esa-kranli aralashtirgich yordamida pnevmomexanik aralashtirgich nazariyasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Pnevmatik va mexanik usullardan baravariga foydalanish bir jinsli 35-40% miqdorda namligi bo‘lgan shlamni tayyorlash hamda sifatli saqlashga yordam beradi. Ikkinchi misol tariqasida plastik usulda qurilish g‘ishti tayyorlash jarayoni bilan tanishish mumkin. Bu usulda maydalanilgan gultuproq qanotli bir yoki ikki valli loy qorgichga tushadi. Bu erda unga 18-25% suv qo‘shilib loy qoriladi va bir jinsli bo‘lgunga qadar shnekli val qanotlari yordamida aralashtiriladi. Plastik massa, masalan, maishiy-ho‘jalik chinnisi olish uchun, shliker yoki eritmadan tayyorlanayotgan bo‘lsa, u xolda tarkibidagi suv miqdori filt’presslar yordamida kamaytiriladi. YAna massaga lentasimon vakuumli yoki vakuumsiz presslarda qo‘shimcha ishlov berib sifatini yaxshilash mumkin. Xom ashyoning kimyoviy tarkibi va namligi to‘g‘rilash silikat va elektron maxsutotlari ishlab chiqarishda muhim omillardan biridir. U ayniqsa, nafis keramika buyumlari muassasini tayyorlashda katta rol o‘ynaydi. Xo‘jalik va texnika chinnisining plastik massasi shu masalani xal qilish uchun bir necha kundan tortib oylar davomida tegishli namlikda saqlanib pishitiladi. Xom ashyo materiallarini qoliplash Keramika va o‘tga chidamli materiallar olinishida yarim quruq usul kukuni, plastik usul massasi, shliker yoki eritma maxsus asbob va mashinalar yordamida qoliplanadi. 7-12% namlikka ega bo‘lgan yarim quruq kukuni bir yoki ikki tomonlama bir yoki ko‘p pog‘onali usullarda 20-40 MPa bosimda presslanadi. Presslash jarayoni tirsak dastali, friksion, rotatsion va gidravlik presslarda bajariladi. 6 18-25% namlik plastik massani esa presslash 1-2MPa bosimda lentasimon yoki shtampovka presslarida amalshga oshiriladi. Odatda,tayyorlash press ichida shnek yordamida surilib zichlashadi. Press mundshtukidan uzluksiz chiqayotgan brus kesadigan qurilmaning po‘lat simlari yordamida kesilib, berilgan o‘lchamidagi g‘isht xosil qilinadi. SHtampovka jipslash jarayonida davriy bajarilganligi sababli kesadigan qurilmaga hojat qolmaydi. Bu presslar juda unumdor bo‘lib soatiga 10 ming, xatto undan xam ko‘p mahsulotni qoliplash imkoniyatini beradi. Sopol-chinni kabi buyumlar olishda xam yuqorida namligi qayd etilgan massalar ishlatiladi, ammo qoliplash jarayoni qo‘llanilayotgan mashina va asboblar turiga ko‘ra boshqacharoq o‘tadi. qoliplangan materiallarni lishirish Keramika materiallarini pishirish bosqichida murakkab fizik-kimyoviy o‘zgarishlar ro‘y berishi hisobiga oddiy loydan qoliplangan buyumdan yuqori fizik- mexanik xususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulot olinadi,yoki boshqacha aytganda pishirish natijasida kermik materiallar kerakli ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda sopol buyumlar tayyorlashda kaolindan tashqari takibida: kvars, dala shpati, kalsiy karbonat, magniy karbonat, temir birikmalari va boshqalar. Har xil buyumlar tayyorlash uchun loy ham turli bo‘ladi: chinni loyi, o‘tga chidamli loy, terrakat, g‘isht, cherepitsa, klinker va x.k. Loyning eng asosiy xossasi, uni mayinligi, ya’ni, ma’lum bir miqdordagi suv bilan aralashmasi har xil shaklga kelish xususiyati va shu shaklni quritilgan va pishirilgandan keyin saqlab qolishi. Dastlabki material xossasi va tayyorlanadigan buyum turiga kura, amaliyotida loyini mayinligini oshirish yoki kamaytirishi talabetiladi. Mayinligi ko‘p loyni suyultirish uchun, unga ozdiruvchi qo‘shimchalar qo‘shiladi. SHamot, kvars, dala shpati va boshqalar. Mayinligini ko‘paytirish uchun uni shabadalantiriladi. SHabadalantirish jarayoni shundaki, loyni uzoq vaqtga taram-taram qilib havoga quyiladi. Loyni achitish uchun uni qorongu ertulada, 3-7 0 S temperaturada bir necha xafta saqlanadi. Ikkala holatda ham suv bilan alyuminiy oksidi birlashishi ruy berishi kerak, natijada uni mayinligi ortadi. Elektrolitda, agar ON ioni bulsa, u xolda loyni mayinligi ko‘payadi, N inlari bo‘lsa, loyni mayinligi kamayadi. Organik moddalardan loyni mayinligini ko‘paytirish uchun, loyga gumus, kand shirasi, dekstrin va boshqo‘shadi. Loyni mayinligini oshirish uchun, uni deaeratsiya qiladilar, ya’ni vakuumda saqlanadi, yoki boshqa yo‘l bilan undagi havo pufakchalari chiqarib yuboriladi. O‘tga chidamli, loydagi kimyoviy va mineralogik tarkibga boliq. O‘tga chidamliligi (buyumni yumshash temperaturasi) jixatidan, loy qiyin eriydigan – chidamliligi 130 0 S dan 1580 gacha, oson eriydigan o‘tga chidamliligi 1350 0 S dan past. 7 Sopol buyumlarni zich kesimli, muxaniq mustaxkamligini oshirish, kislotaga chidamli va boshqa sifatlarni yaxshilash uchun dala shpati, dolomit, magnezit va x.k. qo‘shiladi. Ularni eng ko‘p ahamiyatga egasi kaliyli dala shpati (erish temperaturasi 1200 0 S). sopol buyumlarni pishirishda kaliyli dala shpati erib, yopishqoq shishasimon massa hosil qiladi va bu modda har xil moddalar zarrachalari orasidagi bushliqni tuldiradi, shu munosabatda buyum sovutilgandan so‘ng monolit material hosil bo‘ladi. ayniqsa, yumshoq va qattiq chini, fayans, kislotaga chidamli buyumlar metlax va bezak plitalar, kanalizatsiya trubalari, hamda glazur va emal ishlab chiqarishda dala shpati shixtaning zarur komponenti bo‘ladi. Sopol keramik buyumlar ishlab chiqarish. Keramik massalar ikki turli bo‘ladi: - tabiiy – qandaydir bitta tog‘ jinsiga ishlov berish yo‘li bilan olinadi. - Sun’iy – bir necha materiallarni aralashtirish yo‘li bilan olinadi. Tabiiy materiallardan asosan qupol keramik buyumlar, kulolchilik buyumlari, qurilish g‘ishtlari, shamot tovarlari, drenaj trubalar, bezak plitalari va x.k. lar tayyorlanadi. Sun’iy keramik massadan asosan bejirim massalar tayyorlanadi. Ishlab chiqarish sharoiti va olinayotgan sopol buyumlar harakteriga xom- ashyo har xil usullarda tayyorlanadi. Bu jarayon – aralashtirish, maydalash va namlashdan iborat bo‘ladi. Keramik massa tayyorlash bir necha yo‘l bilan amalga oshiriladi: - mayinlashgan usulda shakl berilishi uchun materiallar aralashtirib yuboriladi, namlantiriladi va hamir holatigacha eziladi. - Buyumlarni quyishda faqat maydalangan materiallar suv bilan qorishtiriladi. - Materiallarni 9-12% namlik qolguncha qadar quritish yarim quruq usulda shakl berish. Aralashtirish uchun vertikal va gorizantal loy ezgichlardan foydalaniladi, katta masshtabda ishlab chiqarish uchun- davriy ishlovchi aralashtirgichlar qo‘llaniladi. Mavjud usullarda shakllantirish uchun keramik massa namligi 4 – 40% bo‘lishi kerak. Ma’suliyatli, o‘tga chidamli buyum ishlab chiqarish uchun, tayyor keramik massaga qo‘shimcha maxsus massa ezgichda ishlov beriladi. SHu usul bilan undagi havo purkagichlari batamom chiqib ketadi va bir tekis tarkibga ega bo‘ladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling