Xavoda qotuvchi bog`lovchi materiallar. Keramik materiallar ishlab chiqarish texnologiyalari. Olovbardosh materiallar
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1 maruza. Xavoda qotuvchi boglovchi materiallar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keramik buyumlarni pishirish
Buyumlarga shakl berish
Tayyor keramik massa shakl berish uchun keltiriladi. Keramik buyumlarga quyidagi usullarda shakl beriladi-mayinlash usuli keramik buyumlar mayin (hamirsimon) holatga chinni va fayans buyumlar, sopol trubalar izalyatorlar va x.k. ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladi. YArim quruq usuli – keramik massani presslash (g‘isht, bezak, plitalar va x.k). Quyish –unda maydalangan keramik massadan tayyorlangan suspeziyadan murakkab shakldagi buyumlar quyish. Bu operatsiya qo‘yidagicha bajariladi – keramik massani suv bilan ajratilib, qaymoq quyiqligi holatiga kelgungacha aralatiriladi, keyin qalin devorli gips qolipga quyiladi. Suspeziya tarkibidagi suv, 8 gips qolipga suriladi, natijada qolipda qattiq pusloq hosil bo‘ladi. Buyum quriganda uni hajmi kamayadi, natijada buyum engilgina kuchadi. Mashinada shakl berish - bunda shakl berish lentali yoki yashikli press yordamida amalga oshiriladi. SHakl berilgan keramik buyumlar tabiiy yoki sun’iy quritiladi, keyin ular maxsus pechlarda pishiriladi. Keramik buyumlar tayyorlashda, pishirish eng ma’suliyatli jarayon hisoblanadi. unda murakkab fizik va kimyoviy jarayonlar ruy beradi. Keramik massadan namlik chiqarilib, undan qattiq buyum tayyorlash uchun ma’lum issiqlik rejimi bo‘lishi talab etiladi. Bu rejimga rioya kilinmaslikda buyum chatnashi, undan chianok hosil bo‘lishi, uni qiyshayishi yoki tayyor buyum erib ketishi mumkin. Har xil buyumlar uchun maksimal pishirish temperaturasi har xil bo‘ladi. Oddiy g‘isht 900-1100 0 S da o‘tga chidamli g‘isht 1300-1500 0 S da, kislataga chidamli buyumlar 1250-1350 0 S da, magnezitli g‘isht 1550-1680 0 S temperaturada pishiriladi. Keramik buyumlarni pishirish Keramik buyumlar doiraviy va tunelli pechlarda pishiriladi. Ulardan doiraviy pech keng tarkalgan. Pech 16-ta kameraga bo‘lingan kanaldan iborat. Har bir kamera markaziy muri bilan boglangan. Ishlayotgan pechda uchta zona bor: - qizdirish - pishirish - sovutish zonalari. Agar 16-kamerali pechlarda tula pishirish jarayoni 7 sutkadan iborat bo‘lsa, u xolda pech qo‘yidagicha ishlaydi. Kameralardan buyum olib chiqilayotganda, kameralarda pishirilgan buyum sovutiladi. Buning uchun bu kameralardagi havo suriladi, buyumlarni sovutish bilan birga havo isiydi. Isigan havo va kameralarga kiradi, chunki bu vaqtda bu kameralarda maksimal temepaturada kuydirish jarayoni ketadi. Issiq yonish maxsulotlarini kameralarga kiradi, bu erda asta-sekin isitish va xul buyumlar quritiladi, gazlar kamera trubasidan chiqib ketadi. Bu vaqtda va kameralarga yangi buyumlar quyiladi. Doiraviy pechlarda qarama-qarshi oqim prinsipi qo‘llangan, shunga qaramay yonilg‘i sarfi, pishirilayotgan buyumlar og‘irligini 10-20% ni tashkil qiladi. Ko‘p kamerali tunelli pechlar ham keng tarqalgan. Bu pechlarda kameralar bir qator qilib joylashtirilgan, umumiy kanalda pishirilayotgan buyumlar ortilgan vagonetkalar harakatlanadi. Tunelli pechlarda ham isitish, pishirish, sovutish zonalari bor. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling