Xayot faoliyati xavfsizligidan yakuniy nazorat Sirtqi 3-kurs. Bot 18/2 Mahkamova Dilnoza Jurnaldagi raqamim 19 Bilet №56


Download 0.55 Mb.
bet1/2
Sana05.12.2020
Hajmi0.55 Mb.
#159656
  1   2
Bog'liq
Yakuniy. Mahkamova Dilnoza


Xayot faoliyati xavfsizligidan yakuniy nazorat

Sirtqi 3-kurs. BOT 18/2

Mahkamova Dilnoza

Jurnaldagi raqamim 19

Bilet 56
1.Mehnat muhofazi qanday ishlarni amalga oshiradi

Mehnat muhofazasi - inson ning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobilyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida qoʻllaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika chora tadbirlari belgilab qoʻyiladi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash, sogʻlom mehnat sharoitlari yaratish, kasb kasalliklari yuz berish xavfini oldini olish, ishlab chiqarishda jarohatlanishlarga yoʻl qoʻymaslik kabilar mehnat muhofazasi oldidagi vazifalar hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasida xavfsiz va qulay mehnat sharoitida ishlash yuzasidan fuqarolarning huquqlari Konstitutsiyada (37-modda) mustahkamlanib qoʻyilgan. Ushbu konstitutsiyaviy kafolatni amalda roʻyobga chiqarilishiga qaratilgan aniq chora tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi ning Mehnat kodeksida, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun (1993 yil 6 may)da, boshqa bir qator qonunlar va qonun osti normativ hujjatlarida belgilangan. Oʻzbekistonda Mehnat muhofazasi uchun katta moliyaviy mablagʻlar ajratiladi va oʻzlashtiriladi. Sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitida mehnat qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining eng asosiy mehnat huquqlaridan boʻlib hisoblanadi. Mehnat muhofazasiga oid talablar va standartlar Mehnat kodeksi, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun talablari asosida ishlab chiqariladigan korxona va tashkilotlarning ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomalari, tarmoq yoki mintaqaviy jamoa kelishuvlari, korxonalarning boshqa ichki normativ huquqiy hujjatlarida, muayyan soha, kasb, ish joylariga oid boʻlgan Mehnat muhofazasi standartlarida belgilab qoʻyiladi. Mulkchilik shakli va xoʻjalik yuritish usulidan qatʼiy nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlar oʻz xodimlari uchun sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishi, xavfsizlik texnikasi choralarini koʻrishi, mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishi, boshqa tashkiliy texnik tadbirlarni amalga oshirishi shart.



Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi maxsus davlat organlari va jamoatchilik tomonidan nazorat qilib boriladi. Qonunlarga, shu jumladan, Mehnat muhofazasiga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar umumiy nazorat olib boradi. Mehnat muhofazasi haqidagi qonun talablarini buzgan korxonalarga moliyaviy-iqtisodiy jazo choralari, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan esa institutizomiy, maʼmuriy-huquqiy, jinoiy javobgarliklar qoʻllanishi, ular aybi bilan yetkazilgan moddiy zararlar qoplantirilishi mumkin.
2.Shamollatishning ko’rinishlari va uning qurilmasi
Ishlab chiqarishda shamollatish - bu davlat standarti talabiga mos holda, xonalardan ortiqcha issiqlikni, namlikni, changlarni, zararli gazlar va bug’larni chiqarish va mikroiqlimni yaratish uchun zarur qurilmalar sistemasidir.

Xonalardagi havo almashinuvini ichki va tashqi havo harorati va bosimni farqi hisobiga tabiiy yo`l bilan darchalardan va shu maqsaddagi quvurlar orqali amalga oshiriladi. Bunday shamollatish tabiiy shamollatish yoki aeratsiya deyiladi. SHamollatkichlar xonaga havoni uzatishi va xonadan havoni chiqarishi yoki bir vaqtda buning har ikkalasini amalga oshirishi mumkin. SHamollatkichlar ishlatish joyiga qarab umumiy va mahalliy shamollatkichlarga bo`linadi.



Umumlashtiruvchi shamollatkich butun xonadagi havoni almashtirsa, mahalliy shamollatkich esa ma’lum bir joylardagi havoni almashtiradi. SHamollatkichning samaradorligi shamollatish qurilmasining quvvatiga va havo almashtirishni tashkil etishning ma`lum qoidalariga rioya qilishga bog’liq bo`ladi. Xonadan chiqarilayotgan havoni bevosita zararliliklar ajralayotgan joydan yoki ifloslangan zonadan olish kerak. Bunda xonadan chiqarilayotgan iflos havo oqimini odamlar nafas oladigan zona orqali yoki odamlar tez-tez bo`ladigan zonadan o`tishiga yo`l qo`ymaslik kerak. Xonadan tashqariga chiqariladigan iflos havoni shamol oqimi yaxshi bo`lgan tomonga chiqarish lozim.

Havo almashuvini aniqlash. SHamollatishni loyihalash xonalarda yoki ish joylarida havo almashuvini aniqlashdan boshlanadi. Bunda klimatik zona, yilning fasli, havo muhitidagi ortiqcha issiqlik, namlik, gazlar, changlar va boshqalar hisobga olinadi. Agar xonadan bir vaqtda bir necha zararli moddalar ajralib bir yo`nalishga yo`nalayotgan bo`lsa umumalmashinuv shamollatish hisobi har bir moddani xavfsiz kontsentratsiyagacha tushirish uchun zarur havo hajmlarini umumlashtirish yo`li bilan amalga oshiriladi. Agar bir vaqtda xonadan har tomonga yo`nalgan bir necha zararli moddalar ajralayotgan bo`lsa, havo almashinuvi ularni har biri uchun alohida hisoblanadi va so`ng shamollatishni hisoblashda yuqorida bajarilgan hisoblarni eng katta qiymati qabul qilinadi. Normal mikroiqlimli xonalar va zararli moddalar bo`lmagan yoki zararli moddalarni havodagi miqdori ruxsat etilgan normada bo`lgan xonalarda, havo almashinuvi ishlovchilar sonini pi bir ishchiga norma bo`yicha to`g’ri keladigan havo miqdoriga Wm ko`paytirish yo`li bilan aniqlanadi.

Tabiiy shamollatish. Sanitar normalarga mos holda barcha xonalar tabiiy shamollatish mo`ljallangan bo`lishi kerak. Xonada havoning tabiiy harakatlanishi havodagi zichliklarning farqiga ko`ra va tashqi havo bilan ichki havo bosimi farqlari hisobiga yuz beradi . Tabiiy shamollatish xonalarning chiqarish kanallari, shaxtalari va darchalari orqali amalga oshiriladi. Bular o`z navbatida, xonadan kata hajmdagi havoni chiqarish va unga kiritishni mexanik shamollatkichlarsiz amalga oshiradi va bunday tashqari u mexanik shamollatish sistemasidan arzondir. Tabiiy shamollatish issiq tsexlardan ortiqcha issiqlikni chiqarishning eng yaxshi vositasi hisoblanadi. Bu shamollatishning kamchiligi haroratiga, shamolning kuchi va yo`nalishiga, tabiiy havo almashinishi qurilmalarini ishlash xarakteriga ko`ra tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan turlarga bo`linadi. Agar shamollatish qurilmalarida havo oqimi yo`nalishini miqdorini rostlovchi moslamalar o`rnatilgan bo`lsa, bunday shamollatish sistemasi tashkillashtirilgan deb ataladi


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling