Xayrulla Ismatulla "Soz" To'plami Haqida Ayrıntılar
Download 33.1 Kb.
|
Xayrulla Ismatulla soz to\'plami haqida
Xayrulla Ismatulla - "Soz" To'plami Haqida Ayrıntılar Üst Kategori: Özbek Edebiyatı Kategori: Günümüz Özbek Edebiyatı Gösterim: 1000 Cho’lponning “Soz” to’plamiga 26 ta she’r kiritilgan. Bu she’rlarni ko’pincha adabiyotshunoslar “qizil she’rlar” deb atashadi. Sho’ro tarixidan ayonki, SSSR tashkil etilganidan so’ng, 1924 yildan keyin, barcha respublikalar hayotida asta-sekinlik bilan cheklanishlar, tazyiqlar boshlandi. Oldin kichik-kichik guruhlar, keyinchalik katta miqyosdagi xalq harakatlariga chek qo’yildi, alohida yorqin shaxslar hibsga olinib, yo’qotib yuborila boshlandi. Bu hol bizning Turkiston ziyolilari uchun 1920-yillarning ikkinchi yarmi va 30- yillarning boshidayoq sir bo’lmay qolgandi. Iqtidorli, buyuk adiblarga sovetlar qilgan tazyiqlarning bir tomoni borki, u shu kunlargacha ochiq-oydin tavsif etilmayapti, u haqda ko’proq yozilmayapti. Bu – “maxsus tashkilot”ning o’zlariga muxolifatda turgan buyuk insonlarning turmush o’rtoqlariga [xotinlariga yoki erlariga] jinsiy ta’sir o’tkazib, o’sha oilani buzish guruhi. Bu guruh a’zolarining hatti-harakatlari SSSRning Osiyo qismidagi hududlarda odatda yopti-yopti qilib yuborilgan, bunday jirkanch harakatlar xalq hukmiga qo’yilmagan. Ma’lumki, Cho’lpon to’rt marta uylangan. Birinchi xotini Mohiro’y hamda ikkinchi xotini Obida bilan uzoq yashamaganligining sabablari juda aniq emas. Cho’lponning har ikkala xotini ham, aytishlaricha, ancha chiroyli va odobli bo’lgan. Shoirning uchinchi xotini maxallasidagi go’zal qiz Soliha bo’lib, bu safar xalqning og’ziga elak tutib bo’lmagan. Sevgiga asoslangan Soliha bilan Cho’lponning tinch, oilaviy hayotiga, biz yuqorida eslatib o’tgan “maxsus tashkilot”ning maxsus tayyorlangan a’zosi Bahrom Ibrohimovning jinsiy tazyiqi tufayli Cho’lponning bu oilasi ham buzilgan [Bu haqda to’la ma’lumot olish uchun qarang: Naim Karimov, Cho’lpon , ma’rifiy roman, “Sharq” nashr., Toshkent, 2003, 350-353-betlar]. Mavzudan bir oz chekinish: 60-yillarning birinchi yarmida men ToshDU aspiranti edim, va tabiiyki, barcha aspirantlar kabi har bir narsaga qiziqardim. O’sha yillari Toshkentda bir mish-mish tarqaldi. Emishki, shoir Cho’lponning xotiniga jinsiy tajovuz qilgan shaxs chet eldan Toshkentga qaytib kelib, Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik institutida ishlayotganmish… Bu xabar biz yoshlarni o’ta darajada qiziqtirgan edi. FAning Sharqshunoslik institutinini u yerda akam ishlaganligi uchun men yaxshi bilardim, Akam arabshunos bo’lganligi va Cho’lpon davrida nisbatan yosh bo’lganligi sababli bu voqeaga qiziqmadi. Men akamning domlasi, ulug’ olim va buyuk inson Ubaydulla Karimov domlaga murojaat qildim, maqsadimni tushuntirdim. Ubaydulla Karimov domla meni tushunib, Bahrom Ibrohimov haqida barcha bilgan hamda eshitgan gaplarni aytib bergandilar. Va hatto “Ana o’sha kishi Bahrom Ibrohimov bo’ladi,” deb menga ko’rsatib, “Lekin siz u bilan gaplashmaganingiz ma’qul,”deb ogohlantirgan ham edilar. Men u shaxs bilan, albatta, gaplashmaganman. Shundan sal o’tmay FAning Sharqshunoslik institutida partiya majlisi bo’lib, unda “maxsus tashkilot”ning vakillari qatnashgan va “Nima sababdan Bahrom Ibrohimov bilan hech kim gaplashmaydi, uni chiqishtirishmaydi?” degan masalani hal qilishga harakat qilishgan, Bahrom Ibrohimov ularning foydali xodimi ekanligiga urg’u berishgan va institut kollektivini qattiq ogohlantirishgan… Biroq 60-yilllarning o’rtalariga borib, hech kim o’sha “maxsus tashkilot”dan ham, uning ogohlantirishidan ham qo’rqmaydigan bo’lib qolgan edi. Gapning xulosasi shuki, buyuk shoir Cho’lponning qasdini ziyo ahli uning dushmanidan mana shunday yo’l bilan olgan edi… *** Oxirgi marta Cho’lpon Katya ismli rus qiziga uylangan. Yana “maxsus tashkilot”ning odamlari gap tarqatishgan: “Cho’lponning bu xotini rus emas, balki ruslashgan nemis ekan. Qarang, u “ovcharka”ni – nemis itini ham sevadi. Namuncha, bu shoir nemisni yaxshi ko’rmasa?!. O’sha yillari Cho’lponga qarshi mana shunday kurakda turmaydigan bo’htonlar bilan hujum qilinayotgan edi. *** O’tgan asrning 30-yillarida adabiyotimizning buyuklari Cho’lpon, Fitrat, Qodiriy hamda ularning hamfikrlari ham qanday balo bostirib kelayotganligini sezishgan va unga qarshi nimadir qilishga urinishgan, tayyorgarlik olib borishga harakat qilishgan. Abdulla Qodiriyning “Obid Ketmon” qissasi, Cho’lponning “Soz” to’plamiga kiritilgan she’rlari mana shu qatag’on davri yaqinlashuvida yaratilgan asarlar sirasiga kiradi. Biladigan odamlarning aytishlariga qaraganda, o’sha davr O’zbekiston KP-ning Birinchi kotibi Akmal Ikromov va Respublika Vazirlar Kengashining Raisi Fayzulla Xo’jaev ham mamlakatimizning yetakchi yozuvchilariga yordam qo’lini cho’zishga harakat qilishgan ekan. Shunday insonlarning gaplariga ko’ra, Akmal Ikromov Abdulla Qodiriyga kolxoz hayotidan bir asar yozishni tavsiya etib, “Obid Ketmon” qissasi tayyor bo’lganidan so’ng, birinchi bo’lib uni o’zi o’qib chiqib, nashrga tavsiya etgan ekan. Xuddi shuningdek, Fayzulla Xo’jaev Cho’lpon va Fitratlarga yordam berishga harakat etgan. Dastavval, Cho’lponni 1921 yili Buxoroga taklif etib, “Buxoro axbori” gazetasining muharirligiga tayin qilgan. Keyinchalik sovet voqeligini yoritishga bag’ishlangan she’rlar yozishni tavsiya etgan. 1930-yillardan boshlab, Cho’lponning “Oktyabr”, “1 May”, “” XVI -nchi”, “Diyorim”, “Yangi men”, “10 yil Leninsiz”, ”Bizning Vatan”, “Bu kunning shoiri”, “Yana oldim sozimni” kabi she’rlari maydonga kelgan. “Soz” to’plamiga kiritilgan she’rlar ichidan, siz, aziz o’quvchilar, shoirning “Uyg’onish”, “Buloqlar” hamda “Tong sirlari”ga kiritilgan buyuk va go’zal asarlarni topa olmaysiz. Aslida Cho’lpon ijodining eng cho’qqisi mana shu uch to’plamga kiritilgan she’rlar hisoblanadi. Cho’lponning “Soz” she’rlar to’plami unchalik katta emas; unga jami 26 she’r kiritilgan bo’lib, u faqat 44 sahifadan iborat. Mazkur to’plamdagi she’rlarning bir nechtasi “Yana oldim sozimni” to’plamida ham [Adabiyot va San’at nashriyoti, Toshkent, 1991] berilgan. Mazkur to’plamdan shoirning ushbu she’rlari joy olgan: [Shoirning she’rlari “SOZ” to’plamining 7-betidan boshlanadi. Chamasi, kitobning 3-5-betlaridan “So’zboshi” yoki “Kirish” joy olgan bo’lsa kerak. Keyinchalik, shoir hibsga olinganidan keyin, ma’lum sabablarga ko’ra u “yo’qotilgan”ga o’xshaydi.]. MUNDARIJA* She’rning nomi _ bet [1] Yana oldim sozimni ………………………………………………………. 7 [2] Yangi men ……………………………………………………………,… 8-9 [3] Bir lavha (Shanxay voqealaridan) ……………………………………… 10-11 [4] 10 yil Leninsiz …………………………………………………………. 12-13 [5] Bizning Vatan (Eski yo’lda) ……………………………………………… .14 [6] Qo’shuq (“Xush keldingiz Xorazmga” kuyiga) ……………………………..15 [7] Bu kunning shoiri (Oktyabrning XVII yilligi kunida) ……………………..16 [8] Henri Heynedan (Tarjima)………………………………………………….17 [9] EMAR ………………………………………………………………18-19-20 [10] Xitoy motivlari. Xizmatchi bola qo’shug’i (Tort na’rangni, Xitoy” p’esasida o’zini o’ldirayotgan xizmatchi bola aytadi) ………..…………..21 [11] Jan-zi ……………………………………………………………………….21 [12] Qadoqchi qo’shug’i (“Hujum “ p’esasida Qashqarlik qadoqchi kuylaydi “Ushaldi xummorim” kuyiga) ……………………………………………. 22 [13] Olislarga qarayman (La-Szin-Van she’ri; tarjima) ……………………….. 22 [14] O’rdak ovozi (Vey In U she’ri; tarjima) ………………………………….. 23 [15] Tog’da tunadim… (Vey In U she’ri; tarjima) …………………………….. 23 [16] Otmishlarga (1934 yilda Moskvada Yuqori maktab bitirgan otmish yigitimizga bag’ishlangan) ……………………………………………24-25 [17] Chimmat qo’shug’i (“O’zgancha”ga) …………………………………… 26 [18] Oktyabr (7 noyabr) ………………………………………………27-28-29-30 [19] Eski yo’lda. Daryo bo’l (G’afur G’ulomga) ………………………… .… 31 [20] Nil qizi (Birinchi qo’shuq) ………………………………………………. .32 [21] (Ikkinchi qo’shuq) ……………………………………………….. 33 [22] I May ………………………………………………………………….. 34-35 [23] Norin daryo ………………………………………………………….36-37-38 [24] XVI -nchi ……………………………………………………………,,…,39-40 [25] Kuz …………………………………………………………………..…41-42 [26] Diyorim (O’zbekistonning 10 yilligiga) ………………………………..43-44 Download 33.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling