Xayrulla Ismatulla "Soz" To'plami Haqida Ayrıntılar
Download 33.1 Kb.
|
Xayrulla Ismatulla soz to\'plami haqida
HENRIX HEYNEdan
(Tarjima) Hamma esnab turdi, quloq solmadi, Qayg’umni gapirib bergan vaqtimda. Meni alqamagan kishi qolmadi, Qayg’umni nazimga tergan vaqtimda. 1927 yil, mart. EMAR Hali ham arabchaning, Uzun dumlik “ya”sini, Attorlik rastasining Atirli xuljasini – U yoqa kamzulining Cho’ntagida saqlaydi… Majlis bo’lsa, so’z olib, -Qichqirmoqdan yo’talib – Lotinchani “yoqlaydi”… Ko’cha-kuyda og’zidan -Bir tomchi ham! – yaramas, Zararlik so’z to’kmaydi. Rais deganday: “epchil, Ish degandan qo’rqmaydi!” Kolxoz uning fikricha, Gullaydigan bir narsa! Faqat, “sho’ro bir ozroq, Kenglik bilan qarasa… Ki ya’ni: Oliq-soliqning, Kommunist – firqalikning Ipini tortib qo’ysa… -Mushtumzo’rsan, Matmusa, Tur nariga! – demasa, Moliyada o’tirgan “Sho’ro dushmanlari”ga Ko’p ham hurlik bermasa… Bozorlarni yopmasa, Yot unsurni topmasa!” Shunda: kolxoz gullaydi; El barchasi bir bo’lib, Kolxoz dushmanlariga Mushtini tugunlaydi!..” * * * Hali xam arabchaning Uzun dumlik “nun”ini Dastmoya qilib olib, Ba’zi echki emarlar – Yeydi kolxoz nonini! Xorijda do’stlari bor, Oq niqobli gazetda So’kadilar kolxozni; U quturgan bo’rilar So’kadilar – oshikor, Ko’nguldagi zaharni To’kadilar – oshikor! Sungilar, kecha-kunduz, Ularni, chegarada Kuzatib yaltiraydi! Berigilar solmaydi Kimsaga qovog’ini; Doyim kulib turadi. Qo’llari ishdan ko’proq, Chappaklardan qavargan… Har tadbirga tarafdor, Ax, qanday yaxshi “do’stlar”! Ular bizning orada; Har qonagan yarada – O’tkur tirnoqlari bor! Har bir dog’dan, qoradan, Puchak bo’lgan saradan – Xiyonatlari tomar!… Hali xam arabchaning Damanalik “mim”ini Tortib qog’oz betiga Emar kolxoz mingini! Har kuni tuya qilib Millionlarning nonini, Oqlaydi jon boricha O’z sinfiy vijdonini!.. Download 33.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling