Xayrulla Ismatulla "Soz" To'plami Haqida Ayrıntılar
Download 33.1 Kb.
|
Xayrulla Ismatulla soz to\'plami haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- OKTYABR (7-Noyabr)
- Eski yo’lda: DARYO BO’YI
CHIMMAT QO’SHUG’I
(“O’zgancha”ga) -Chimmatimni ko’tarib ko’rdi xushtorim, Dedim: “Tiriklikda shudir mozorim!” Chimmatimning qillari yuzimga botar, Bu qafaslar ichida qachon tong otar? Chimmatimni tashlasam, hech kim olmaydi, Ota-onam holimga nazar solmaydi. “Chimmat ”, “chashvon” degani hammasi bir gap, Ko’p chiroylik ko’zlarning yoshiga sabab… Chimmat tekkan yuzlarim so’lib boradi, Ko’nguldagi umidlarim o’lib boradi… Chimmatimni irg’itay, ushla, xushtorim! -Paranjini qo’shib tashla, ozodsan, yorim! 1927 yil, fevral. OKTYABR (7-Noyabr) 1 Ey, bukun, ey bu kun Dunyolar sarsildi! Fikrlar, xayollar, Ro’yolar sarsildi! Ey, bukun olovlar Dunyoni yondirdi! Insonlar och yerni Qonlarga qondirdi! Ey, bukun ko’klarda Quyoshlar tutuldi. Ey, bukun shamollar, Bo’ronlar quturdi! Ey, bukun jahannam Olovlar pushkurdi; Ey, bukun vulqonlar Zulmatka tukurdi!*, Ey, bukun chaqmoqlar Chaqdilar, chaqdilar… Ey, bukun to’fonlar Oqdilar, oqdilar… Ey, bukun do’l kelib, Olamni yiqqan kun! Ey, bukun kurramiz Mehvardan chiqqan kun!.. 2 Yo’q, do’stim, hovliqma, Xayolga berilma, Ortiqcha hashamga Berilib, so’z dema. Hech narsa bo’lmadi: Na to’fon, na vulqon. Yolg’iz, xaq yo’llarda Oqdi qon, oqdi qon… Yolg’iz bir harakat, Qimirlash ko’rildi, Chayladan chiqilib, O’rdaga yurildi. Osildi “yo’q” – ”bor”ga, Yo’qsullar boylarga, (Hech narsa bo’lmadi Kun, bulut, oylarga. Tabiat jim qoldi; Na issiq, na sovuq. Oktyabr oyida, Kuz ketkan, Qish yovuq.) Qo’zg’oldi och qolg’an, Entikkan, bir yig’in, O’limning ko’ziga Ko’z tikkan bir yig’in. Qo’zg’aldi bechora, Yalang’och jamiyat, Ko’ksida yonardi, Lekin bir hamiyat! O’limga zavq ila Sudragan hamiyat! O’limdan o’zgani Ko’rmagan hamiyat! Hamiyat, yo g’azab, YO shiddat… Bari bir! Yolg’iz u – dunyoning Fotixi, olamgir! Ana shul hamiyat, Ana shul jamiyat, Ana shul iroda, Ana shul xaq niyat Zolimning qo’lidan Qudratni oldi-da, O’zining maxsuli – Zindonga soldi-da, O’zicha yashashning Yo’lini qaradi, O’ziga bir olam Qurmoqqa yaradi. Shugina: Do’l kelib, Olamni yiqmadi, Va yerning kurrasi Mexvardan chiqmadi. 3 U kunning kuyi ham, She’ri ham ko’p sodda, Lekin u soddalik, Ravonlik oldida: Do’llarning olamni yiqishi: Hechdir! Kurraning mehvardan chiqishi: Hechdir! 1930 yil. Eski yo’lda: DARYO BO’YI (G’afur G’ulomga) Bu Uchqo’rg’on ajab obu-havosi dilnavoz ermish, Xususan daryoning qirg’oqlari kuz fasli soz ermish. Talatum aylashib suvlar choparmish telba majnundek, Qirg’oqlar bevafo mahbublardek yo’lda g’oz ermish… Tiniq oy nurlari suvlar yuzinda o’ynashib tunlar, Tong otguncha ularning ishlari ming turfa noz ermish. Bo’lak joylarda tan rohat topolmay cheksa zahmatlar, Butun yoz o’tkuncha daryo suvida “abboz” ermish.. Ko’rib Norinni 1) ta’bi urib, bir-ikki so’z aytkan Aruzdan bahrasiz bir – Cho’lpon otliq benamoz ermish. 1931 yil, avgust. 1) Farg’ona vodiysidagi Norin daryosi. Shoir izohi]. NIL QIZI (Birinchi qo’shuq) Go’zal Nil bo’yidan “Falloh”1) qiziman. Ahromlar yo’lida Karvon iziman. Toshqindan tug’ildim Erta bahorda, Iliq nurlar emdim Kundan nahorda. To’kilgan xurmolar Yemishim bo’ldi… Olovli sevgilar Yelga tutildi. Sevganim qul bo’lib Sotilib ketdi; Minglarcha qullarga Qotilib ketdi… Butun hayotimni Bir zahar sirdi: Qo’ynimga sevmagan Bir erkak kirdi! Onamdan ayrildim “Ona” deguncha, Otamni ko’rmadim Ko’zim to’yguncha… Nilning barakasi Dunyoga tatir; “Falloh”ning baxtini Kimlar uyg’otur?.. 1) Misr dehqoni [Shoir izohi]. (Ikkinchi qo’shuq) Munbit Nilning mehnatsevar “falloh” qiziydim, Munbit yerlar, dalalarning shan yulduziydim. Nil suvlari qirg’oqlardan oshgach tug’ildim, Ko’zni ochgach, qum aralash suvlarga kuldim. Boshqalarday bu dunyoga yayrab keluvdim, Oilamga, bir qush kabi, sayrab keluvdim. Bu unumli tuproqlarda to’yarman derdim, Yoshligimda bor mehrimni shularga berdim. Kecha-kunduz ishlaganim qora yer bo’ldi, Bor kuchimni xashlaganim qora yer bo’ldi. Mehnatimga rohat ko’rib, yayrayin derdim, Xurmozorlar orasida sayrayin derdim! Faqat dunyo yo’qsullarga juda tor ekan, Zolim falak yo’qsullar-la ko’p o’ynar ekan… Yosh umrimni mehnat bilan nobud qildilar, O’lmay turib, keng dunyoni tobut qildilar. 1934 yil, mart. 1 MAY 1. Bu buyuk kun yillar bo’yi zo’r o’rmonlarning Quyosh tushmas joylarida qarshi olindi. Yoxud chuqur va qorong’i yerto’lalarning Zax bag’rida nafas, ba’zan, ichka solindi. Qizil bayroq alangadek lovullar ekan, Xushtak chalib o’tgan o’qlar bag’rini tildi. Uni qo’ldan bermayman deb May kunlarida Ko’p ishchilar tiklanolmas bo’lib yiqildi. Ey buyuk kun, har yil kelib, o’z tegrasiga Quyilardan yangi-yangi quvvat to’plardi, 16 yil bundan burun kech kuz faslida U zo’r quvvat dushmanlarning safini yordi! 2. Shundan beri u zo’r kunni, har kelganida, Million-million kular yuzlar qarshi oladi. Baynalminal* ovozlari yuksalar ekan, Bor shundaylar nafasini ichka soladi… Million-million kular yuzlar har yil shu kunda Bir qayrilib – o’tkanlari yo’lga qaraylar: Shunday ulug’ dovonlarni nechik oshganlar, Nechik muncha tez ketkanlar … anglayolmaylar. Tarix bo’yi hech bir quvvat botinolmagan Juda og’ir, juda mushkil bir yo’lni tutib; O’tish uchun loaqal ikki-uch asr Kerak bo’lgan uzun yo’lni besh yilda o’tib, Qari tarix betlariga sharaf bitkanlar, Yer yuzini hayron qilib gangiratkanlar! Faqat, yana qizil bayroq hilpirar ekan, Millionlarning o’tkur ko’zi – tag’in yo’llarda. Yangi hayot, sinfsiz hayot qurish istagi: Million-million Erkak, xotin, qiz, o’g’illarda!… 1933 yil, may. Download 33.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling