Xazratqulova Umida Ro’zimurodova Zarina Aslonov Shahram


Download 230.24 Kb.
bet7/11
Sana03.11.2023
Hajmi230.24 Kb.
#1741912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xazratqulova Umida Ro’zimurodova Zarina Aslonov Shahram-fayllar.org

Qizil o'lim
Qizil o’lim minglab odamlarni o’ldirdi. Hech qaysi kasallik bunchalik daxshatli bo’lmagan edi. O’tkir og’riqlar va to’satdan hushidan ketish va teri orqali ko’p qon ketishi bor edi; yarim soat ichida o’lim keldi. Tanadagi va ayniqsa, yuzdagi qizil izlar azob chekayotgan odamni barcha yordam va xayrixohlikdan ajratdi; va bu belgilar paydo bo’lishi bilan barcha umidlar puchga chiqdi.
Ammo Shahzoda Prospero baxtiyor, jasur va dono edi. Uning odamlarining yarmi o’lganida, u minglab lordlarini va ledilarini chaqirdi, ularning barchasi quvnoq va sog’ligi yaxshi edi. Ular bilan birga bu yerdan ancha uzoqda joylashgan qal’aga ko’chib ketdi. U ulkan bino bo’lib, atrofi baland – baland devorlar bilan o’ralgan edi. Bu devorda temir eshiklar bor edi. Lordlar va ularning oilalari ichkariga kirib, darvoza qulflarni qizdirdi va eritdi, endi bularni hech qaysi kalit ocha olmasligiga ishonch komil qilishdi. Hech kim kira olmaydigan va chiqa olmaydigan qasr yaxshi oziq – ovqat bilan ta’minlandi va kasallik havfidan xolos bo’ldi. Tashqaridagi hayot o’zini o’zi eplaydi. Qasr ichkarisida esa, ortiqcha o’ylash yoki havotirlanish ahmoqlik edi. Bu yerda aktyor va musiqachilar, chiroyli narsalar va sharob bor edi. Bularning barchasi va xavfsizlik ichkarida edi. Tashqarida esa Qizil O’lim.
Saroyda sud besh-olti oy bo’lgan bo’sa ham, Shahzoda Prospero minglab do’stlarini muhtasham niqobli raqs kechasiga qabul qilgan paytda, kasallik devor ortida ancha tarqab bo’lgan edi.
Qasrda raqs uchun ajratilgan maxsus yettita xona mavjud bo’lib, o’rtasida keskin burilishlar bu xonalar binoning bir burchagida tartibsiz joylashtirilgan, shuning uchun ham bir vaqtda bittadan ortig’ini ko’rish ko’rish juda mushkul. Xonalarning har bir turli ranglarda bo’yalgan va bezatilgan, derazalar xonaga mos bo’lishi uchun rangli shishalardan qilingan. Sharq tomonning oxiridagi xona havo rangda va derazalari ochiq havo rangda edi. Ikkinchi xona binafsha rangda bo’lib, bu yerda stakan binafsha rangda edi. Uchinchi xonadagi hamma narsa yashil rangda, to'rtinchisi sariq, beshinchisi to'qsariq, oltinchisi esa oq rangda edi. Yettinchi xona butunlay qora, ammo derazalari boshqacha edi. U yerda xonaning rangiga mos kelmaydigan yagona narsa bor edi. Deraza oynasi chuqur qizil – qon rangi edi.
Bu xonalarning hech birida lampalar yoki chiroqlar yo'q edi. Ammo har bir rangli derazaning tashqarisida olov yoqilgan va alanga xonalarda g'alati va chiroyli naqshlarni keltirib chiqardi. Qora xonada bo'lsa-da, qizil shishadan porlab turgan kaminning ta'siri nihoyatda dahshatli edi. Bu xonaga kirish uchun odamlarning oz qismi jasorat ko'rsatdi.
Bu yettinchi xonada ham g'arbiy devor qarshisida ajoyib qora yog’ochdan yasalgan soat turardi.
Bong urish vaqti kelganda, soat aniq va baland ovozda, chuqur va juda musiqiy ovoz chiqarardi, ammo shunchalik g'aroyibki, musiqachilar kuylashdan to'xtab uni tingdilar. Shunday qilib, raqs to'xtatildi va baxtli davra o'rtasida bir necha lahzali tartibsizlik paydo bo’ldi. So'ng, oxirgi bong urish tugagach, birdaniga yengil kulgi boshlanib ketdi. Musiqachilar bir-birlariga qarab, o’zlarining qilgan ahmoqliklariga kulib, ular soatning keyingi soat bong urib ularni chalg’itishiga yo’l qo’ymasliklarini aytishdi. Ammo 60 daqiqadan so’ng, yana pauza bo'ldi va avvalgi kabi bir xil noqulaylik va tartibsizlik bo’laverdi.
Shunga qaramay, bu bazim quvnoq o’tdi. Xonimlar liboslarida go'zallik va o'ziga xoslik, lordlar kiyimlarida esa yorqin va xayoliylik aks etib turardi, shunga qaramay, ba’zi qo’rqinchlilari ham bore di. Niqobli raqqosalar tushdagi tasvirlar kabi yetti xona o'rtasida harakatlanishardi. Musiqa paytida ular huddi shunday harakatlanishdi va bir xonadan ikkinchisiga o'tish paytida ularning rangi o'zgardi. Kechqurun, yettinchi - qora xonaga qonli, qizil derazalariga yaqinlashayotganlar sezilarli darajada kam edi.
Nihoyat, bu xonadagi ajoyib soat yarim tun vaqtida bong ura boshladi. Keyin, aytganimdek, musiqa to'xtadi va raqqosalar to'xtab qolishdi, ularning barchasida tartibsizlik paydo bo'ldi. Oxirgi o’n ikkinchi bong urilishidan oldin, bir nechta o'ychan raqqoslar olomon ichida ilgari hech kim ko'rmagan niqobli odamni ko'rishdi. Uning tashqi ko'rinishi birinchi navbatda hayratdan pichirlashga olib keldi, u tezda qo'rquv, g'azab va dahshat qichqirig'iga aylandi.
O’sha notanish odam uzun va ozg’in bo'lib, boshdan oyoq kafanlik kiyib olgan edi. Juda yaqindan ko’rganda ham bu soxta emasligini isbotlovchi, bosh skelitiga o'xshash qilib yasalgan niqob kiygan edi. Ammo hozir bo'lgan xalq bu narsalarga qarshi bo’lmadi. Ularning bezovtalanishi va qo'rquvi notanish odamning Qizil O'lim kabi kiyinganligidan kelib chiqdi. Uning kiyimlari qonga bo'yalgan -uning butun yuzida o'limning qizil izlari bor edi.
Prince Prosperoning ko'zlari bu dahshatli (raqqoslar orasida asta yurgan) odamga tushdi, uning g’azabdan yuz qizarib ketdi.
- “Kim u,” - deb baland ovozda lordlar va xonimlardan, - “kim bizni bunday haqorat qilishga jur'at qila oladi? Uni ushlang va niqobni yechib oling, shunda biz quyosh chiqishida kimni osishimiz kerakligini bilib olamiz!”
Shahzoda bu so'zlarni aytarkan, sharqdagi ko'k xonada bir necha do'stlari bilan turardi. Avvaliga bu do’stlar g'alati shaxs tomon bir oz yurdi, u ayni paytda yaqin edi; ammo hech kim uni tutish uchun qo'l uzatmadi. U hech kimga xalaqit bermasdan shahzoda yonidan o'tib, uni to'xtatish uchun biron bir qat'iy harakat qilinmaslaridan oldin, moviy xonadan binafsha ranggacha - binafsha rangdan yashil ranggacha - yashildan sariq rangga - yana to'q sariq rangga - va hatto u yerdan oq xonaga kirib bordi. Keyin o'z qo'rquvidan g'azablangan va uyalgan Shahzoda Prospero shoshilinch ravishda olti xonadan yugurib chiqib ketdi va qilichini chiqardi. Bu odam yettinchi - g'arbiy, qora xonaga yetib borganda, u kutilmaganda shahzoda tomon burildi. O'tkir qichqiriq eshitildi va qilich erga quladi. Shu zahoti shahzoda Prospero o'ldi.
Keyin, umidsizlik tuyg'usidan kelib chiqqan jasorat bilan lordlar jimgina va qora ulug'vor soatlar soyasida jim turgan notanish odamga tashlanishdi. Ular o'lim niqobi va qonli kiyimni yirtib - keyin qo'rquvdan titragancha ortga qaytishdi. Ko'rinadigan odam shakli yoki tanasi yo'q edi. Niqob va kiyimlar bo'sh edi.
Va endi ular Qizil o'lim oldida ekanliklarini bilishdi. U tunda o'g'rincha kelgan edi. Raqqoslar birin-ketin yiqilib, o'sha ko’ngil ochar zalida vafot etdilar. Qora soat bir marta bong urib, to'xtadi. Alanga ham o’chdi. Zulmat, yimirilish va qizil o'lim hamma ustidan hukmronlik qildi.



Download 230.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling