Xi. 2018 yil Mavzu: Dastlabкi salib yurishlari. Dars maqsadi
Barkamol avlod bo’lish biz uchun oliy shior
Download 18.92 Kb.
|
2- maktab
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`tilgan mavzuni mustahkamlash “ Guruhlar bahsi” Guruh - OMADLILAR Guruh- Ziyolilar
- Intilganlar Omad bahtga erishar “ Zanjir “ usulida Atamalar mazmunini bilib oling va izohlang O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Savol-javob.
- Yangi mavzu bayoni
Barkamol avlod bo’lish biz uchun oliy shior.
Fanimizning nomidan darsning oltin qoidasini ishlab chqamiz Bugungi darsimizga - T-ayyormiz Qanday baho olishimiz kerak A-‘lo Doim qanday bo’lish zarur R-ostgo’y Darsda nimalarga amal qilamiz I-ntizomga Doimo qanday dasturimiz bo’ladi X-aqgo’ylik Davomadni aniqlash. Bugungi kun yangiliklarini so’rash O`tilgan mavzuni mustahkamlash “ Guruhlar bahsi” Guruh - OMADLILAR Guruh- Ziyolilar Guruh – Tadbirkorlar Ziyolilar Mustaqil yurt ishonchi Tadbirkorchi iqtisodning tayanchi Yurt boy bo’lsa el boy bo’lar deyishar Intilganlar Omad bahtga erishar “ Zanjir “ usulida Atamalar mazmunini bilib oling va izohlang? O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Savol-javob. 1. Salib yurishlari nima? Ularning bo’lishi sabablarini ko’rsating? 2. Salib yurishlari uchun Yaqin Sharqda qanday qulay sharoit yuzaga keladi? 3. Nima uchun katolik cherkovi salib yurishlarining tashkilotchisiga aylandi? 4. Rim papasi Urban II salib yurishlari qatnashchilariga qanday yengilliklar va’da qiladi? Yangi mavzu bayoni: I salib yurishi. I salib yurishini roxib Pyotr Amenskiy va ritsar Valter Golyaklar tashkil. Unda dexqonlar ishtirok etadi. Roxib Pyotr Amenskiy Fransiya va Germaniya qishloqlarida yurib aytgan va’zlari minglab dexqonlarning Yo’lga chiqishiga sabab bo’ladi. Dehqonlar olomoni yaxshi qurollanmagan, ular Yo’1-Yo’lakay Reyn daryosi soxilidagi shaxarlarda Yaxudiylarga qarshi qirg’inlar uyushtiradi. Salibchilar Konstantinopolga etib kelganida Vizantiya imperatori ularni Kichik Osiyo Yarim oroliga o’tkazib yuboradi. Bu yerda dexqonlar lashkari turklar pistirmasiga uchrab qirilib ketadi.Feodallar yurishi. I salib yurishlariga Fransiya, Italiya va Germaniyaning turli viloyatlaridan ritsarlar to’plangan. Ular Yaxshi qurollangan, zarur ozuqa va pul bilan ta’minlangan edilar. Vizantiya poytaxti Konstantinopolda 1096-yilning kuzidan to’plana boshlagan ritsarlarni imperator Aleksey I vassallik qasamYodini qabul qildirishga erishadi. Uning ma’nosi yaqin Sharqda tuzilajak xristian davlatlari Vizantiyaga Siyosiy qaram bo’lishi lozim ediYurishlar 1097-yilrnng baxoridan 1099-yilning yoziga qadar davom etib: Edessa va Tripoli grafliklari, Antioxiya knyazligi va Quddus qirolliklarini tuzilishi bilan yakunlanadi. Salibchilar Quddusni egallashda birgina jome masjidida 10 ming musulmonni o’ldiradilar. Yaxudiylar o’z sinagogasi (ibodatxona)da Yondirib yuboriladi. Qirg’in paytida ko’plab aYollar va bolalar xam xalok bo’ladi. SHaxarliklar uyiga bostirib kirgan ritsar, eshikka qalqonni osib qo’yar va bu uy barcha jixozlari bilan yangi xo’jayinga o’tganligini anglatar edi. I salib yurishlari 1096-1099-yillarda bo’lib, Edessa va Tripoli grafliklari, Antioxiya knyazligi va Quddus qirolligining tuzilishi bilan yakunlanadi.Salibchilar Yaqin Sharqda. Salibchilar tuzgan davlatlarning eng yirigi Quddus qirolligi bo’lgan. Yevropadan kelayotgan ritsarlar oqimi xristianlarga istilo qilingan xududlarni 200 yilcha qo’lda saqlash imkonini beradi Diniy-ritsarlarning ordenlari. Falastinda tashkil etilgan diniy-ritsarlik ordenlari odatdagi roxiblar ordenlaridan tubdan farq qilgan. G’arbda oddiy roxiblarning asosiy ishi ibodat va mexnat qilish bo’lsa, diniy-ritsarlik ordeni a’zolarining asosiy vazifasi urush edi. Ular nikoxga kirmaslikka, kambag’allikda yashashga, cherkovga so’zsiz bo’ysunishga va umrining oxirigacha qo’lida quroli bilan xristian dini dushmanlariga qarshi kurashishga qasamYod qilishgan. Dastlabki diniy-ritsarlik ordeni gospitalyerlar ordeni bo’lgan. Quddusda salib yurishlari boshlanmasidan oldin avliyo Ioann Ierusalimskiy nomli gospital («g’aribxona») bo’lib, unda kasal va kambag’al ziyoratchilarga yordam ko’rsatilgan. Gospitalda xizmat qilaYotgan roxib-birodarlardan keyinchalik orden tashkil etiladi. Uni ba’zida ioanniylar ordeni xam deyishadi. Musulmonlar Falastinni qaytadan egallaganidan so’ng orden dastlab Rodos oroliga, bir necha asr o’tib Maltaga ko’chib joylashadi. Ioanniylar ordeni salib yurishlaridan ancha keyin xam o’z faoliyatini davom ettirgan. Ayrim Yevropa mamlakatlarida orden a’zolari xozirga qadar extiyojmandlarga tibbiy Yordam ko’rsalib keladilar, lekin u xozirgi kunda oddiy xayriya tashkilotidir.Ikkinchi ritsarlik ordeni dastlab Quddusga kelayotgan ziyoratchilarni ximoya qilish uchun tuzilgan tamplierlar (xramovniklar, «xram» ibodatxona so’zidan) deb nomlangan. U Quddusdagi ritsarlar joylashgan tepalik nomi bilan alalgan. Salib yurishlari paytida bu tepalikda xalifa Umar buyrug’i bilan dastlab qurilgan musulmonlar masjidi joylashgan edi. Orden a’zolari xarbiy jasoratlari va ishbilarmonligi bilan ajralib turgan. Tampliyerlar xayriya va in’omlar olishdan tashqari, sudxo’rlik bilan xam shug’ullangan. Yevropada ularning boyliklari xaqida afsonalar to’qilgan. Boylik ordenni XIV asr boshlarida taqiqlanishiga olib keladi. 3-yirik diniy-ritsarlik ordeni Muqaddas Bibi Maryamga bag’ishlangan. Undagi ko’pchilik ritsarlar Germaniyadan bo’lgani uchun, uni Nemis (lotincha Tevton) ordeni deyishgan. Orden Falastinda uzoq qolmagan. Uni XIII asrning boshida venger zodagonlari qipchoqlar bilan kurashga jalb qilganlar. Keyinchalik tevtonlar Boltiqbo’yiga o’tadilar. U yerda yarim asr davomida orden prusslar yurtini to’liq egallab o’z davlatlarini tuzadilar. Salib yurishlari kalolik cherkovining G’arbiy Yevropada ta’sirli kuchga aylanganini ko’rsatadi. Yurishlar Yevropaning Yaqin Sharqda 1 necha xristian davlatlarini tuzilishiga olib keladi. II salib yurishi 1147-1149-yillari bo’lgan. Unda Fransiya qiroli Lyudovik VII o’z qo’shini bilan ishtirok etgan. Qirol uylanganiga ko’p bo’lmaganiga qaramay, Klervo monastiri abbati Bernarning xristianlarni yangi salib yurishlariga otashin chaqiriqlariga javoban yo’lga chiqadi. Qirol o’zi bilan rafiqasi Eleonorani ham olib ketgan. Lekin bu yurishlar muvaffaqiyatsiz yakun topgan Download 18.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling