Xi bob. Geografik xaritadagiyozuvlar yozuvlarning ahamiyati va turlari. Yozuvlar shartli belgilar sifatida. Yozuvlarning xususiyatlari


Xaritadagi yozuvlami guruhlarga bo ‘lish


Download 75 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi75 Kb.
#1051266
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kartadagi yozuvlar

Xaritadagi yozuvlami guruhlarga bo ‘lish toponirnlar - kartografik obyektlarni geografik nomlari bo‘lit?, oronimlarga - relyef elementlarining nomlari, ya’ni tog‘lar, tepaliklar, tog‘ cho‘qqilari va boshqalar; gidronimlar - suv obyektlarini nomlari: daryolar, dengizlar, kanallar va boshqalar; etnonimlar - etnoslar nomlari va zoonimlar - hayvonot turlarini nomlari kartografik obyektlarga tegishli bo‘lgan tushuncha bo‘lib, bar xil shakllarda bo‘lishi mumkin. Masalan, proyeksiya, xarita, masshtab, qo‘ltiq va boshqalar.
Xaritadagi tushuntirish yozuvlari quyidagilami o‘z ichiga oladi:

  • sifat ko‘rsatkichIami (“achchiq”, “chuqur”, “terak”, “qum”);

  • miqdor ko‘rsatkichlarni (absolyut balandlildar, suv oqimini tezligi, chuqurligi va boshqalar);

  • xronologik yozuvlami (voqea sodir bo‘lgan vaqt, geografik sayohat bo‘lgan vaqtlar, suv ko‘payish va kamayish vaqti);

  • chiziqli belgilarga tushuntirish xatlarini (dengiz va temir yo‘llarda tashiladigan yuklar, Magellanni sayohati);

  • koordinata to‘rlarini ko'rsatuvchi raqamlar va ulami nomlarini (Grinvichdan sharqda yoki g‘arbda, janubiy va shimoliy qutb chizig‘i) va boshqalarai.

11.2. Kartografik toponimika haqida tushuncha, Geografik nomlarni ajratish va xaritada keltirish
Xarita tuzishda geografik nomlami to‘g‘ri yozilishiga, ya’ni transkripsiyasiga alohida e’tibor beriladi. Yirik kartografik tashkilotlarda maxsus transkripsiya bo'limlari bo‘ladi. Ular xaritadagi geografik nomlaming to‘g‘ri yozilishiga javob beradi va ma’lumotnomalar hamda lug‘atlar chop etadi. Xaritalardagi yozuvlar ana shu ma’Iumotnoma va lug‘atlar asosida yozilishi shart. Xaritalardagi beriladigan geografik nomlar aniq va to‘g‘ri yozilishining ahamiyati kattadir. Agar geografik nomlar to‘g‘ri yozilmasa o‘quvchilarda xaritaga nisbatan ishonchsizlik tug‘iladi.
Geografik nomlaming kelib chiqishi, mazmuni, o‘zgarishi va tasnifini maxsus fan toponimika o‘rganadi, kartografiyada faqat toponimikaning bir qismi kartografik toponimika ~ geografik nomlaming to‘g‘ri yozilishi to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Dunyo mamlakatlarida har xil tilda gapiradigan millatlar juda ko‘p. Bunday mamlakatlarda geografik nomlar har xil yoziladi. Masalan, sobiq Ittifoq davrida rus tilida Gruziya. Kavkaz Kura deb yozilsa, gruziya tilida Sakartvelo, Kavkasioni, Mtkvari deb yozilib kelgan. Agar geografik obyekt bir qancha mamlakat hududidan o‘tsa yoki har bir mamlakat doirasida joylashgan bo‘lsa, uning nomini har bir mamlakat o‘z tilida yozadi. Masalan, Dunay daryosini bolgarlar va yugoslavlar Dunav, ruminlar Dunerya, vengerlar - Duna, nemislar Donau deb yozadilar. Dajla va Furot daryolari arablarda Nahr Dajla va Al-Furat deb, turklarda Dijle va Firat deb yoziladi. Vaqt o‘tishi bilan o‘zgargan nomlar hozirgi shaklida yoziladi. Masalan, Skoblev-Farg‘ona, Avliyoota- Jambul-Taraz, Kaufmanskoye-Yangiyo‘1, Leningrad-Sankt- Petyerburg va boshqalar.
Geografik nomlar xaritalarda asosan to‘rt xil shaklda beriladi: mahalliy, rasmiy shaklda, fonetik, an’anaviy shakllar va tarjima qilib yoziladi. Mahalliy rasmiy shaklda - obyekt qaysi mamlakat hududida joylashgan bo‘lsa, shu davlatning tilida va qabul qilingan alifbosida yoziladi. Mahalliy rasmiy shaklda yozilgan nomlar to4g‘ri yozilgani bilan noto‘g‘ri talaffiiz qilinishi mumkin. Masalan, Vengriya davlatining poytaxti - Budapest (Budapesht) shahrini, inglizlar bilan fransiuzlar noto‘g‘ri Budapest deb talaffuz qilishadi. Fonetik shaklda talaffiiz qilish boshqa, yozilishi boshqa bo‘ladi. Masalan, Fransiyaning poytaxti Parij - Pari deb, xuddi shunday Rossiyadagi Oryol shahri Aiyol deb talaffiiz qilinadi.
An’anaviy shaklda nomlar an’ana boiib qolgan nomlar bilan yuritiladi. Masalan, Fransiya poytaxti o‘z mamlakatida Paris deb yuritilsa bizda, Farij deb, Suomi davlatmi bizda Finlandiya deb yuritiladi. Geografik nomlami xaritalarda berilish shakli (A.Berlyant, 2002, 6-jadval):


Toponim
tili

Mahalliy
qabul
qilingan

Fonetik
shakli

transmetyeratsiya

an’anaviy

Inglizcha

England

Inglend

England

Angliya

Fransuzcha

Paris

Pari

Paris

Parij

Nemischa

Wien

Vin

Vien

Vena

Italyancha

Genova

Djenova

Genova

Genuya

Norvegcha

Norge

Nore

Norge

Norvegiya

Fincha

Suomi

Suomi

Suomi

Finlandiya

Geografik nomlar ba’zan aynan taijima qilinadi. Masalan, ruschada Ognennaya Zemlya - Olovli Yer, Zelyoniy mis - Yashil burun, Chyemoe more - Qora dengiz, Beloe more - Oq dengiz va h.k. Bizda ko‘proq chet tilidagi nomlami yozishda fonetik va an’anaviy shakllardan foydalaniladi.


Dunyo bo‘yicha geografik nomlami yozish va undan foydalanish masalasi juda dolzarb masalalardan bin bo‘lib, uni yechimini topish uchun maxsus tashkilotlar shug‘ullanadi. Qabul qilingan qoida bo'yicha, keng tarqalgan geografik nomlar, qaysi tilda ishlatilsa shu tilda yozish kerak. Masalan, bizning respublikamizda qanday talaffuz qilinsa shunday yozilishi kerak. Masalan, Buxoro, Samarqand, Sirdaryo va h.k.
Geografik nomlami tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi halqaro tashkilotlar bo‘lib, Birlashgan Millatlar tashkilotida maxsus ekspyertlar guruhi shug‘ullanadi. Shu masala bo‘yicha halqaro, dunyo bo‘yicha va regional xarakterdagi konferensiyalar bo‘lib bu masala bo‘yicha maxsus qarorlar qabul qilingan. Deyarli hamma mamlakatlarda geografik nomlaming yozilish tartibi bilan maxsus muassasa shug'ullanadi.
Yirik davlat nomoyondalari, yirik olimlar, yozuvchi va shoirlar, madaniyat va sport xodimlariga geografik nomlar qo‘yiladi. Yirik kutubxonalarda va kartografik korxonalarda geografik \nomlar katalogi tuzatilgan, ular tizimli ravishda tartibga solinib, fondi yangilanib turiladi.
Xaritalar katalogida quyidagi ko'rsatkichlar qayd qilinadi:

  • geografik obyektning turi (xarita, atlas, globus va h.k.);

  • nomi (variantlari bilan);

  • geografik koordinatalari;

  • geografik jihatdanbog‘lanishi;

  • manbasi, nom qayerdan olinganligi;

  • obyektlami qayta nomlangani;

  • qo‘shimcha ma’lumotlar.

Xarita nomlari ma’muriy birliklar asosida ulaming tarkibidagi alfavitlar bilan tuziladi. Kataloglaming asosiysini topoxaritalar tashkil qiladi. Xarita va atlaslarda, lug‘at va ensiklopediyalarda, ommaviy axborot muassasalarida beriladigan geografik nomlar, katalogdagi nom bilan berilishi kerak.
Geografik nomlami, tushuntirish xatlami yozishda har xil shriftlardan foydalaniladi. Shriftlar quyidagi shartlami bajarishlari kerak, aniq yaxshi o‘qiladigan, ixcham va nashr qilish mumkin bo‘lishi kerak. Shu bilan birga shriftlardan shartli belgi o‘mida ham foydalanish mumkin. Shuning uchun shriftlar katta- kichikligi, shakli, rangi bo‘yicha bir-birlaridan farq qiladi. Masalan, yirik kema yuradigan daryolar yirik to‘g‘ri shriftlarda berilsa, kema yurmaydigan daryolar nomi kursiv (qiyshaytirib) bilan yoziladi.
Ahoii yashaydigan joylar ham aholi soniga yoki ma’muriy ahamiyatiga qarab shriftlar tanlanadi. Kartografik shriftlar belgilariga qarab quyidagi gruhlarga bo‘linadi:


Download 75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling