Xi bob. Geografik xaritadagiyozuvlar yozuvlarning ahamiyati va turlari. Yozuvlar shartli belgilar sifatida. Yozuvlarning xususiyatlari


Download 75 Kb.
bet4/5
Sana24.12.2022
Hajmi75 Kb.
#1051266
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kartadagi yozuvlar

BOB. KARTOGRAFIK GENERALIZATSIYA

  1. Generalizatsiyani mohiyati va emfflari

Butun borliqni obrazli-belgili modeli sifatida geografik xaritalami eng muhim xususiyati ulami tabiat va jamiyat hodisalarini istagan kattalikdagi hudud, masalan rayon, viloyat, mamlakat, materik yoki xatto to‘liq Yer shari miqyosida bevosita ko‘zdan kechirish va o‘rganish imkoniyatiga egaligidadir. Bu masshtabdan foydalanishga va xaritaga tushirilayotgan hodisalami umumlashtirilgan ko‘rinishda berishga asoslangan.
«Generalizatsiya» termini fransiuzcha so‘z «generalisation»dan kelib chiqqan bo‘lib - umumlashtirish, o‘z navbatida lotincha yasama (hosila) so‘z «generalise dan kelib chiqqan bo‘lib, umumiy, bosh degan ma’nolami anglatadi. Generalizatsiya terminini lingvistik ildizlari uni kartografik mohiyatini yaxshi ifoda etadi.
Davlat standartida kartografik generalizatsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: xaritada tasvirlanayotgan obyektlarni xaritani maqsadi va masshtabi hamda xaritaga ottnayotgan sohani xususiyatlariga mos ravishda tanlash (saralash) va umumlashtirish kartografik generalizatsiya deyiladu
Generalizatsiyani asosiy ma’nosi - borliqni xaritaga olinayotgan qismini o'ziga xos bo'lgan asosiy tipik tomonlarini va xarakterli xususiyatlarini saqlab qolib umumlashtirib tasvirlashdir.
Generalizatsiyani ta’rifini o‘zida, uni mohiyatini aniqlaydigan asosiy omillar ko‘rsatilgan, chunonchi xaritani maqsadi, uning masshtabi va xaritaga olinayotgan borliqni (voqelikni) o‘ziga xos xususiyatlari. Yuqoridagilarga yana xaritani mavzusini va xaritaga olish obyektlarini o‘rganilganlik darajasini (manbalarni sifatini) qo‘shish kerak.
Xaritalami maqsadi. Xaritalarda faqat ulami maqsadiga mos keladigan obyektlargina ko‘rsatiladi. Xaritani maqsadiga javob bennaydigan boshqa obyektlarni tasvirlash xaritani idrok qilishga xalaqit qiladi, u bilan ishlashni qiyinlashtiradi. Masalan, o‘quv ma’muriy xarita auditoriyada (xonada) namoyish etish uchun ishlatiladigan bo‘lsa, u holda unda faqat mazmunni eng muhim elementlari saqlab qolinadi. qaysiki ulami ortiqcha detallashtirib yubormasdan, ancha yirik umumlashtirish bilan, yiriklashtirilgan ko‘rinishda tasvirlanadi. Agar ma’muriy xarita zarur ma’lumotnoma maqsadida tuzilgan va stol ustida foydalaniladigan bo‘lsa, u holda ma’muriy bo‘linish, aholi punktlari, aloqa yo‘llari haqida mazkur masshtab uchun maksimum mumkin bo‘lgan hajmdagi informatsiyaga ega bo‘lishi kerak.

Download 75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling